2 variant- jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish


Download 313.23 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi313.23 Kb.
#1529101
  1   2   3   4
Bog'liq
2 вариант


2 variant- Jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish

Ichki pul o‘tkazmasini qabul qilayotganda, avtomatlashtirilmagan aloqa bo‘limining xodimi:


a) jo‘natuvchidan pullar va shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birga to‘ldirilgan 114-shakldagi blankni olishi;
b) 114-shakldagi blankning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishi:
1) raqamlar va so‘zlar bilan yozilgan summaning muvofiqligi, oluvchi va jo‘natuvchining manzillarini to‘liq yozilganligini;
2) jo‘natuvchi taqdim etgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarning kiritilganligini, jo‘natuvchi imzosining mavjudligini;
3) pul o‘tkazmasi blankasida ko‘zda tutilgan alohida belgilarning mavjudligini;
s) jo‘natish uchun to‘lovni hisoblash va jo‘natuvchidan olishi;
d) 114-shakldagi blankni rasmiylashtirishi:
1) so‘zlar bilan yozilgan summadan oldin va undan keyin qolgan bo‘sh joyga chizib qo‘yishi;
2) pul o‘tkazmasi yuborilayotgan (belgilangan) punkt tagiga chizib qo‘yishi;
3) belgilangan joylarga:
–5-shakl bo‘yicha pul o‘tkazmasining raqamini;
– pul o‘tkazmasini qabul qilish sanasi va vaqtini;
– pul o‘tkazmasi summasini, jo‘natish uchun to‘lovni va to‘lanishi kerak bo‘lgan umumiy summani;
– o‘zining familiyasini, imzosini va TSh izini qo‘yishi;
ye) belgilangan tartibda 5-shakldagi kvitansiyani rasmiylashtirilishi va uni jo‘natuvchiga berishi;
f) 114-shakldagi blanklar bo‘yicha ikki nusxada 11-shakldagi reestrni (20-rasm) tuzishi, unda 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha pul o‘tkazmalarining raqamlarini, har bir pul o‘tkazmasining summasi va belgilangan joyini ko‘rsatishi;
Olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomali pul o‘tkazmalarini yozishda «bild.» belgisini va aynan qanday bildirishnomali ekanligi belgisini - «b/bild.» yoki oddiy - «od./bild.» qo‘yishi;
g) ish kuni tugaganidan keyin:
1) 5-shakldagi kvitansiya daftarida yakunlarni chiqarishi, imzosini qo‘yishi;
2) 114-shakldagi blanklarni, 5-shakldagi kvitansiya daftarini, 11-shakldagi reestrni nazorat qilish uchun aloqa bo‘limi boshlig‘iga berishi lozim.












11-sh.





Download 313.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling