2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 42.38 Kb.
bet19/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
16-mavzu

Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi. Bu metodning mohiyati shundaki, bir voqeaning o‘zgarishi, boshqa voqeaning o‘zgarishiga olib kelsa, avvalgisi keyingisi uchun sabab bo‘ladi. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi bo‘yicha chiqarilgan xulosalar ko‘pincha ehtimoliy xarakterga egadir. Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodining mohiyatini quyidagi formula orqali berish mumkin: AVS hodisasi ro‘y berganda, a hodisasi ro‘y beradi. AIVS hodisasi ro‘y berganda, AI hodisasi ro‘y beradi. Demak, A holati a hodisasining sababidir. Masalan, aholi o‘rtasida olib borilgan tarbiyaviy ishlar bilan ba’zida sodir bo‘ladigan jinoiy ishlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish bor. Tarbiyaviy ishlar kuchaytirilsa, jinoiy ishlar nisbatan kamayadi. Tarbiyaviy ishlarning kuchaytirilishi sabab bo‘lib, jinoiy ishlarning kamayishi natijadir.
Qoldiqlar metodi. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, hodisaning bir qismi aniqlangan sababning natijasi bo‘lsa, ikkinchi qismi hali aniqlanmagan sababning natijasi bo‘ladi, deb xulosa chiqariladi. Qoldiqlar metodining mohiyatini quyidagi formula orqali berish mumkin: AV hodisasi natijasida av hodisasi ro‘y berganligi ma’lum, v hodisasi V ning natijasi bo‘lsa, a hodisasi A ning natijasi bo‘lsa kerak.
Sababiy bog‘liq hodisalarni o‘rganishda yuqorida ko‘rsatilgan metodlarning bir nechtasidan foydalanish mumkin.
7. Analogiya. Analogiya shunday xulosa chiqarish turiki, unda narsaga ma’lum bir belgining xosligi haqidagi xulosa shu narsaning boshqa narsa bilan muhim xossalariga ko‘ra o‘xshashligiga asoslanib chiqariladi. Misol qilib quyidagini keltirish mumkin. yer va quyosh qator muhim xususiyatlariga ko‘ra o‘xshash:
- ular bir planetalar sistemasiga kiruvchi osmon jismlari;
- ikkalasi ham harakatda;
- kimyoviy tarkibi o‘xshash (yerda mavjud kimyoviy elementlar spektral analiz yordamida Quyoshda ham topilgan). Mana shu o‘xshashlikka asoslanib olimlar Quyoshda topilgan yangi element (geliy) erda ham bo‘lishi kerak, degan xulosaga kelganlar.
Analogiya yo‘li bilan olingan bu xulosaning chinligi ko‘p o‘tmay tasdiqlandi. Yerda ham geliy elementi topildi. Agar o‘xshatilayotgan narsalarni A va V, ularning belgilarini a, v, s, a deb belgilasak, unda yuqoridagi xulosa chiqarishning strukturasini quyidagi sxema tarzida ko‘rsatish mumkin.
A narsa a,v,s, a belgilariga ega.
V narsa a,v,s, a belgilariga ega
Ehtimol, V narsa ham a belgisiga egadir.
Mazkur sxema analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning tipik sxemasidir.
Analogiyada bir narsa haqidagi bilim shunga o‘xshash boshqa narsa haqidagi bilimdan xulosa tarzida keltirib chiqariladi, ya’ni fikrimiz juz’iy bilimdan juz’iy bilimga qarab harakat qiladi. Bu xulosa induktiv yo‘l bilan olingan xulosa singari ehtimol tarzida bo‘ladi.
Analogiya narsalar, ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarga tayanadi, ya’ni u o‘zining obyektiv asosiga ega. Analogiyaning bir qancha turlari mavjud. O‘xshatilayotgan obyektlarning xarakteriga qarab, xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi farq qilinadi. Yuqoridagi Yer va Quyosh o‘xshashligi bo‘yicha chiqarilgan xulosa xususiyat analogiyasiga taalluqlidir. Bunda ikkita narsa o‘xshatilib, biridan ikkinchisiga fikran birorta xususiyat ko‘chiriladi. Munosabat analogiyasida esa ikki juft narsalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘xshatilib ko‘chiriladigan belgi shu munosabatlarning xossasidir. Misol qilib Rezerfordning atom tuzilishining planetar modeli haqidagi xulosasini keltirish mumkin. Bu xulosa Quyosh va Planetalar o‘rtasidagi munosabatning atom yadrosi va elektronlar o‘rtasidagi munosabatlarga o‘xshatilish natijasida hosil qilingan.
Mantiqda yana xulosaning aniqlik darajasiga qarab, qat’iy analogiya, qat’iy bo‘lmagan analogiya va xato analogiyalar ajratiladi. Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini, ya’ni chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun ma’lum bir shartlarga rioya qilish lozim: taqqoslanayotgan narsalarning iloji boricha ko‘proq o‘xshash belgilari aniqlanishi lozim; bu umumiy, o‘xshash belgilar narsalar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak; bir narsadan ikkinchi narsaga fikran ko‘chirilayotgan belgi qolgan belgilar bilan zaruriy aloqada bo‘lishi lozim; taqqoslanayotgan narsalarning bir- biridan farq qildirib turadigan belgilar hisobga olinishi lozim.
Analogiya bilish va amaliy faoliyatimizda katta ahamiyatga ega. U modellashtirishning asosini tashkil qiladi. Uning yordamida ko‘p kashfiyotlar qilingan. Xususan, inson miyasi va ba’zi fizik jarayonlardagi in’ikosining o‘xshashligini aniqlash kibernetik qurilmalarni yaratishga olib kelgan.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling