2. Tijorat banklari faoliyati tahlilining turlari


Download 211.2 Kb.
bet5/19
Sana21.06.2023
Hajmi211.2 Kb.
#1639648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Bank daromadlari ularning turlari va hisob

Beshinchidan, bank aktivlari tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish.
Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning davr talabi bo‘lib qoladi.
Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham Boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.
Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish.
Bankning likvidligi, deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchilari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi u chun doimiy ravishda, ma’lum darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchni mustahkamlaydi.
Bankning to‘lov qobiliyati, deganda uning mijozlar tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarining likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Yettinchidan bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatidan asosiy maqsad ham maksimal miqdorda foyda olishdan iborat. Shuning uchun ham bank daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik darajasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat samaradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank faoliyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qaramaqarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shunday ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham faoliyat tahliliga asoslanadi.
Sakkizinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarining jozibadorligini ta’minlashga erishish. Bankning o‘z mablag‘lari ko‘payib borishi, asosan, uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liq. Qaysi bankning ak siyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol, o‘z navbatida, ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’minlashda, uning kapitallarining oshib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham uning faoliyatini uzluksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi. 4

Download 211.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling