2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


Download 211.2 Kb.
bet4/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

Ikkinchidan, bank aylanmasiga chetdan jalb etilgan va bankning o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun albatta, doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan bir ga, ushbu mablag‘lar qaysi maqsadlarni amalga oshirish uc hun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tatbiq etiladi.
Uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’min lash va ularni oqilona boshqarish. Bank aylanmasiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank aylanmaga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank aylanmasida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar albatta barqaror daromad manbayi hisoblanadi. Bundan tashqari bank aylanmasiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operatsiyalarga yo‘naltirilishi muvofiqlashtiriladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi.
To‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliyabank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar fao liyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Ushbu qonunning 52-moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:

  • kapitalning monandlik koeffitsiyentini;

  • bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;

  • yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;

  • likvidlilik koeffitsiyentlarini;

  • aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek, bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;

  • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;

  • ochiq valuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.

Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.
Albatta, normativlar bank tizimining barqarorligini ta’min lashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatining xavflilik darajasini oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishi va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.

Download 211.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling