2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


Sm=foizli sof foyda / chetdan jalb etilgan mablag‘lar


Download 211.2 Kb.
bet16/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

Sm=foizli sof foyda / chetdan jalb etilgan mablag‘lar × 100
2.9-jadval
«A» bankning chetdan jalb etilgan mablag‘lari samaradorligi
(yil boshiga foizda)



Ko‘rsatkichlari

O‘tgan yil

Joriy yil

Jori yilda o‘tgan yil-
ga nisbatan o‘zgarishi

summa
(mln so‘m)

Foizda
%

1.

Foizli daromadlar (mln so‘m)

6880

7200

320

4,7

2.

Foizli xarajatlar (mln so‘m)

5630

5840

210

3,7

3.

Foizli sof foyda (mln so‘m)

1250

1360

110

8,8

4.

Chetdan jalb etilgan mablag‘lar
(mln so‘m)

40510

41000

490

1,2

Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asosan «A» bank majburiyatlari samaradorligi ko‘rsatkichi joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 0,2 punktga, ya’ni 6,5 foizga o‘sgan. Ushbu o‘sish foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sishi (o‘sish mos ravishda 4,7 va 3,7 foizni tashkil etgan) evaziga va majburiyatlarning o‘sish darajasi ham sof foizli daromadlar (1,2 va 8,8 foiz) o‘sishd an ancha kam ekanligi evaziga erishilgan.
Majburiyatlar samaradorligining o‘sishi foizli daromadlar va foizli xarajatlar o‘rtasidagi marjaning yetarliligini va jalb etilgan mablag‘lar imkon darajasida daromad keltiruvchi aktiv operatsiyalarga jalb etilganligini ifodalaydi.
Bank majburiyatlari tahlili oldiga qo‘yilgan aniq maqsadlarga muvofiq kunlik, o‘n kunlik, oylik, choraklik bank balansiga va hattoki bankning kun davomidagi majburiyatlari ular hisobi olib boriladigan hisob raqamlar aylanmasi ma’lumotlariga asoslangan ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, bank majburiyatlarini yanada oshirish uchun birinchidan, majburiyatlar barqarorligini oshirish, ikkinchidan, foizli daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq (marja)ni oshirishga harakat qilish va uchinchidan, likvidlilikka ta’sir etmagan holda majburiyatlarni imkon qadar ko‘proq daromad keltiruvchi aktivlarga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligi va uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini qozonish mumkin emas. Ma’lumki, bank kapitalining mavjudligi bankning tashkil topishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun eng asosiy zaruriyatdan biridir.
Aytish joizki, AQSHda ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan, bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan jahon moliyaviy inqirozi natijasida yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik va to‘lov qobiliyati zaiflashib borayotgan bir paytda banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlashda bank kapitali va uning yetarlilik darajasi birlamchi zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlarining samaradorligini ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va uning muvofiqligini ta’minlashga erishish muhim o‘rin tutadi.
Xalqaro bank amaliyotida bank kapitali va uning yetarliligini ta’minlash masalasiga to‘xtalishdan oldin bank kapitalining iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish joiz.
Bank kapitali murakkab kategoriya sifatida «bank ishi»da muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, u bank faoliyatining boshlang‘ich moliyaviy asosi va keyinchalik uning rivojlanishi, barqarorligi hamda xavfsizligini ta’minlovchi manba bo‘lib hisoblanadi.
Qisqa qilib aytganda, tijorat banki kapitali – bu bank faoliyatini moliyalashtirishning barqaror manbayi bo‘lib, bankning operatsion jarayonida kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkonini beruvchi o‘ziga xos himoya vositasidir.
Bank kapitalining iqtisodiy mazmuni yanada to‘liqroq u bajaradigan funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Bank kapitalining quyidagi ikkita funksiyasini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. Download 211.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling