2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar


Download 42.38 Kb.
bet14/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Murakkab va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar. Murakkab sillogizmlar o‘z mazmuni bilan bog‘langan, ikki yoki undan ortiq sillogizmlardan tarkib topib, birining xulosasi ikkinchisi uchun asos hukm bo‘ladi. Murakkab sillogizm «polisillogizm» (ko‘p sonli sillogizm) deb ham yuritiladi.
Mantiq fanida ikki xil: progressiv va regressiv polisillogizmlar farqlanadi. Agar dastlabki sillogizmning xulosasi ikkinchi sillogizmning katta asosi bo‘lsa, bunday polisillogizm progressiv deyiladi. Shu o‘rinda aytish lozimki, polisillogizm tarkibidagi birinchi sillogizm «prosillogizm», keyingisi «episillogizm» deb ataladi. Demak, progressiv polisillogizmda prosillogizm xulosasi episillogizm uchun katta asos o‘rnida kelar ekan. Masalan,
«Barcha ijtimoiy xavfli harakatlar (A) jazolanadi» (V).
«Jinoyat (S) - ijtimoiy xavfli harakatdir» (A).
«Jinoyat (S) jazolanadi» (V).
«Pora berish (D) jinoyatdir» (S).
«pora berish (D) jazolanadi » (V).
Mazkur progressiv polisillogizmning sxematik tuzilishi quyidagicha ifodalanadi:
Barcha A - V dir.
S - A dir.
S - V dir.
D - S dir.
D - V dir.
Regressiv polisillogizm. Agar dastlabki sillogizmning (pro-sillogizmning) xulosasi, ikkinchi silogizm (episillogizm)ni kichik asosi bo‘lib kelsa, bunday polisillogizm «regressiv sillogizm» deyiladi.
Masalan, Barcha fuqarolar (A) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (V). (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-m.).
«Rahimov (S) - fuqaro» (A).
«Rahimov (S) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega (V).
«Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi (V) demokratik erkinlikdir» D).
«Rahimov (S) fikr yuritish va uni ifodalash erkinligiga ega» (V).
«Rahimov (A) demokratik erkinliklarga ega» (D).
Mazkur regressiv polisillogizmning sxematik tuzilishi quyidagicha ifodalanadi:
Barcha A - V dir.
S - A dir.
S - V dir.
V - D dir.
S - V dir.
S - D dir.
4. «Sorit»lar. Soritlar murakkab sillogizmning polisillogizmlardan tashkil topgan ko‘rinishidir. Progressiv va regressiv poli-sillogizmlar mantiqda qisqartirilgan shaklda «soritlar» deb yuritiladi. Sorit - yunoncha «sorites» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘da», «jamlangan» degan ma’noni anglatadi. Soritlarning ikki: progressiv va regressiv turlari mavjud.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling