2. Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana19.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1213882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sovun2

 
 
 
 


10 
5.Texnologik ishlab chiqarish usullarini tanlash. 
Sovun spirtda, issiq suvda yaxshi eriydi va natriyli sovunlarga qaraganda 
kaliyli sovunlar yaxshi eriydi. Sovun molekulasidagi uglerod atomi sonini 
ko‘payishi, uning eruvchanligini kamayishiga olib keladi. Dietil efirida, benzinda, 
atsetonda sovun erimaydi. Tuyingan yog’ kislotalari sovunlariga nisbatan 
to‘yinmagan yog’ kislotalari sovunlari yaxshi eriydi va harorat oshganda 
eruvchanlik ortadi. Nordon sovunlar suvda qiyin eriydi, lekin qutbsiz 
erituvchilarda yaxshi erish qobiliyatiga ega. 
Qo‘llanilayotgan xomashyo, sovun turi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatiga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra, sovun pishirish turli usullarda olib boriladi. 
Ular bevosita va bilvosita asosiy usullar hisoblanadi. 
Bevosita usul yog’li aralashmalarni, ularga mos keluvchi soda mahsulotlari 
bilan neytrallab, sovun yelimi olishga asoslangan. Olingan sovun yelimi, yog’ 
kislotalari konsentratsiyasi va elektrolitlar miqdori bo‘yicha belgilangan texnik 
shartlar me’yorlariga mos bo‘lishi kerak. Bu usulda pishirilgan sovun qo‘shimcha 
jarayonlarsiz keyingi ishlov berishga yuboriladi. Yaxshi tozalangan yog’li 
xomashyolardan xo‘jalik sovuni pishirishda bevosita usul keng qo‘llaniladi. 
Bevosita usul bilan pishirilgan sovun yelimi elektrolit eritmalari bilan ishlanganda 
yoki uch fazaga ajralishi bilan boradigan usul bilvosita usul deyiladi. Tarkibida 
60-63% yog’ kislotalari bo‘lgan, sovun yadrosini tuzlash natijasida olingan sovun, 
bevosita usul bilan pishirilgan sovun kabi sovitiladi, quritiladi va unga mexanik 
ishlov beriladi.
Neytral yog‘larni sovunlantirish ishqorlar bilan amalga oshiriladi (NaOH, 
KOH). Neytral yog‘larni oddiy sharoitda karbonatli soda sovunlantirmaydi. 
Neytral yog‘larni sovunlantirganda ikkita reaksiya sodir bo‘ladi. Birinchi 
navbatda uchglitserid gidrolizlanib, glitserin va kislota, keyin yog‘ kislota ishqor 
bilan reaksiyaga kirishib, sovun va suv hosil bo‘ladi. 


11 
CH2OCOR CH2OH 


CHOCOR + 3H2O CHOH + 3RCOOH 


CH2OCOR CH2OH
RCOOH + NaOH RCOONa + H2O 
Sovunlanish reaksiyasi sekin boradi, chunki yog‘lar ishqorli suvda 
erimaydi, shuning uchun reaksiya tezligiga emulsiyalarni disperslanganligi ta’sir 
qiladi. 
Emulsiya dispersligini oshib borishi sovunlanish reaksiyasining tezligini 
20-30 marta ko‘paytiradi. Reaksiya muhitida sekin-asta sovun hosil bo‘lib borishi 
bilan yog‘ni konsentrlangan sovun eritmasida erishi ortadi, sovunlanish tezlashadi 
va reaksiya tezligi gomogen muhitdagi reaksiya tezligiga yaqinlashadi. 
. Emulsiyani boshlang‘ich dispersligiga qarab yog‘larni sovunlanish tezligini 
o‘zgarishi. 
1-emulsiyani sovunlanishi emulgatorda olib borilganda; 2-sun’iy olingan emulsiya; 
3-turboaralashtirgich bilan sovunlantirish; 4-qo‘lda aralashtirish 
Shunday qilib tutashish yuzasini kuchaytirish uchun, emulgator bo‘lishi 
kerak egri chiziqlardan ko‘rinib turibdiki, yog‘larni sovunlanishi, sovun eritmasida 
bir necha marta tezroq boradi. 


12 
Emulgator vazifasini, dastlabki davrda hosil bo‘lgan yoki qo‘shiladigan 
sovun bajaradi. 
Sovunlanish tezligi, sovunlanadigan massada 20 % va undan ko‘proq sovun 
hosil bo‘lganda judan ishlab chikarishda tezlashib ketadi. 
Sovun ishlab chikarishda davriy va uzluksiz usul qullaniladi.Loyixamizda 
biz uzluksiz usulni tanladik. Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usul bilan tayyorlash 
pishirish jarayoni davomiyligini 10 martagacha, bug‘ sarfini, ishlab chiqarish 
maydonini qisqartiradi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling