2. Talabaning ilmiy faoliyati to`g`risida tushuncha


Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi


Download 20.37 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi20.37 Kb.
#1043794
1   2   3
Mustaqil ish faoliyatida bilimlarni egallash bilan birga, ko‘nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.
Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta’minlashda ikki narsaga e’tibor qaratish kerak:
A) mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi.
B) axborotning asosiy qismini talaba mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa, internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash o‘qituvchining ijodkorlik mahoratini, qolaversa, mas’uliyatini yanada oshiradi. Bundan kelib chiqadiki, yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qitish emas, balki ularni mustaqil o‘qishga o‘rgatishdir. Demak, ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil ta’lim olish malakasini shakllantirishda, muhim omil hisoblanadi. Talaba mustaqil ishlash ko‘nikmasini egallamasa, zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetisha olmaydi, chunki talabaning o‘qish yillari davomida olgan bilimlarining ko‘p qismi u faoliyat boshlagunga qadar eskiradi, ko‘pgina bilimlar esa unutiladi. Bilimning eskirishi tez, axborot oqimi nihoyatda katta bo‘lgan hozirgi davrda mustaqil o‘qishga, o‘z ustida tinmay ishlash, izlanishga o‘rganish har bir mutaxassis uchun nihoyatda zarur.
Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish, talabalarni dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tiladigan darslardan tashqari talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar ham katta rol o‘ynaydi. Demak, talabalarning o‘z ustilarida mustaqil ishlashlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

3.Labaratoriya va amaliy darslar. Seminar darsi talabalarning bilim olishlari, uni puxta o‘zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarida alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan uslublarni qo‘llab dars o‘tish mushim ahamiyatga ega.


Ma’ruzada odatda ko‘proq bayon qilish yetakchi rol o‘ynaydi. Talabalar darsda passiv rol o‘ynashadi. Seminar darsida esa talabalar aktiv rol o‘ynashadi. Darsda turli uslublarni qo‘llab ularni faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Seminar (lot. seminariym-manba, ko‘chma ma’noda-maktab) - o‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy to‘garak, anjumanlarda qo‘llaniladi.
Ta’limning seminar shakli Qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo‘lgan. Keyinchalik G‘arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar asosan, talabalarning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini o‘tagan. XX asr boshlarida seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy duyoqarashani kengaytirishda, ularni muayyan fan, tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o‘ynay boshlagan.
Seminarning asosan uch turi bor:

  1. O‘rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o‘rganishga yordam beradigan seminar darslari.

  2. Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o‘rganish uchun o‘tkaziladigan seminarlar.

  3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.

O‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustaxkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi o‘quv jarayoni shaklidir. Seminar mashg‘ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimini real hayotda qo‘llashga o‘rgatishdir.
Buning uchun talabalar olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o‘tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Bunday mahoratga ega bo‘lishga ko‘p jihatdan seminar darsi yordam beradi.
Seminar darsining oldiga qo‘yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsning oldiga qo‘yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda o‘z ifodasini topadi.
Seminar darsi bir qator funksiyalarni bajaradi:

  • Talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;

  • Mustaqil ishlash malakasini o‘stirish;

  • Talabalarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;

  • Nutq so‘zlash, ilmiy munozaralar olib borishga o‘rgatish;

  • Mustaqil fikr yuritish va o‘z fikrini o‘rtoqlashishga o‘rgatish;

  • O‘rtoqlari fikrini tanqidiy nuqtai nazardanbaholashga o‘rgatish;

  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;

4. Innovatsion ta`lim haqida tushuncha. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo`nalish - pedagogik innovatsiya va ta'lim jarayonini yangilash q`oyalarining paydo bo`lishi natijasida o`qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo`nalish “o`qituvchining innovatsion faoliyati” tushunchasi paydo bo`ldi. “Innovatsion faoliyat” tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: - “Pedagogik tajriba-sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-sinov ishi, o`qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar qancha ko`p bo`lsa, o`qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi”.


Innovatsion faoliyat – pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o`tiladigan uzilishlardir. Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning sub'ekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya - amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob`yekt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir. Bu g`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq`ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo`lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:
Faoliyat yo`nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). Kiritilgan o`zgarishlarning tavsifiga ko`ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan). O`zgarishlar ko`lamiga ko`ra (lokal, modulli, tizimli). Kelib chiqish manbaiga ko`ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).

Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling