2. Talabaning ilmiy faoliyati to`g`risida tushuncha


Download 20.37 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2022
Hajmi20.37 Kb.
#1043794
1   2   3
Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag` yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o`z-o`zidan paydo bo`ladigan yangiliklardan farqli o`laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o`zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb - innovatsion o`zgarishlarga tayyorgarlik ko`rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Ta'lim jarayonidagi innovatsion o`zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o`qituvchi faoliyatini yangilash va o`zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd etilgan. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo`ldi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olq`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. “Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining mavjud me'yor bilan to`qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir”,-deb ta'kidlaydi V.I.Slobadchikov. Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo`lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo`lishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o`quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.

5. Oliy O`quv yurtlarida boshqarish va ularning strukturasi. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek,Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi. O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.


XTV maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida o’qituvchilar malakasini oshirish 5 OTM va 16 instituti mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.
OO’MTV respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi. Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan (4-rasm):

  • xususiy yoki davlat qaramog’ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari;

  • oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari;

davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar
Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling