2 variant- jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish
Download 313.23 Kb.
|
2 вариант
23-rasm. To‘lov topshirig‘ining namunasi
a) ichki pul o‘tkazmalari uchun
b) xalqaro pul o‘tkazmalari uchun 24-rasm. Ichki va xalqaro pul o‘tkazmalariga 103-V-shakldagi ro‘yxatni to‘ldirish namunasi Pul mablag‘lari hisobga kelib tushgandan keyin, aloqa xodimi 103-V-shakldagi ro‘yxatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini: a) 103-V-shakldagi ro‘yxatning barcha uchta nusxalarining bir xilligini; b) oluvchilar manzillari to‘g‘ri yozilganligini; c) o‘tkazmaning maqsadi (alimentlar, nafaqa, ish haqi va h.) to‘g‘risidagi tegishli belgilarning mavjudligini, shuningdek – davrini; d) «Olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma bilan», «Yetkazib berish bilan» belgilarining mavjudligini; e) pochta yig‘imlari summasi to‘g‘ri hisoblanganligini; f) 103-V-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha pul o‘tkazmalari va pochta yig‘imlari summasining to‘lov topshirig‘idagi summa bilan bir xilligini; g) rahbar, bosh buxgalter imzolari va muhr izining mavjudligini; h) ro‘yxatda jo‘natuvchi nomining mavjudligini; i) vakolatli shaxs taqdim etgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritilganligi va imzosining mavjudligini tekshiradi. 103-V-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilganda, aloqa xodimi qo‘shimcha ravishda quyidagilarni tekshirishi kerak: a) xalqaro pul o‘tkazmasi yuboriladigan (belgilangan) mamlakatga pul o‘tkazmalarini qabul qilishga ruxsat berilganmi; b) xalqaro pul o‘tkazmasi summasini yuborilayotgan mamlakatda bitta pul jo‘natmasi uchun belgilangan maksimal summa miqdori doirasidaligini tekshirishi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan 103-V-shakldagi ro‘yxatlari qabul qilinmaydi va jo‘natuvchiga qaytariladi. Tekshirilgan 103-V-shakldagi ro‘yxatlarga aloqa xodimi: a) har bir pul o‘tkazmasining to‘g‘risiga 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha tartib raqamini qo‘yadi; b) ro‘yxatning har bir sahifasiga TSh izini tushiradi. Aloqa xodimi rasmiylashtirilgan 103-V-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha: a) qabul qilish axborotini yaratadi (103-V-shakldagi ro‘yxatlardan pul o‘tkazmalari ma’lumotlarini EPO‘ tizimiga kiritadi), shuningdek 5-shakldagi kvitansiya daftari bo‘yicha pul o‘tkazmalarining raqamlarini EPO‘ tizimiga kiritadi; b) 5-shakldagi kvitansiya daftarini, 103-V-shakldagi ro‘yxatlarni va to‘lov topshiriqlarini pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsiga yoki aloqa bo‘limi boshlig‘iga nazorat uchun topshiradi. Pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsi yoki aloqa bo‘limi boshlig‘i: a) 103-V-shakldagi ro‘yxatlar to‘g‘ri to‘ldirilganligi va rasmiylashtirilganligini; b) 5-shakldagi kvitansiya to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; c) 103-V-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha pul o‘tkazmalari va pochta yig‘imlari yakuniy summasining to‘lov topshirig‘idagi umumiy summa bilan bir xilligini; d) nazoratdan so‘ng, 103-V-shakl ro‘yxatlaridagi belgilangan joyga imzo qo‘yib, NGM izini tushiradi. ye) 103-V-shakldagi ro‘yxatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng, aloqa xodimi tomonidan EPO‘ tizimida yaratilgan qabul qilish axborotini tekshiradi va pul o‘tkazmalarini jo‘natadi; f) 103-V-shakldagi ro‘yxatlar kun davomida pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsida yoki aloqa bo‘limi boshlig‘ida saqlanadi. 103-V-shakldagi ro‘yxatlarining birinchi nusxasi to‘lov topshirig‘i bilan birga qabul qilish joydagi avtomatlashtirilgan pochta aloqasi ob’ektida qoladi, ikkinchi nusxasi 5-shakldagi kvitansiya bilan birga jo‘natuvchiga topshiriladi, uchinchi nusxasi 5-shakldagi daftar bilan PO‘NQMga yuboriladi. Ish kuni tugaganidan keyin jismoniy va yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilishni birga olib boruvchi aloqa xodimi: a) bir nusxada 11-shakldagi reestrni chiqaradi, unga imzo qo‘yadi; b) 5-shakldagi kvitansiya daftarida yakunlarni chiqarib, unga imzo qo‘yadi; c) 5-shakldagi kvitansiya daftarini va 11-shakldagi reestrni nazorat uchun pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsiga yoki aloqa bo‘limi boshlig‘iga topshiradi. Pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning nazorat qiluvchi shaxsi yoki aloqa bo‘limi boshlig‘i: a) pul o‘tkazmalarining 114-shakl, MR-1-shakl va 103-V-shakl blanklaridagi summaning 5-shakldagi kvitansiya daftari va 11-shakl reestridagi summa bilan bir xilligini tekshiradi; b) 5-shakldagi kvitansiya daftaridagi yakunlar to‘g‘ri chiqarilganligini tekshirib, imzo qo‘yadi; c) 11-shakldagi reestrga «5-shakl bilan solishtirdim: miqdori _____ summasi______» yozuvini va imzosini qo‘yadi; d) 114-shakldagi, MR-1-shakldagi pul o‘tkazmalari, 103-V-shakldagi ro‘yxatlar va 11-shakldagi reestrning birinchi nusxalarini oy davomida bog‘lamlarga tikadi, oy tugaganidan keyin pochta aloqasi ob’eki (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ning arxiviga topshiradi. Aloqa xodimi ish kuni tugaganidan keyin belgilangan tartibda hisobot topshiradi. Pul o‘tkazmalari qabul qilingandan keyingi undan kechiktirmay aloqa bo‘limlari qabul qilingan to‘lov topshiriqlarini belgilangan tartibda bo‘ysunuvi bo‘yicha pochta aloqasi ob’ekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi)ga yuboradi. Nazorat savollari Yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalari qabul qilish shartlari nimalardan iborat? Xalqaro pul o‘tkazmali 103-V-shakldagi ro‘yxatlar va to‘lov topshiriqlari kim tomonidan va qanday tartibda tuziladi? Yuridik shaxslardan qabul qilingan pul o‘tkazmalari bo‘yicha nazorat kim tomonidan va qanday tartibda bajariladi? Ish kuni tugaganidan keyin jismoniy va yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilishni birga olib boruvchi aloqa xodimining harakati nimalardan iborat? 1. Baxodirov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li 2 Boboqulov Baxrom Shermat o‘g‘li 3 Burxonov Miraziz Miraxmad o‘g‘li 4 Dadaxonov Yaminjon Baqtiyar o'g'li 5 Ergashboyev Abdulloh Ziyodbek o‘g‘li 6. Tojiboyeva Durdona Bobir qizi Sharti: 1.Berilgan mavzu o‘rganilib prezentatsiya tayyorlanadi va ximoya qilinadi. 2. yuqorida berilgan nazorat savollariga javob beriladi va mavzuga oid videorolik yoki krassvord tayyorlanadi Mavzu to‘liq ochib berilishi kerak.Bunda gurux shakllantirilib birgalikda ishlanadi. Xar bir talaba kamida 2 ta savolga prezentatsiya shaklida javob berishi shartli Download 313.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling