2. Texnika xavfsizligi Korxona tarixi


Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari


Download 36.44 Kb.
bet2/7
Sana06.02.2023
Hajmi36.44 Kb.
#1171548
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xisobot

Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari.
Smena mobaynida xamma ishlarni faqat maxsus kiyimlarda bajarish kerak.
Shteyin ariqchalari olovlardan yoki ishlatilgan g’ishtlar bilan qoplanishi kerak.
Ariqchalarni shunday qoplash kerakki,undan eritma toshmasligi kerak,toshib ketgan paytda eritma quyilishi to’xtatilishi kerak.
Sifon yoki shpur orqali beriladigan shteyni ochishdan oldin quyidagilarga e’tibor berish kerak:
-kovsh shlak bilan qoplangan bo’lib,yoriq yoki teshilgan joylari bo’lmasligi kerak.
-kovshda begona jismlar bo’lmasligi kerak.
Sifonni ochishdan oldin magistrayadagi havo bosimi va pnevmastilindni tekshirish kerak. Havoning bosimi 3kg/sm2 dan kam bo’lmasligi kerak.Shlangalarning holati va ularning knevm.stilin.ga mahkamlangan joyini tekshirish kerak va ular ish mobaynida o’z-o’zidan chiqib ketmaydigan bo’lishi kerak.
Sifon ochishdan oldin kamida 3 dona olov bardosh loy bo’lishi kerak.Shpurni ochishdan oldin kamida 3 ta yopish moslamasiga tiqin (probka)o’rnatilgan va yana kamida 5 ta tayyori bo’lishi kerak.
Ish qurollari har doim soz bo’lishi kerak, ya’ni lom qizigan holda uchlari to’g’rillangan sachraydigan joylari bo’lmasligi kerak.Kurak va kuvolda soplari siqilgan holda bo’lishi kerak.Yopish moslamasi (pritichka)shteyn shpuriniki 4m dan,shlak shpurniki 3m dank am bo’lmasligi kerak.
Sifon ochish vaqtida extiyot bo’lish kerak,ariqchalar qoplamalari qurish uchun oz miqdorda ochib ko’rgandan keyin to’liq ochish kerak.
Erituvchiga quyidagilar taqiqlanadi:
-kovsh yuzasi va eritmaning oraliq masofasi 200mm dan oshishi;
-shteyn tashuvchi (shteynovoz)xarakatlanayotgan chegarasida ,begona shaxslar bo’lishi va xarakatlanayotganda ovozli signal berish;
-sifonlarni trubka bilan kovlash;
-kotyolda impulsli tozalash paytida shixta kislorod gorelkasini tekshirish va tozalash;
-pech ustidan maxsus yo’laklarsiz o’tish;
-konveyer ishlab turgan paytda tozalash,ta’mirlash va lenta ustiga chiqish;
-yurguzuvchi elektr apparatlarda “yurguzma, odam ishlayapdi” degan yozuv bo’lganda elektr uskunalarni yurguzish;
-ariqchalarni tozalash vaqtida suvdan foydalanish;
Kovsh 75% ga to’lganda sifon kanalining yon-atrofini tozalab olovbardosh loyni quyish kerak. Kovsh kerakli miqdorda to’lgandan keyin pnevmatsilindr yordamida oxista yopiladi. Yopish jarayonini kamida 2 kishi bajarishi kerak.
Kovsh to’lib ketganda signalchini (signalist) ogoxlantirish kerak.
Eritma kovshdan to’lib ketmasligi uchun o’zi yuruvchi platformani chayqatmasdan oxista xaydash kerak .
Chashaga shteyin quyishdan uning issiqligi va shlakli qobig’I borligiga ishonch xosil qilish kerak.
ifon kanalida eritma qotib qolganda uni lom bilan tozalash kerak yoki kislorod yordamida trubka bilan eritish kerak.Eritma sachramasligi uchun truka hamda lom quruq va qizigan bo’lishi kerak.
Sifon yoki shlak shnurini kislorod yordamida ochish paytida 2 kishi bo’lishi shart, biri kislorodni ventil yordamida boshqarib turishi, ikkinchisi eritishi kerak.
Trubka maxsus ushlagich yordamida ulanadi va trubkaning uzunligi 3 m dank am bo’lmasligi kerak.
Restipiekt kislorod bosimi 12kg/sm2 dan kam bo’lmasligi kerak.
Kislorod bilan ishlab bo’lgandan keyin 15min. ichida chog’ yoki ochiq olovdan uzoqda shamollatishi kerak.
Kislorod uzatgich shlanga,trubka va maxsus kiyimlarda moy izlari bo’lmasligi kerak.
Shlak tashuvchi sostovni sexga kirishidan oldin temir yo’l bo’yicha qo’yilgan to’siqlar mavjudligiga,temir yo’lning tozaligiga ishonch hosil qilgandan keyin svetaforning yashil chirog’ini yoqib signal chalish kerak.
Sostavni sexga kirgizib joylashtirgndan keyin yashil chiroqni o’chirib, qizil chiroqni yoqish kerak.
Shlak quyishdaaan oldin chashalarning gorizantalligini tekshirish kerak.Agar chasha qobiqsiz bo’lsa unga loyli quyqa sochish kerak.Chashaga suv yig’ilib qolmasligi kerak.
Shlak oynasini ostonasidan(porog)suv bilan sovutiladigan jelobgacha olovbardosh loy bilan qoplash kerak.
Lom yordamida olovbardosh loyning ustki qismini urib tushirib shlak oynasini ochish kerak.
Sovub qolgan chashani qizdirish uchun 1/3 qismigacha shlakni oz miqdorda ochish kerak.
Chasha to’lib ketganda uning toza qismida qotishma hosil bo’lguncha kutish keraak va uni erituvchi sexdan chiqqanicha kuzatib borib shlak to’kuvchini (slivshik)ogohlantirishi kerak.
Shlak oynasini yopishdan oldin olovbardosh loyni tayyorlab va ozgina quritib keyin yopish kerak.
Shlak oynasini ochishdan oldin kamida 10 ta dona olovbardosh loy tayyorlab qo’yish kerak.
Shlak oqayotganda tarkibida shteyin ko’rinsa shlak quyishni to’xtatish kerak. Vannadagi eritma o’lchamini kamaytirish uchun (ayniqsa nastil yuvish paytida) shlak tarkibida mis miqdori ko’payishi mumkin, bunday shlaklarni quyishda jeloblardagi suvlar yopiladi hamda issiq va shlakli qobig’i bo’lishi kerak, uni maxsus tayyorlangan yaqindagi kartagi to’kiladi .
Pechkaga konverter shkagini olishdan oldin katta erituvchidan ruxsat oladi,vannadagi eritma o’lchami rejim kartasida ko’rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
Ruxsat olgandan keyin erituvchi ovozli hamda yorug’lik signalini ishlatadi, gorelka plashadkasiga o’tish yo’lini to’siq bilan berkitib,signalchiga shlak kuyishini aytadi .
Erituvchi pechga shlak olish paytida shlak olish moslamasidan kamida 8 metr uzoqlikda hamda kran haydovchisi va signalchiga ko’rinadigan joyda turishi kerak.
Shlak olish moslamasini tozalash vaqtida tuynuk maxsus yopish to’sig’i bilan berkitilishi kerak.
Eritma ish maydoniga sachraganda yoki to’kilganda ishning oxiriga qoldirmay tozalab tashlash kerak.
Atmosferaga gaz chiqib ketmasligi uchun monometrik rejimni to’g’ri qo’yish kerak.
Erituvchi o’z ish joyiga begona shaxslarni qo’ymasligi kerak.
Erituvchi o’z ish joyini smena masterining ruxsatisiz tashlab ketish taqiqlanadi.
Erituvchi smena mobaynida suv sovutgich elementlarini doimo tekshirib turish kerak.Pech ichiga suv tushganda va sovutish quvurlari (kesson)ishdan chiqqanda darxol pechni to’xtatish kerak.Agar pech ichida suv paydo bo’lsa,ishdan chiqqan kessonni topib unga kelayotgan suvni yopib,shlangchasini yechib, o’rniga loy urib qo’yish kerak.
Ish mobaynida erituvchining harakatlanishiga halaqit beradigan narsalar bermasligi kerak va vaqtida tozalab turilishi kerak.
Shixta-kislorod gorelkasini tekshirish paytida olov tashqariga urmaslidi uchun pechga bosim yo’qligiga ishonch xosil qilib,machinist kotelni ogohlantirish kerak.
B.D.Uni tozalashdan oldin shiberni yopib va uning to’liq yopilganiga ishonch hosil qilish kerak.havo kelishini yopib to’g’ridan-to’g’ri shixta odamga urmaligi uchun tuynukni yon tomonidan turib ochish kerak.
Uskuna tamirdan chiqqandan keyin uni ishga tayyorligini va hamma himoya to’siqlari qo’yilganligiga ishonch xosil qilish kerak.
Smena mobaynida agregatlar yoki mexanizmlar ishdan chiqib qolsa,katta erituvchini va smena masterini ogohlantirish kerak.
B.D.U.ni ta’mirga to’xtatishdan oldin uning ichidagi shixtasini bunkerning yoniga urib tushirib,aerokarobkani havo bilan tozalab va havoni berkitib operatorni ogohlantirish kerak.
Y.Q.P.(O.P)yuklash paytida shixtali qiyalik (otkos)ko’chib,olov tepaga urishi mumkin.Shuning uchun ochiq yuklovchi tuynukchalar oldida turish har xil jarohatga olib kelishi mumkin .
Shixtali qiyalik (otkos)to’liq erib ketganda, konveyerni to’xtatmasdan yurgizib bir nechta tuynukga yuklash kerak.Agar shixtali qiyalikni to’ldirishi iloji bo’lmasa, katta erituvchi yoki masterga aytib,kvarts yuklash kerak.
Yuklovchi moslamalarni almashtirish jarayonini pechni to’liq yuklab,tuynuklarini yopib 2 kishi bajarishi kerak.
Pechni yuklash mobaynida tuynuklaridan gaz chiqmasligini ta’minlash uchun 3ta dan ortiq yuklash tuynugini ochmaslik kerak.
Yuklash bunkerlarini atrofini tozalashni maxsus panjaralar orasidan bajarib,tozalovchi moslama konveyerning tok o’tkazuvchi simiga tegib ketmasligini ta’minlash kerak.
Pech tomining ustki qismidan maxsus o’tish yo’lakchalaridan yurish mumkin.
Svod ustki qismini havo yordamida tozalash vaqtida 2 kishi bo’lishi kerak, bir kishi havo yordamida tozalaydi, ikkinchisi shlangani ushlab turadi.Ishni ko’z oynak va respirator yoki protivagazda bajarishi shart.
Konveyerni tamirlashga to’xtatishdan oldin uning ustidagi shixtani tushirib tozalash kerak va yurgizish apparatiga “Ishlatma, odamlar ishlayapdi”digan yozuvni ilib qo’yish kerak.
Konveyerni yurguzishdan oldin uning hamma aylanuvchi qismlariga to’siqlar qo’yilgan bo’lishi kerak.
Shlakavozni to’kish joyigacha teplovoz kabinasida kuzatib borishi kerak.

Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling