2. Texnika xavfsizligi Korxona tarixi
Download 36.44 Kb.
|
xisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Granullalangan karbamid
Mineral o’g’itlar
Granullalangan ammiakli selitra – qishloq xo’jalik ekinlarining barcha turlari uchun ishlatiladigan ommaviy o'g'it hisoblanadi. Shuningdek bog'da o’sadigan va sun’iy (bezakli) o'simliklar uchun qo’llanilishi mumkin. Yuqori darajada konsentratlangan azot o’g’iti bahor ekinlari, makkajo'xori, kungaboqar va boshqalar uchun asosiy o'g'it sifatida qishki don hosilining erta bahorgi oziqlantirishda samarali qo’llaniladi. Fosfor va kaliyning birgalikda qo’llanilishi yaxshi samara beradi. Qishloq xo’jaligida azot o’g’iti sifatida qo’llanilib, yaqin va uzoq mamlakatlarga eksport qilinadi. GOST 2-85 Е №3 o’zg. bilan Ammiakli selitra NH4NO3 – sanoatning ko’plab sohalarida azot o'g'iti sifatida foydalaniladi. Granullalangan karbamid tuproqning barcha turlari uchun azot mineral o'g'iti sifatida qishloq xo'jaligida ishlatiladi. GOST 2081-2010 Karbamid CO (NH2) 2 granullalangan - eng samarali azotli o'g'itlardan biri hisoblanib, amit shaklidagi 46,2% azotni o'z ichiga olgan hisoblanadi, bu uni qishloq xo'jaligidagi o'g'it sifatida qo’llanilishini eng manfaatli bo’lishini ta’minlaydi. Karbamidning asosiy elementi – azot, biyomolekullalarning qorilishi bilan to'g'ridan to’g’ri bog'liq bo’lib, o'simliklarni o'sishiga yordam beradi va faollashtiradi. Granulalangan o’g’it suvda tez eriydi va osonlik bilan o'simliklar tomonidan so'riladi va himoyalangan yer sharoitida ham foydalanilishi mumkin, shuning uchun yuqori ildizlik o’simliklarni o’g’itlash uchun tavsiya etiladi. Xavfning 3-guruh, o’rta xavf moddalar qatoriga kiradi. Atrof muhit muhofazasi “Farg‘onaazot” AJning sifat, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya iste’moli sohasidagi siyosati “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati faoliyati, mineral o‘g‘itlar va boshqa turdagi kimyo mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etish, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va energiya samaradorligini boshqarishga asoslangan. Barqaror rivojlanish tamoyillaridan kelib chiqqan holda “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining strategiyasi quyidagilarga yo‘naltirilgan: sifat standartlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishga; atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga; energo resurslardan samarali foydalanish/iste’mol qilishga. Bizning joriy vazifalarimiz: MS ISO 9001, ISO 14001 va ISO 50001 talablariga muvofiq, integratsiyalashgan boshqaruv tizimini ishlaydigan holatda ushlab turish. mahsulot xajmini oshirish, ishlar natijadorligini reja asosida yaxshilash. Mazkur Siyosatga muvofiq “Farg‘onaazot” AJ o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi: qonun hujjatlari, iste’molchilar va manfaatdor shaxslar talablarini bajarilishini; Siyosat va Maqsadlarni amalga oshirishda har bir xodimning ishtirokini ta’minlash, shaxsiy javobgarlikni belgilash, boshqaruvning barcha darajalarida ijrochilar uchun rollar, majburiyatlar, vakolatlarni taqsimlash; xodimlarning malakasini doimo oshirib borish, mahsulotlarni ishlab chiqishda novatorlik uslullarini va xavfsiz mehnat usullarini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan xodimlarni rag‘batlantirishni; xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarida hokimiyat bilan hamkorlik qilish, nazorat qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishni; atrof-muhit samaradorligini oshirish maqsadida energiya boshqaruv tizimini doimiy ravishda yaxshilab borish. quyidagilarning qisqartirishini ta’minlash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish: - atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi; - shahar kanalizatsiya tarmog‘iga oqava suvlarni oqizishni; - korxona faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilarini; energiya samaradorligi va energiyani boshqarish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish; energiya samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi, energiya samaradorligini ta’minlaydigan asbob-uskunalar va xizmatlarni xarid qilishni qo‘llab-quvvatlash; energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyiha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. integratsiyalashgan boshqaruv tizimini saqlash uchun zarur mehnat, moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning rivojlanishi va doimiy takomillashtirishga ko‘maklashish. XULOSA Men ishlab chiqarish amaliyotimni Farg’onazot AJ ning suv tozalash sexida o'tadim va shunga amin bo'ldimki suv tozalash jarayoni hozirgi zamon texnologiyasiga to'laqonli javob beradi.Undagi boradigan jarayonlarning mukammaligi va boshqarishning osonligi ishchilarga anchagina yengillik yaratadi. Jarayonning avzallik tomonlari kichik hajmdagi qurilmalarda yuqori tozalikdagi suvni ajratib olish va ishlab chiqarish unumdorligining yuqoriligi. Kamchiligi dvigatellarga qo'yiladigan talab juda yuqori.dvigatellarda nosozlik chiqsa jarayonga salbiy tasir ko'rsatadi. Men amaliyot davrida judayam ko’p bilimlarga ega bo’ldim va va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim. Foydalanilgan adabiyotlarYusufbеkov N.R., Nurmuxammеdov X.S.Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar.- Toshkеnt: SHarq, 2003. Farmanov B.I. Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari. Qarshi, 2016. X. M. Komilov, F.O. Po’latova. Umumiy kimyoviy texnologiya. Toshkent. 2009 www.fargonaazot.uz Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling