2. yuridik shað¥slarni soliqqa ð¢ORТish pdf


Download 119.13 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi119.13 Kb.
#1061797
1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL SOLIQ

2.1- Rasm. Soliqlarning guruhlanishi



Umumdavlat soliqlar:

  1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

  2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  4. aksiz solig‘i;

  5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

  6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:

  1. ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

-yagona ijtimoiy to‘lov;
-fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
-byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  1. Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

-Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
-Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
-Byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-
hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;

  1. davlat boji;

  2. bojxona to‘lovlari;

Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:

  1. mol-mulk solig‘i;

  2. yer solig‘i;

  3. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

  4. transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  5. ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan soliqlari:

  1. yagona soliq to‘lovi;

  2. yagona yer solig‘i;

  3. tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.

Soddalashtirilgan soliq tizimi yangi Soliq kodeksining 20-bo‘limi 55-58-boblari xamda 348-375-moddalarda o‘z aksini topgan. Soddalashtirilgan soliq tizimi 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganiladi (2.2-rasm):






  1. Rasm. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan soliqlar4

Yagona soliq to‘lovining obyekti yalpi tushum, yagona yer solig‘ini obyekti yerning normativ qiymati xamda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliq uchun obyekti fizik ko‘rsatkich birligiga har oyda qat’iy belgilangan soliq stavkasi (eng kam ish haqiga birlik uchun karrali miqdorlarda) hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi. Solqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha stavkalar

yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 5116-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.
Darhaqiqat, istiqlol yillarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 45 foizdan 7,5 foizga, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 30 foizdan 20 foizga, kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 foizdan 5 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov 40 foizdan 25 foizga, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda fermer xo‘jaliklariga 15 foizga pasaytirildi. Natijada, umumiy soliq yuki deyarli ikki barobarga kamayib 2016-yilda 20 foizni tashkil etib, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi.
Ta’kidlash joizki, Jahon banki tomonidan e’lon qilingan «Biznes yuritish» reytingida O‘zbekiston faqat bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87-o‘rinni egallagani, shuningdek, keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.Yuridik shaxslar davlat byudjeti daromadini shakllantirishda asosiy o‘rinni tutishi bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda yetakchi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan soha hisoblanadi.

Download 119.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling