2. Valyuta kursining mazmuni va uni kotirovkalash
Asosiy qism 1. Valyuta va uning iqtisodiy mohiyati
Download 342.94 Kb.
|
kurs ishi D
Asosiy qism
1. Valyuta va uning iqtisodiy mohiyati Jahon iqtisodiyotida, jumladan har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi. Pul va iqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta, bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida salbiy aks topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan. Iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy pul, tovar ekvivalent sifatida mavjud bo‘lib, iste’molchilarning muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Qog‘oz pullar esa, haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodasi yoki vakilidir. Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o‘zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga ega. Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi. Agar muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozoriga chiqib, davlatlar o‘rtasida muomala, to‘lov va jamg‘arish vositasi sifatida ishlatilsa, ya’ni xalqaro pul funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi. Valyuta – jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birligidir. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, Fransiya franki, Germaniya markasi va shu kabilar. Bundan muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy valyutasi bo‘lishi mumkin. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa xorijiy valyutalar bo‘ladi. Masalan, AQSH dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari, yevro va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalar hisoblanadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston so‘mi bu davlatlar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarining, mazkur davlatlarda valyuta munosabatlari borasida mavjud va amalda bo‘lgan qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi va u yerda muomalada bo‘lishi chegaralanadi. Shunga ko‘ra muomaladagi valyutalar turli maqomlarga, ya’ni erkin muomalada yuradigan, muomalasi qisman yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valyutalarga bo‘linadi. Bundan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda jahon amaliyotida erkin muomalada yuradigan valyutalar soni 60 turdan ziyod. Bundan tashqari, MDH davlatlarining valyutalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining so‘mi yumshoq valyutalar toifasiga kiradi. Ekzotik valyutalar toifasiga Quvayt dinori, Gretsiya draxmasi va shu kabilar kiradi,« valyuta» kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi orasida aloqa va o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon valyuta tizimi jahon pullarini amaldagi (funksional) shakllariga asoslangan. Jahon pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaliy (funksional) shakllarining evolutsiyasi milliy pullar rivojlanish evolutsiyasini birmuncha kechikib takrorlaydi, ya’ni oltin pullardan – kredit pullarga. Bunday qonuniyat asosida jahon valyuta tizimi XX asrga kelib bir yoki bir necha yetakchi davlatlarning milliy valyutalariga (an’anaviy yoki yevro valyuta shaklida) yoki xalqaro valyuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi. Jahon amaliyotida hisob-kitoblarni olib borish uchun valyutalar shartli belgilar orqali ifodalanadi, ya’ni ularga shartli kodlar beriladi. valyutalarga kodlar ISO (Standartlash xalqaro tashkiloti) tomonidan beriladi va e’lon qilinadi. Bu valyutani kodlash tizimi yozma ravishda rasmiylashtirilgan barcha valyuta operatsiyalari va bitimlarda qo‘llaniladi. ISO tizimidagi kodlar juda oson, masalan, ular quyidagicha ifodalanishi mumkin: A1A2A3. Bunda: A1A2 – lotin harflari mamlakat nomlarini ifodalaydi; A3 – lotin harfi shu mamlakatning milliy valyutasini bildiradi. Masalan, UZ – O‘zbekiston Respublikasi, S – so‘m, UZS – O‘zbekiston Respublikasi so‘mi; RU – Rossiya, R – rubl, RUR– Rossiya rubli; US – Amerika Qo‘shma Shtatlari, D – dollar; USD – Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari; GB – Buyuk Britaniya, P – funt sterling, GBP – Buyuk Britaniya funt sterlingi. Valyuta, odatda, ikki turga – milliy va chet el valyutalariga bo‘linadi. Milliy valyuta qonun asosida davlatning pul birligi sifatida belgilanadi va mamlakat hududida barcha hisob-kitoblarda foydalaniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pullar valyutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy valyuta, ya’ni boshqa mamlakatlarning pul birliklari ishlatiladi. Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq. Deviz – xorijiy valyutadagi har qanday to‘lov vositasidir. Xorijiy valyuta valyuta bozorida oldi-sotdi obyekti bo‘ladi, xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi, banklardagi hisobvaraqlarda saqlanadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vositasi hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga olmagan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida milliy valyutani nisbatan barqaror xorijiy valyuta siqib chiqaradi, hozirgi davrda bu AQSH dollaridir. -Chet el valyutasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: -valyuta bozorida sotish va sotib olishning obyekti hisob-lanadi; -xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi; banklarda valyuta hisob raqamlarida saqlanadi. Jahon amaliyotida yetakchi valyutalar sifatida rivojlangan mamlakatlar valyutasidan foydalanilmoqda, jumladan AQSH dollari va Yevropa Ittifoqi YEVROsi. Download 342.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling