2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) Bo‘ysunish munosabatidagi (A - I, e - O) hukmlarda
- 3. Sillogizm. Bilvosita xulosa chiqarish
Qisman mos munosabatdagi hukmlar (I - O)ni xulosalashda birining yolg‘onligidan boshqasining chinligi kelib chiqishi, ammo birining chinligidan boshqasining chinligi ham, yolg‘onligi ham kelib chiqishi yoki ikkisi ham chin bo‘lishi mumkin. Masalan:
I. «Ba’zi guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma berishdi» (chin). O. «Ba’zi guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma berishmadi» (chin yoki yolg‘on). Qisman mos munosabatdagi hukmlarni xulosalashda «chin, yolg‘onlik» ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin: 1yo - Och; Oyo - 1.ch; 1ch - O (ch. yoki yo.); Och -I (ch. yoki yo.). 4) Bo‘ysunish munosabatidagi (A - I, e - O) hukmlarda bo‘ysundirayotgan hukmning chinligidan bo‘ysunuvchi hukmning chinligi kelib chiqadi. Ammo bo‘ysunuvchi hukmning chinligi bo‘ysundiruvchi hukmning chinligini keltirib chiqarmasligi ham mumkin. Masalan, O. «Ayrim IIO xodimlari oliy ma’lumotga ega emas» (chin). E. «Hech bir IIO xodimi oliy ma’lumotga ega emas» (yolg‘on). Bo‘ysunish munosabatidagi hukmlarni xulosalashda «chin, yolg‘onlik» ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin: Ach -1ch; ech - Och; 1ch -(ch. yoki yo.); Och - e(ch. yoki yo.). 3. Sillogizm. Bilvosita xulosa chiqarish. Oddiy qat’iy sillogizm - bu vositali deduktiv xulosa chiqarishning muhim turlaridan biridir. «Sillogizm»1 yunoncha «syllogismos» so‘zidan olingan bo‘lib,«hisoblash»,«hisobga olish»,«xulosa chiqarish» degan ma’nolarni anglatadi. Ikki yoki undan ko‘p oddiy qat’iy hukmlar (asoslar)dan xulosa chiqarilishga «sillogizm» deb aytiladi. Hukmlarning aniq va ravshan, bir-biri bilan mantiqan bog‘langanligi hamda oddiy va qat’iyligi tufayli oddiy qat’iy (kategorik) sillogizm deyiladi. Oddiy qat’iy sillogizmning tarkibi uch qat’iy hukmlardan: ikki asos va bir xulosa, ya’ni uch termindan iborat bo‘ladi. Sillogizmning terminlari hukm atamalari «S» subyekt va «R» predikatdan farq qilib, katta, kichik va o‘rta terminlar bilan belgilanadi. Sillogizmning kichik termini (S) xulosa subyektidagi tushunchaga, katta termini (R) xulosa predikatidagi tushunchalarga to‘g‘ri keladi va «chekka terminlar» deb ham yuritiladi. Tarkibida kichik termin bo‘lgan hukm kichik asos, tarkibida katta termin bo‘lgan hukm esa katta asos deb ataladi. Sillogizmning har ikkala, katta va kichik asoslarini bog‘lovchi, lekin xulosada ishtirok etmaydigan tushuncha - o‘rta termin deb atalib, lotincha «M» harfi bilan belgilanadi. Masalan,Katta asos - «Barcha ommaviy axborot vositalarida (M) - senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» (R).Kichik asos - «Huquq» - jurnali (8) - ommaviy axborot vositasi» (M). Xulosa - ««Huquq» jurnalida (8) - senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» (R). Yuqoridagi misolda «Ommaviy axborot vositalari» tushunchalari o‘rta termin (M) bo‘lib, u xulosada qatnashmayapti, «senzuraga yo‘l ko‘yilmaydi» (R) katta hajmli termindir, chunki u xulosada predikat bo‘lib kelmoqda. «Huquq jurnali» (S) kichik hajmli tushuncha bo‘lib, xulosada subyekt maqomida kelmokda. Demak, katta termin qatnashgan hukm katta asos, kichik termin qatnashgan hukm kichik asosdir. Sillogizm asoslari muayyan ketma-ketlikda oldin katta asos, keyin kichik asos va xulosa tarzida keladi. Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling