2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


Download 211.2 Kb.
bet8/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

2-chizma.
Tahlilning mazmuniga ko‘ra, amalga oshiriladigan tahlillar, uning mazmuni va ko‘zlangan maqsadiga ko‘ra, yuqorida ko‘rib o‘tilgan tahlil subyektlarining barchasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Lekin lokal va tematik tahlil asosan ichki tahlil sirasiga kiradi.
Kompleks tahlil asosan, bankning ma’lum bir hisobot davridagi faoliyatini o‘rganishga qaratilmog‘i lozim. Lokal tahlilda bankning ma’lum bir filiali faoliyati yoki ma’lum bir faoliyat turi, masalan, kredit operatsiyalari tahlil qilinadi. Tematik tahlilda faoliyatning ayrim turlari ularni yanada samaraliroq tashkil etish maqsadida o‘rganiladi. 7
Tahlil qilinayotgan davrga ko‘ra bank faoliyati tahlili quyidagicha tasniflanadi.

3-chizma.
Operativ, joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki tahlili hisoblanadi. Ular asosan, amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini baholash, unga ta’sir etayotgan omillarni aniqlash, kelgusida faoliyat samaradorligini oshirish uchun istiqbolli chora-tadbirlar belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Operativ tahlil odatda har bir operatsiyani amalga oshir ishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Joriy va istiqbolli tahlillar bankning ichki apparati tomonidan amalga oshirilib, qaror qabul qilish uchun bank boshqaruviga taqdim etiladi. Bank boshqaruvi tahlil natijalarini umumlashtirgan holda faoliyat samaradorligini yaxshilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda tahlil boshqaruv obyektiga qarab moliyaviy va boshqaruv tahliliga ajratilgan holda o‘rganiladi.
Moliyaviy tahlilda pul mablag‘larining harakati, daromadlar tarkibi va miqdori, xarajatlar tarkibi, moliyaviy natijalari, moliyaviy resurslar, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va faoliyat rentabelligi kabilar hisob tizimi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rganiladi. Boshqaruv tahlilida asosan bankka chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘larini samarali boshqarish, passiv va aktiv operatsiyalarini muvofiqlashtirish, kredit portfelini boshqarish, mehnatning tashkil etilishi, asosiy vositalar va yordamchi materiallardan samarali foydalanish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabilar nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit siyosatining sifat darajasini tahlil qilish uning tarkibi va dinamikasini baholashni taqozo qiladi.
2.1-jadval

Download 211.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling