2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet9/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Predikatga qarama-qarshi qo‘yish. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda hosil bo‘lgan natijadagi yangi hukmning subyekti o‘rnida hukmning predikatiga zid tushuncha, predikati o‘rnida esa asos hukmning subyekti keladi. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish mantiqiy usulini aylantirish va almashtirishning natijasi sifatida ko‘rish mumkin. Dastlab asos hukm
(S - R)ni aylantirish orqali (S - R emas) munosabatini aniqlaymiz va hosil bo‘lgan hukmdan almashtirish orqali (R emas - S dir) munosabatini aniqlaymiz.
Predikatga qarama-qarshi qo‘yish orqali hosil bo‘lgan xulosa asos hukmning miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘lib, unda A - e ga, e - I ga, O - I ga o‘zgaradi. Masalan,1) A. «Barcha jinoyatlar ijtimoiy xavflilik belgisiga ega bo‘lgan qilmishdir». E. Ijtimoiy xavflilik belgisiga ega bo‘lgan hech bir qilmish jinoyat hisoblanmaydi.
Barcha S - R dir.
Hech bir R emas - S emasdir.
2) E. «Hech bir mahkum saylash huquqiga ega emas».
I. «Saylash huquqiga ega bo‘lmaganlarning ba’zilari mahkumlardir».
Hech bir S - R emas.
Ba’zi R emas - S dir.
3) O. «Ba’zi guvohlar voyaga etmaganlardir».
I. Ba’zi voyaga etmaganlar guvohlardir.
Ba’zi S - R emas.
Ba’zi R emas - S dir.
Juz’iy tasdiq (I) hukmidan predikatga qarshi qo‘yish usuli orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki «Ba’zi S - R dir» (I) hukmini aylantirsak, «Ba’zi S - R emas»(O) hukmi kelib chiqadi. Ma’lumki, juz’iy inkor hukmidan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish. Mantiqiy kvadratga ko‘ra (A, e, I, O) qat’iy hukmlarni o‘rtasidagi munosabatning tabiatidan kelib chiqib, birining chinligidan ikkinchisining yolg‘on yoki chinligini keltirib chiqaruvchi xulosaga mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish deb aytiladi.
Zid munosabatdagi hukmlarda A - O , e - I uchinchisi mustasno qonuniga amal qilinib birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi yoki aksincha natija kelib chiqadi. Masalan,A. «Barcha insonlar mehnat qilish huquqiga ega» (chin).O.«Ba’zi insonlar mehnat qilish huquqiga ega emas» (yolg‘on).
Yoki boshqa bir misolni olib ko‘raylik: I.«Ba’zi talabalar sportchi» (chin). e. «Hech bir tinglovchi sportchi emas» (yolg‘on). Demak, zid munosabatdagi hukmlarning har ikkisi chin bo‘lmaydi, chunki ulardan biri albatta yolg‘on bo‘lishi kerak.: Ach - Oyo; Ayo - Och; ech - 1yo; eyo - 1ch (Bu erda chin - «ch», yolg‘on - «yo», deb belgilanmoqda).
Qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar (A-E)ni xulosalashda birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi kelib chiqadi, ammo birining yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi.
Masalan,A. «Barcha O‘zbekiston fuqarolari qonun oldida tengdirlar» (chin).
E. «Hech bir Uzbekiston fuqarosi qonun oldida teng emas» (yolg‘on).
Qarama-qarshi munosabatdagi hukmlarning o‘rtasidagi munosabat ziddiyatsizlik qonuniga bo‘ysunadi va «chin, yolg‘onlik» ketmaketligi quyidagicha ifodalanadi:
Ach - eyo ; ech - Ayo ; Ayo - e (ch. yoki yo.); eyo - A (ch. yoki yo.).

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling