2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar


Hukmda ifodalangan fikr bir emas, bir nechta buyumga taalluqli bo‘lsa, bu holda u juz’iy hukm deb ataladi


Download 42.38 Kb.
bet4/21
Sana26.10.2023
Hajmi42.38 Kb.
#1724054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
16-mavzu

Hukmda ifodalangan fikr bir emas, bir nechta buyumga taalluqli bo‘lsa, bu holda u juz’iy hukm deb ataladi. Masalan: «Ba’zi jinoyatlar ehtiyosizlik orqali sodir etilgan jinoyatlardir», deyilsa unda predikatda hukm buyumi maqomidagi jinoyatlarning barchasiga oid muhokama yuritilmay, balki ularning alohida juz’iy qismigagina xos fikr yuritilmoqda. Juz’iy hukmning formulasi: ba’zi «S - R»dir.
Agar predikatda ifodalangan fikr subyekt buyumlarining barchasiga oid bo‘lsa, unda mazkur hukm «umumiy hukm» deb ataladi. Masalan, «OO‘YU xodimlarining barchasi dam olish huquqiga egadir». Uning formulasi: «Hamma S - R»dir.
Sodda hukmlar sifatiga ko‘ra tasdiq yoki inkor hukmlarga bo‘linadi.Tasdiq hukmdagi subyekt buyumiga xos xususiyat predikatda ifodalangan fikrning vositasida e’tirof etiladi. Masalan, «O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi mustaqil davlat», degan hukmda O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatning belgisi taalluqliligi uqtiriladi.
Inkor hukmda esa hukm subyektiga tegishli sifatlar inkor etiladi. Masalan, «Demokratik davlatda qonunlar xalq irodasidan tashqari bo‘lmaydi», - degan hukmda ham subyektga xos bo‘lgan xususiyat inkor etilyapti. Inkor hukm «emas», «yo‘q», «ma» shakli orqali ifodalanadi.
4. Sodda hukmlarning sifat va miqdor jihatdan tasnifi. Hukmlar sifat jihatdan tasdiq va inkor, miqdor jihatdan esa yakka, juz’iy hamda umumiy turlarga bo‘linadi. Tasdiq va inkor hukmlar yakka, juz’iy va umumiyga bo‘linishi mumkin va aksincha, yakka, juz’iy va umumiy hukmlar ham tasdiq va inkor hukmlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, mantiqda hukmlarning sifat va miqdor jihatidan to‘rt turi tasnif etiladi. Bular:
1) umumiy tasdiq hukmi;
2) juz’iy tasdiq hukmi;
3) umumiy inkor hukmi;
4) juz’iy inkor hukmi.
Bu hukmlarni qisqacha bayon etish va qo‘llashni osonlashtirish maqsadida ko‘pincha ularni ifodalashda lotin tilidagi «A», «I», «E», «O» harflaridan foydalaniladi.
Umumiy tasdiq - A (lotin tilidagi « A» - tasdiqlayman, so‘zining birinchi unli harfi);
Juz’iy tasdiq - I ( lotin tilidagi « I » - so‘zining ikkinchi unli harfi);
Umumiy inkor - e (lotincha «E» - inkor qilaman, so‘zining birinchi unli harfi);
Juz’iy inkor - O («O» so‘zining ikkinchi unli harfi).
Umumiy tasdiq - «A» (miqdor jihatidan umumiy, sifat jihatidan tasdiq). Masalan, «Hamma o‘qituvchilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilardir». Uning formulasi: Hamma S - R dir.
Juz’iy tasdiq - «I» (miqdor jihatidan qisman, sifat jihatidan tasdiq). Masalan, «Ba’zi kishilar noyob qobiliyatning sohiblaridir». Uning formulasi: Ba’zi S-R dir.
Umumiy inkor - «E» (miqdor jihatidan umumiy, sifat jihatidan inkor). Masalan, «Hech bir jinoyat sababsiz vujudga kelmaydi». Uning formulasi: Hech bir S-R emas.
Juz’iy inkor - «O» (miqdor jihatidan qisman, sifat jihatidan inkor). Masalan, «Ba’zi talabalar a’lochi emas». Uning formulasi: Ba’zi S - R emas. Hukmlarda terminlarning (atamalarning) taqsimlanishi. Sodda hukmlardagi tushunchalar «atamalar» deb aytiladi. Atamalar bu - hukmdagi subyekt va predikatlardir.
Hukmlarda atamalarning taqsimlanishi, deganimizda mazkur hukmlarda subyekt «S» bilan predikatning «R» hajmlari o‘rtasidagi munosabat tushuniladi, ya’ni S ning hajm jihatidan qanchalik ekanligini nazarda tutiladi.
Hukmda subyekt va predikat o‘zlari ifodalangan narsalar yoki hodisalarning hammasini aks ettirishsa va ular hajm jihatidan to‘liq olingan bo‘lsa, hukmda terminlar taqsimlangan, deyiladi. Aksincha, hukmda subyekt va predikat o‘zlari ifodalangan narsa yoki hodisalarning bir qismini aks ettirishsa, bunday hukmlarda terminlar taqsimlanmagan, deyiladi. Mantiq ilmida hukm atamalarining taqsimlanishini «+», taqsimlanmasligini esa «-» deb, belgilash qabul qilingan.

Download 42.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling