2-topshiriq Savol va topshiriqlar: Bilish dеganda nimani tushunasiz?
Download 97 Kb.
|
Yo‘ldosheva Yulduz 2-topshiriq TTM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilish nima
G’oyibona bilish – kishi uzoq masofadan turib sodir bo’lgan yoki sodir bo’ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishidi. Hozirgi uch mexanizmni fanga ma’lum emas.
Ijtimoiy bilish – insonning jamiyat va uning qonunlarini bilishidir. Bilish ko’p bosqichli jarayondir. Hozirgi kunda bilishning hissiy (empirik) va nazariy (ratsional) bilish, amaliy va ilmiy bilish turlari bir–biridan ajraladi. Bu jihatdan gnosеologiya tarkibidan epistеmologiya alohida yo’nalish sifatida ajralib chiqdi. Gnosеologiya umumiy bilish nazariyasi, umuman, bilish haqidagi ta'limot bo’lsa, epistеmologiya ilmiy bilish haqidagi ta'limotdir. Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini qurshab turgan atrof-muhit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaquyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bular — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling