2. Valyuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash
Valyuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash
Download 342.94 Kb.
|
kurs ishi D
2. Valyuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash
Turli mamlakatlarning valyutalari hamda xalqaro pul birliklari tuzilgan xalqaro bitimlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida o‘zaro almashtiriladi va har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi bu yerda ham ularning bahosini, aniqrog‘i, valyutalar kursini aniqlash muhim hisoblanadi. Valyuta kursi valyuta tizimining asosiy elementi hisoblanadi, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda turli mamlakatlar valyutalari nisbatining o‘zgarishi ma’lum bir qiymatda ifodalanishini talab qiladi. valyuta kursi tovarlar, xizmatlar savdosida, kapitallar, kredit harakatida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun zarur. Eksportyor chet el valyutasidagi tushumini o‘z milliy valyutasiga almashtiradi, chunki boshqa mamlakatlarning valyutasi ushbu davlat ichida qonuniy to‘lov va sotib olish vositasi sifatida qatnasha olmaydi. Importyor milliy valyutani chet el valyutasiga xorijda sotib olgan tovarlarga to‘lash uchun almashtiradi. Jahon bozorida tovarlarni sotganda milliy mahsulot xalqaro qiymat me’yorlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, valyuta kursi jahon xo‘jaligi doirasida tovarlarni absolut almashuvini namoyon qiladi. valyuta kursi qiymatining asosi jahon narxlarii ostida yotuvchi, jahon bozoriga asosiy mahsulot yetkazib beruvchi mamlakatlarning va boshqa ishlab chiqaruvchilarning milliy narxiga asoslanadi. Xalqaro kapital harakatining keskin o‘sishi valyuta kursiga nafaqat tovar, balki moliyaviy aktivlar orqali hamda valyutalarni sotib olish qobiliyati orqali ham ta’sir ko‘rsatadi. Chet el valyutasining milliy valyutadagi kursini aniqlash va o‘rnatish kotirovka deb ataladi. Kotirovka valyutani sotish va sotib olishda, bir valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish jarayonida zarur bo‘lib, unga aniq valyutaga bo‘lgan talab va taklif ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklif bir valyutaning ikkinchi valyutaga bo‘lgan nisbatining o‘zgarishiga ta’sir qiladi va kotirovka asosida valyutalarning kursi belgilanadi. Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq. valyuta kursi xalqaro savdoning rivojlanishi bilan birga ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotidagi barcha sohalar holati o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligidir. Valyuta kursi asosan kapital va kredit harakatini hisobga olish, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun, jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chet el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslash, firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo‘lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur. Shunday qilib, valyuta kursi bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsiyenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradilar. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi. Kapitalning xalqaro harakatiga bog‘liq ravishda valyuta kursining o‘zgarishiga valyutaning tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko‘rsatadi. Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasi kursining, qimmatli qog‘ozlar kursining yohud tovarlar bahosining o‘rnatilishi ham kotirovkalash deb ataladi. Subyektlar ishtirokida belgilanishiga qarab kotirovkaning 2 turi: rasmiy va bozor kotirovkasi mavjud. Rasmiy kotirovkada barcha valyuta operatsiyalari uchun valyuta kursi davlat tomonidan belgilanadi. Banklararo valyuta savdosida amalga oshiriladigan bozor kotirovkasi banklarning to‘lovga layoqatliligiga, ularning pul mablag‘i aylanmasi mavqeyiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bozor kotirovkasi rasmiy kotirovkadan farq qiladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashni amalga oshirishning 2 xil usuli mavjud: To‘g‘ri kotirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 2012-yilning 20-martida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 1839,40 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 62,65 so‘mni tashkil etdi. 1 AQSH dollari = 1839,40 so‘m. Bu to‘g‘ri kotirovkalash hisoblanadi va bunday kotirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan bahosi egrikotirovkalash deb ataladi. Egri (teskari) kotirovkalashda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan: 1 so‘m = 0,00054 AQSH dollari 1839,40 Kotirovkaning chap tomonidagi valyuta kotirovka bazasi, o‘ng tomonidagisi kotirovka valyutasi deb yuritiladi. Valyuta kotirovkasi, odatda, 2 asosiy elementni o‘zida mujassamlashtiradi. sotib olish kursi (Vid-bid); valyutani sotish kursi (offer-offer). Masalan, 1 AQSH dollari = 18369,40 o‘zbek so‘mi sotish kursi (offer), 1846,0 o‘zbek so‘mi sotib olish kursi (Vid). Valyutani sotish va sotib olish o‘rtasidagi farq spred (spread) deb nomlanadi va u yuqoridagi misolda 6,4 so‘m (1846,0-1839,4) ni tashkil qiladi. Bank kotirovkasi bilan banklararo bozor kotirovkasi o‘rtasidagi farq marja deyiladi va u bankning valyuta bo‘yicha pozitsiyasi, uning bitimlarining summasi, salmog‘i va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. valyuta kurslarining turlari ko‘p bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin. Download 342.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling