O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozitlari salmog‘ining o‘zgarishi
(yil boshiga, foizda)
Ko‘rsatkichlar
|
2010
|
2011
|
2012
|
2012-yilda
2010-yilga nisbatan o‘zgarishi
|
Depozitlar jami Shu jumladan:
– jamg‘arma depozitlari
|
100,0
5,6
|
100,0
5,6
|
100,0
5,8
|
X
+0,2
|
Jamg‘arma depozitlarining asosiy qismi, odatda, aholining jamg‘arma omonatlaridan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, respublikamiz tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida jamg‘arma depozitlar salmog‘i juda kichik va u tahlil qilingan davr mobaynida sezilarsiz darajada o‘zgargan. Holbuki, aholining muddatli omonatlari tijorat banklari uchun muhim resurs manbayi hisoblanadi. Fikrimizning isboti tariqasida bir tarixiy voqeaga murojaat qilishimiz mumkin: 80-yillarning boshida bir guruh AQSH tijorat banklarining rahbarlari FZTga aholining muddatli omonatlari bo‘yicha majburiy zaxira stavkalarini pasaytirishni so‘rab murojaat qildilar. 8 Chunki ular Yaponiya banklarining xalqaro bozorlardagi yuqori darajadagi raqobatbardoshligining asosiy sababi yapon banklari resurslari tarkibida aholi omonatlarining yuqori salmoqqa ega ekanligi, deb hisoblardilar. FZT bu murojaatni to‘g‘ri qabul qildi va aholining muddatli omonatlariga nisbatan eng past stavka belgiladi (3 %).
Endi biz mamlakatimizning ikki yirik tijorat banki misolida depozitlarning sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilamiz.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |