HARAKATNING ASOSIY TAMOYILLARI
O’zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati ko’ngillilari va xodimlari o’z faoliyatida odamlarning tinchlik va totuvlikka bo’lgan haqiqiy intilishlariga asoslangan Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakatining asosiy tamoyillariga tayanadilar.
Insonparvarlik
Ushbu Xalqaro harakat jang maydonidagi barcha yaradorlarga istisnosiz va afzalliklarsiz yordam berish istagi bilan tashkil etilgan bo’lib, har qanday sharoitda, xalqaro va milliy miqyosda, insonlarning azob-uqubatlarini oldini olish yoki yengillashtirishga intiladi. Harakat inson hayoti va sog’lig’ini himoya qilish va inson shaxsiga hurmatni ta’minlashga qaratilgan. U xalqlar o’rtasida o’zaro tushunish, do’stlik va mustahkam tinchlikka erishishga yordam beradi.
Xolislik
Xalqaro Harakat irqiy, sinfiy yoki siyosiy qarashlarga qarab odamlarni ajratmaydi. U faqat odamlarning azobini yengillashtirishga, va birinchi navbatda, unga eng muhtoj bo’lganlarga yordam berishga harakat qiladi.
Neytrallik
Barchaning ishonchni saqlash uchun Xalqaro Harakat qurolli mojarolarda biror bir davlat tarafdori bo’la olmaydi va siyosiy, irqiy, diniy yoki mafkuraviy xarakterdagi bahslarga aralasha olmaydi.
Mustaqillik
Xalqaro harakat mustaqildir. Milliy jamiyatlar, hukumatga insonparvarlik ishlarida yordam berib, o’z mamlakatining qonunlariga rioya qiladilar, ammo Xalqaro Harakat tamoyillariga muvofiq harakat qilish uchun har doim avtonomiyani saqlab turishlari lozim
Ixtiyoriylik
Xalqaro harakat o’z ixtiyoriy yordam faoliyatida hech qanday manfaat ko’rish istagiga ega emas.
Yagonalik
Har qanday davlatda butun mamlakat bo’ylab insonparvarlik ishlarini olib boradigan faqat bitta Qizil Xoch yoki Qizil Yarim Oy Jamiyati bo’lishi mumkin.
Universallik
Xalqaro harakat butun dunyoda faoliyat yuritadi. Barcha Milliy Jamiyatlar teng huquqlarga ega va bir-birlariga yordam berishga majburdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |