2. yangicha tafakkur va dunyo qarashlar


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 37.82 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1608205
1   2   3   4
Bog'liq
umid kurs iwi

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Mazkur kurs ishidan asosiy maqsad bugungi axborot asrida ma’nan barkamol, ruhan sog’lom yosh avlodni tarbiyalash, yosh avlod ongining zaharlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu bilan birga o‘sib kelayotgan yosh avlodga Vatan tuyg‘usi hissini singdirishga qaratilgan
Kurs ishining amaliy ahamiyati.Kurs ishining nazariy va amaliy natijalaridan maktab, akademik litsey, kollejlardagi Milliy istiqlol g‘oyasi fanlarida foydalanish mumkin. Mustaqil ish yoki taqdimotlar tayyorlashda mazkur Kurs ishi qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi.
Kurs ishining tarkibi va hajmi: Kurs ish kirish, bob, 3 ta reja xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat

1.BARKAMOL AVLODNING SHAKILLANISHI,UNGA XOS XUSUSIYATLAR.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari ustuvor bo’lgan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish orqali ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo milliy mafkuramizning asosiy maqsadidir. Komil va barkamol insonlar millat, jamiyat va davlat taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Inson kamolotida jismoniy va ma‟naviy go‟zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog’lom bo‟lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Komillikning yana bir jihati Vatanga, millatga, elu-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. O’zbekiston yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz merosi-ga hurmat, unga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o’rganish va keng targ’ib etishga qaratilgan mazmundor, ta’sirchan loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko’rsatishi nur ustiga nur bo‟lur edi, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik, o’zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko’z qorachig’idek asrash, yosh avlod o’rtasida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishda O’zbekiston yoshlar ittifoqi o’zining mustahkam o’rniga ega bo’lishi lozim Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Lug’atlarda Komil so’zi to’liq, yetuk, mukammal ma’nolarini, “barkamol” esa yetuklikka erishgan, mukammal, kamol topgan, bekamu-ko’st degan ma’nolarni berishi aytiladi. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma‟naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Maktab, ta’lim- tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llabquvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. “Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa-taraqqiyotning kafolatidir”.1
Yoshlarimizga munosib ta‟lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy o’quv yurtlarining moddiytexnika bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabda kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgnan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish bugungi kundagi dolzarb masaladir. Komil inson tarbiyasi ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi. Milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh
avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat. “Bugungi kunda farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo‘lishlari shart”.2 Bugungi zamonning komil insonlariga xos bo‟lgan fazilatlar quyidagilardan iboratdir: yuksak salohiyatli, ma’naviy uyg’oq, or-nomusli, uyat va andishali, sharmu hayoli, iboli va iffatli, sobitqadam, shijoatli, diniy qadriyatlarni biluvchi, savob ishlarni ko’p qiladigan, tariximiz, madaniyatimiz, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur biluvchi,Vatanga sodiq, milliy g’ururli, yuksak ma’naviyatli, yangicha fikrlovchi, shijoat, azmu qaror va o’ktamlikka ega, fidoyi, yuksak huquqiy madaniyatli, jahon tarixi va madaniyati yut qlarini chuqur o’rgangan, mard, tashabbuskor, el yurt tashvishini zimmasiga oladigan, daxldor, iymonli-e’tiqodli, o’z haq-huquqini bilib, himoya qila oluvchi, mustaqilligimizni ko’z qorachig’iday asrab-avaylovchi, himoyalovchi, saxiy, o’z mustaqil fikriga ega, mehr-oqibatli, g’oyaviy va mafkuraviy ta’sirlarga qarshi tura oladigan, o’tganlarni xotirlab, tiriklarni qadrlovchi, qisqa fursatlarda erishgan yutuqlarimizni davom ettirishga qodir, bilimli va iste’dodli, mehnatsevar, tadbirkor va yangilikni tez ilg’aydigan, g’ayrat-shijoatli, irodali, qat’iyatli, sabot-matonatli, jasur, faol, zamonaviy, yuksak texnologiyalarni o’zlashtirgan, sog’lom turmush tarziga intiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topgan, ogoh, hushyor, munosib daromad topuvchi, yuqori malakali, mas’uliyatli, yetuk mutaxassis bo’lgan fuqarolar o’zlarining faoliyatida barkamollik fazilatlarini namoyon etadilar.

Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling