2. yuridik shað¥slarni soliqqa ð¢ORТish pdf
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Download 119.13 Kb.
|
MUSTAQIL SOLIQ
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Prezident qarori bilan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan buyon soliq bazasini aniqlashda so‘nggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos bo‘ladi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu O‘zbekiston prezidentining 15 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirildi, biroq binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kvadrat metr uchun belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etildi. Bu narxlar hududlar bo‘yicha quyidagicha: Toshkent shahrida — 2,5 mln so‘m; Nukus va viloyat markazlarida — 1,5 mln so‘m; boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 1 mln so‘m. Soliq to‘lovchilarga yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlarining 1 kvadrat metri uchun belgilangan minimal miqdor ularning qiymatidan baland bo‘lgan hollarda, ko‘chmas mulk qiymatini baholash uchun baholovchilarni jalb qilish vakolati berildi. Mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq bazasini aniqlashda so‘nggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos bo‘ladi. Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi (Soliq kodeksining 412-moddasi) endi minoralar, ko‘priklar (estakadalar), rezervuarlar (o‘t o‘chirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar) uchun qo‘llanilmaydi. Download 119.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling