2. To’yingan uglevodorodlar (alkanlar). Olinishi, xossalari, ishlatilishi


IYUPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash


Download 35.16 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi35.16 Kb.
#1277172
1   2   3   4
IYUPAK (sistematik) nomenklaturada nomlash Alkanlarni IYUPAK bo‘-yicha nomlash uchun quyidagi tartib qabul qilingan:

  1. Asos sifatida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi. Zanjirga bog‘langan alkil radikali o‘rinbosar sifatida qaraladi;

  2. Tanlab olingan eng uzun zanjir nomerlanadi. Nomerlash zanjirning tarmoqlanishi chetga yaqin bo‘lgan tomonidan boshlanadi;

  3. Agar zanjirning bitta yoki bir nechta uglerod atomlarida o‘rinbosarlar joylashgan bo‘lsa, nomlanganda nomer har bir o‘rinbosarga qo‘yiladi va vergul bilan ajratiladi, bir xil o‘rinbosarlarning soni di-, tri-, tetra– va h.k. grek sonlari bilan ko‘rsatiladi.

  4. Alkan molekulasida turli o‘rinbosarlar bo‘lib, ular uglerod atomlarining soni va tarmoqlanish darajasi bilan farq qilsa, alkanni nomlashda o‘rinbosarlar alfavit bo‘yicha nomlanadi.

Alkil radikalining nomi alkanning –an qo‘shimchasini –il almashtirib hosil qilinadi. CH3


metil, CH3CH2-etil, CH3CH2CH2-propil, (CH3)2CH-izopropil, С4Н9-butil, CH3CH(CH3)CH2izobutil, CH3CH2(CH3)CH-ikkilamchi butil, (CH3)3S-uchlamchi butil radikallari.
Tarkibi С8Н18 bo‘lgan alkanni uzun zanjirida 6 ta uglerod atomi tutgan izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va IYUPAK bo‘yicha nomlang.
Alkanlarni olish usullari.Alkanlar asosan tabiiy manba’lardan va sintez usuli bilan olinadi.
1.Alkanlarning asosiy manba’’i neft va tabiiy gazdir. Tabiiy gaz 95-98 % metan, 2-5% etan, propan, butandan iborat bo‘ladi. Neftni qayta ishlab alkanlarni aralashmasi olinadi. 2.Tosh yoki qo‘ng‘ir ko‘mirni vodorod bilan molibden, volfram va nikel metallarining oksidlari va sulfidlari ishtirokida 450-470oС, 300 atm bosimda gidrogenlanadi. Buning natijasida alkanlar va sikloalkanlar hosil bo‘ladi.
Karbidlardan olish. Ayrim karbidlarga suv ta’sir ettirib metan olinadi: Al4C3+ 12H2O  3CH4+ 4Al(OH)3 5.Vyurs (1855 y.) reaksiyasi bo‘yicha galogenalkanlardan olish:
2CH3CH2CH2CH2Br + 2Na  C8Н18+ 2NaBr.
Bu usul bilan juft uglerod atomi tutgan alkanlarni olish yaxshi unum bilan boradi. Toq sonli uglerod atomi tutgan alkanlarni har xil galogenalkanlardan olinganligi sababli alkanlarning aralashmasi hosil bo‘ladi:
CH3CH2CH2Вr + CH3CH2Вr + 2Na  C5Н12+ C6N14 Q C4N10+ 2NaBr
Bunday reaksiyani litiy metali va mis tuzlari ishtirokida efir eritmasida olib borilsa yuqori unum bilan alkan hosil bo‘ladi

Download 35.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling