2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


O‘zbekiston Respublikasi davlat aksionerlik-tijorat «Asaka» banki depozitlarining tarkibi va dinamikasi


Download 211.2 Kb.
bet11/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

O‘zbekiston Respublikasi davlat aksionerlik-tijorat «Asaka» banki depozitlarining tarkibi va dinamikasi
(yil boshiga, foizda)

Depozitlar turi

2010

2011

2012

2012-yilda
2010-yilga nisbatan o‘zgarishi, punkt

1. Transaksion depozitlar

93,9

80,2

77,2

–16,7

2. Muddatli depozitlar

5,3

15,9

15,6

+10,3

3. Jamg‘arma depozitlari

0,8

3,9

7,2

+6,4

Depozitlar jami

100,0

100,0

100,0

X

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, «Asaka» bankda tahlil qilingan davr mobaynida transaksion depozitlarning depozit bazasi umumiy hajmidagi salmog‘ining sezilarli darajada pasayishi yuz berdi. Bu esa ijobiy holat hisoblanadi. Chunki transaksion depozitlar salmog‘ining pasayishi muddatli va jamg‘arma depozitlari salmog‘ining sezilarli darajada o‘sishi hisobiga yuz bergan. Mazkur holatlar pirovard natijada, bankning resurslar bazasi mustahkamlanayotganligidan, bank depozit siyosatining samaradorligini oshirish yuzasidan sezilarli tadbirlar amalga oshir ilayotganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, tahlil qilingan davr mobaynida jamg‘arma depozitlarining depozitlar umumiy hajmidagi salmog‘ining 7,2 foizga yetganligi va tahlil qilingan davr mobaynida 6,4 punktga o‘sganligi ijobiy holat hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, jamg‘arma depozitlarining asosiy qismini tashkil etuvchi aholining muddatli omonatlari arzon va barqaror resurs manbayi hisoblanadi; ikkinchidan, respublikamizda aholining ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari inflyatsion jarayonlar uchun jiddiy manba hisoblanadi. Rivojlangan industrial mamlakatlar, xususan, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Avstriya mamlakatlarida aholi to‘lovlarining asosiy qismi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mazkur mamlakatlar amaliyotida naqd pullar inflyatsion jarayonlar uchun manba bo‘lib hisoblanmaydi.
Respublikamizning boshqa yirik banklarida ham jamg‘arma depozitlariga xos bo‘lgan, yuqorida qayd qilingan holatni kuzatish mumkin.
Tijorat banklari depozit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi muhim omillardan biri depozitlarning bank passivlarining umumiy hajmidagi salmog‘ining o‘zgarishi hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida depozitlar tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda depozitsiz resurs manbalari turadi, uchinchi o‘rinni esa, bank kapitali egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida esa, yirik tijorat banklari balansining passivida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni depozitsiz resurs manbalari, ikkinchi o‘rinni bank kapitali, uchinchi o‘rinni esa, depozitlar egallaydi.
Biz quyida «Asaka» bank depozitlarining passivlar hajmidagi salmog‘ini ko‘rib chiqamiz.



Download 211.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling