2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Termin (atama)lar qoidalari. 1-qoida.
- Asoslarga oid qoidalar. 1-qoida.
Qat’iy sillogizm qoidalari. Qat’iy sillogizm fikrlash jarayonida ko‘p uchraydi. Sillogizmda har doim ham chin asoslardan chin xulosa kelib chiqmaydi. Chin xulosani olish uchun asoslarning chinligi yetarli bo‘lmasdan, sillogizm qoidalariga amal kilish ham lozim bo‘ladi. Uch qoida terminlarga, to‘rt qoida asoslarga nisbatan mavjud bo‘lib, ularga amal qilish chin xulosalar olish imkoniyatini beradi.
1.Termin (atama)lar qoidalari. 1-qoida. Har bir sillogizmda faqat uch termin S , R, M bo‘lishi lozim. Agar muhokama ikki yoki to‘rt termindan iborat bo‘lsa, u sillogizm bo‘la olmaydi. Masalan, «Hayot abadiy». «Ahmad hayot kechirmoqda». «Ahmad abadiy». Bu xulosa xato va mantiqsizdir, sababi o‘rta termin, ya’ni «hayot» tushunchasining ikki ma’noda qo‘llanishidir. Birinchi hukmda «hayot» tushunchasi umuman tiriklik ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, ikkinchi hukmda «hayot» konkret bir insonning cheklanmagan umr kechirishi ma’nosida ishlatilmoqda. Bu xato sillogizmda «terminlarni to‘rtlashtirish» deyiladi. Chunki «hayot» termini ikki hukmda ikki xil ma’nodagi tushuncha, ya’ni ikkita termin bo‘lib kelmoqda. 2-qoida.O‘rta termin (M) asoslarning birida, albatta, taqsimlangan bo‘lishi kerak. Masalan, «Barcha sudyalar (R) oliy ma’lumotli» (M). «Ahmedov (S) oliy ma’lumotli» (M). «Ahmedov (S) sudya» (R) . Bu holda «Ahmedov sudya» degan xulosani chiqarib bo‘lmaydi. Ahmedov sudya bo‘lmasligi ham mumkin. Bu misolda har ikkala asos to‘la hajmda olinmagan, ya’ni taqsimlanmagan. 3-qoida. Asoslarda taqsimlanmagan termin xulosada ham taqsimlanmaydi. Masalan, «Hamma tergovchilar (M) oliy ma’lumotli» (R). «Salimov (8) tergovchi emas» (M).«Salimov (8) oliy ma’lumotli» (R). Noto‘g‘ri xulosa chiqarilgan. Katta termin taqsimlanmagan. Salimov oliy ma’lumotli bo‘lishi (S) yoki bo‘lmasligi (S) ham mumkin. Asoslarga oid qoidalar. 1-qoida.Ikkita inkor asos hukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan, «Akademiyaning talabalari fizika fanini o‘qimaydilar». «Ahmedov Akademiya tinglovchisi emas». Bu hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi, chunki har ikki asos ham inkoriy sifatga ega bo‘lib, bunda xulosadagi fikr noaniq bo‘ladi. 2-qoida.Agar asos hukmlardan biri inkor hukm bo‘lsa, xulosa ham inkor hukm bo‘lib keladi. Masalan, «Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi». «Fuqaro S. ayblanuvchi emas». «Fuqaro S.ga himoyalanish huquqi kerak emas». 3-qoida. Ikki juz’iy asos hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sportchi»..«Ba’zi talabalar a’lochi». Bu hukmlardan xulosa kelib chiqmaydi, chunki o‘rta termin «ba’zi talabalar» o‘zining bog‘lovchi vazifasini bajara olmayapti. 4-qoida.Asos hukmlardan biri juz’iy bo‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo‘ladi. Masalan, «Barcha aybdorlar jazolanishi lozim».«Ba’zi odamlar - aybdor».«Ba’zi odamlar jazolanishi lozim». Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling