2. Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana19.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1213882
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sovun2




SOVUN SEXI 
Mundarija 
1.Kirish .................................................................................... 3
 
2.Xom ashyo maxsulotlarining tavsifi. ..................................... 5
 
3.Tayyor mahsulot tavsifi. ........................................................ 8
 
4.Texnologik ishlab chiqarish usullarini tanlash. ................... 10
 
5.Texnologik sxema bayoni. .................................................. 13
 
6.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish .......................... 14
 
7.Mehnatni muhofaza qilish ................................................... 16
 
8.Iqtisodiy asoslash ................................................................ 20
 
9.Xulosa ................................................................................. 25
 
10.ADABIYOTLAR .............................................................. 26
 
 
 



1.Kirish 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi tasdiqlandi. Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini 
amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni 
amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Ana shu ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish mustaqillikka erishgandan 
keyin jadal ravishda rivojlanib borayotgan em mahsulotlari ishlab chiqarish 
sanoati bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Yog‘-moy sanoatidagi istiqbolli rejalar – korxonalar ishlab chiqarish 
quvvatidan to‘liq foydalanishga erishish, mahsulot sifatini oshirish va 
assortimentini ko‘paytirish, shuningdek import mahsulotlarni qisqartirish, ya’ni 
ichki bozordagi yog‘-moy mahsulotlari turlariga bo‘lgan talabni ichki imkoniyatlar 
orqali qoplash va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan dasturlardan iborat. 
Jumladan, bugungi kunda ishlab chiqarish quvvatini meyorlashtirish maqsadida 
noan’anaviy moyli xomashyolarni etishtirish yo‘lga quyilmoqda. Hozirgi vaqtning 
o‘zidayoq maxsar va kungaboqar etishtirish ommaviy tus olishga ulgurdi. Undan 
tashqari chetdan moyli mahsulotlar emas, balki moyli xomashyolarni keltirib, 
respublikamizda qayta ishlash orqali mahsulotga aylantirish kengaymoqda.
Korxonalarni texnikaviy jixatdan kayta jixozlashda Krupp, Sket 



(Germaniya), «Alfa-Laval» (SHvetsiya ), «Jon Braun2», «Karver», «Kraun» 
(AKSH), «Matssoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya 
firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 
Xozirgi kunda xo‘jalik sovunlari 3 turda ya’ni 60%, 65%, 70% va 72% qilib 
ishlab chiqarilmoqda. Qattiq xo‘jalik sovunlari 250 gr va 400 gr og‘irlikda ishlab 
chiqariladi. Suyuq xo‘jalik sovunlari esa 40-60% yog‘ kislotalari miqdorida 
xo‘jalik va texnik maqsadlar uchun tayyorlanadi. Atir sovunda 73-80% yog‘ 
kislotalari mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda “Ekstra”, I, II, III guruh va bolalar sovuni 
(80%) ishlab chiqarilmoqda. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling