2. Turizmning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati


– rasm 2018 yilda xarijiy sayyohlar kelishining o’sish surati ma’lumotlari


Download 3.29 Mb.
bet4/7
Sana12.10.2023
Hajmi3.29 Mb.
#1700588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.“Turizm iqtisodiyoti” fanining maqsadi va vazifalari. Turizmning rivojlanishida asosiy omillar

3 – rasm 2018 yilda xarijiy sayyohlar kelishining o’sish surati ma’lumotlari
Mazkur ma‘lumotlardan 2018-yilda 2016-yilga nisbatan sezilarli darajada ortganini ko‘rishimiz mumkin. Ammo turistlar oqimi ortishi 6; bilan bir qancha muammolar yaqqol ko’rinib qoladi misol tariqasida
    • mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarining ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligini:
    • 7 476 na moddiy madaniy meros obyektlaridan 310 tasi avariya yoki tashlandiq xolatda:
    • Madaniy meros ob‘yektlari va muzeylar zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlanmagan;

    • O’zbekistonda turistik oqimini ko‘paytirishda imkoniyatrimiz bisyor bo‘lishiga qaramasdan, yuqorida keltirilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini o’rganish, taxlil etish borasidagi fundamental bilimlarni mustahkamlash ―Turizm iqtisodi fanining o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

4. O’zbekistonning turistik resurslari.
Turizmni shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bogʻliqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik resurslarga ega boʻlsa, turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi.
Shuni alohida takidlash kerakki mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirish uchun ulkan turistik resurs mavjud. Bu kabi imkoniyat dunyoni sanoqli davlatlarida bor. Goʻzal tabiat, xilma-xil iqlim, shonli tarix, madaniy yodgorliklar, hududlarning bir-birini takrorlamaydigan oʻziga xos ananalari bularning hammasi yurtimizda mujassam.
Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan xizmat ko’rsatish industriya sohasi bo’lib, unda ko’rsatiladigan xizmatlar ham olish resurslari mavjud bulgan xududlarga sayyohlar tomonidan borib iste‘mol qilinadi. Turizm mehnatni ko’p talab qiladigan tarmoq sifatida nafaqat turizmda, balki sayohatchilar iste‘mol qiladigan xilma-xil mahsulot va tovarlarni ishlab chiqaradigan sanoat, kishloq xujaligi hamda ularga xizmat ko’rsatadigan transport va infratuzilma tarmoqlarida ham ko’plab ish urinlarini yaratishga, shuningdek, mamlakatga xorijiy valyuta tushumlarini kupaytirishga, shu asoslarda itstisodiy faoliyatni sezilarli kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Oʻzbekiston hududida 7300 ga yaqin tarixiy madaniy obyektlar aniqlangan, bir nechta qoriqxona va milliy bogʻlar mavjud, 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalari bor.
Mamlakatimizda mavjud turistik resurslar orasida madaniyat maskanlarini oʻrni alohida ahamiyatga ega. Xozirda yurtimizda 50 ga yaqin teatr, 110 dan ortiq muzey, 2 ta hayvonot bogʻi, 1 ta botanika bogʻi, 1 ta sirk, 3000 ga yaqin kutubxona, 170 ga yaqin madaniyat va istiroxat bogʻlari, 50 dan ortiq konsert zollari faoliyat koʻrsatmoqda.
Mamlakatimizda sanatoriya-kurort tashkilotlari bugungi kunda 160 dan ortiqni tashkil qiladi. Ularning asosiy qismi Fargʻona, Toshkent, va Namangan viloyatlarida joylashgan. Shuningdek 250 dan ortiq dam olish maskanlari faoliyat yuritmoqda, ularning deyarli yarmi ya‘ni yuzdan ortigʻi Toshkent viloyatida joylashgan.
1-rasm 2018-yildagi turistik oqimning oylar boʻyicha taqsimlanishi
Yuqoridagi 2018 yil statistk ma‘lumotlarni tahlil qilsak, mamlakatimizda avgust oyiga to’g’ri keladi (584 434 ta ) eng kam turistiklar soni yanvar oyiga to’g’ri keladi (266 194 ta).
Umuman mamlakatimizning yagona turistik makoni bir-biri bilan uzviy bog’liq, ayni paytda o’zaro katta farq qiladigan o’ziga xos cho’l (saxro), sug’oriladigan tekislik zonasining vodiy va vohalari, tog’ landshaftlari majmualaridan tarkib topgan bo’lib, ular turli yo’nalishdagi turizm o’choqlari va markazlarini barpo etishga mustahkam tabiiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xalqaro sayyohlikda innovatsion yo’nalish sifatida jadal rivojlanayotgan ekologik turizm uchun mamlakatimizda g’oyat qulay shart- sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligini alohida ta‘kidlash lozim.

Download 3.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling