2. Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana19.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1213882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sovun2

 
 
 


16 
9.Mehnatni muhofaza qilish 
Inson faoliyatining turli sohalarida xavfsizlik masalalarini o‘rgangan buyuk 
shaxslar va olimlardan quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 
- Aristotel (bizning eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan), 
Gippokrat (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan) va boshqa olimlarning 
asarlarida mehnat sharoiti masalalari o‘rganilgan. 
- Tiklanish davrining buyuk tabibi Paratsels (1493-1541) o‘zining asarlarida 
tog‘ ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni o‘rgangan. Quyidagi “Bor bo‘lgan 
hamma narsa zahar va bor bo‘lgan hamma narsa doridir. Faqat bitta dozagina 
moddani zaharga yoki doriga aylantiradi” degan fikr uning qalamiga mansub. 
(Me’yorlash prinsipi yuqoridagi fikrdan kelib chiqmaganmikan?) 
- Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o‘zining “Tog‘ ishlari
to‘g‘risida “ deb nomlanuvchi asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon 
qilgan. 
- Italiyalik vrach Ramatssini (1633-1714) kasbiy gigienaga asos solgan, u
“Hunarmandlar kasalliklari” degan kitobini yozgan. 
- Rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765) tog‘ ishlarida mehnat xavfsizligi 
bo‘yicha asos bo‘luvchi asarlarini yozgan. 
Mehnat muhofazasining maxsus kursi” fanining ham o‘z tushunchalari va 
ta’riflari mavjud. Bu tushuncha va ta’riflarni bilish, ularning mohiyatini chuqur 
anglash fanni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Texnologik jarayonlarni loyihalash vaqtida dinamik kuchlar ta’siri natijasida 
keskin urilish jarayonlari va keskin tezlanib sekinlanishlari bo‘lgan mashina 
mexanizmlarni yo‘qotish yoki keskin kamaytirishga harakat qilish zarur. 
Bu titrashlarni kamaytirishning asosidir. Masalan ekssentrik sistemali va 
qiyshiq, tishli mexanizmlarni tekis harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlar 
bilan almashtirish yaxshi natija beradi. Bunda bolg‘alash va shtampovka 
jarayonlarini presslash bilan almashtirish, urib to‘g‘rilash jarayonini bosim bilan 
to‘g‘rilashga o‘tkazish, pnevmatik va mexanik qalpoqlashni gidravlik qalpoqlash 
va eritib yopishtirish bilan almashtirish yaxshi natija beradi. 


17 
Reduktorlarda titrashni kamaytirishda asosan to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarni 
qiyshiq tishlilar va shevron tishlilarga almashtirish, shuningdek tishli g‘ildiraklarga 
ishlov berishda va ularning juftlarini tanlashga katta e’tibor berish kerak. Bunda 
titrashni keskin kamayishiga erishish imkoniyatlari mavjud. 
Titrashni kamaytiruvchi vosita sifatida dumalovchi podshipniklarni 
sirg‘anuvchi podshipniklar bilan almashtirish ham yaxshi natija beradi. Nasos, 
ventilyator kabi mashinalardagi past chastotalardagi titrashning hosil bo‘lishida 
ularning aylanuvchi qismlarining nomutanosibligi sabab bo‘ladi. Bu mashinalar 
katta tezlikda aylanganliklari sababli uncha katta bo‘lmagan nomutanosiblik ham 
katta titrash kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Titrashni kamaytirish nuqtai nazaridan mashinasozlik sanoatida konstruksiya 
detallari sifatida plastmassa, yog‘och, rezina materiallaridan foydalanish yaxshi 
natija beradi.
Shuning uchun ba’zi bir sekin yurar reduktorlarda metall tishli g‘ildiraklar 
o‘rniga 
tekstolitdan, 
kaprondan 
tayyorlangan 
tishli 
g‘ildiraklardan 
foydalanilmoqda. Bularning natajasi sifatida fundamentga titrashning o‘tishi 
etarlicha kamaytirilgan. Shuningdek plastmassa materiallaridan qirqish stanoklari 
uchun har xil yordamchi qurilmalar va konduktorlar, konduktor vtulkalari, 
podshipnik va qisish qurilmalarida keng foydalanilmoqda. 
Ba’zi bir hollarda bunday materiallardan foydalanish imkoniyati bo‘lmay 
qoladi. 
Bunda titrashni kamaytirish maqsadida har xil titrashga qarshi 
qoplamalardan foydalaniladi. Bunda asosan qoplamalarning deformatsiyalanishi 
natijasida ishqalanish energiyasi (shuningdek, titrash energiyasi) issiqlik 
energiyasiga o‘tishi natijasida titrash so‘ndiriladi. 
Bunday qoplamalar rezonans titrashi bo‘lgan holatlarda yaxshi natija berishi 
kuzatilgan. 
Moylovchi materiallar titrashni yaxshi so‘ndiradi. Masalan tishli 
g‘ildiraklarning moy vannalarida ishlashi titrashlarni keskin kamaytirishga olib 
keladi. Chunki bunday hollarda metall detallar oralig‘iga yopishgan moylovchi 


18 
moddalar ularning titrash tarqatishiga to‘sqinlik qiladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling