2. yuridik shað¥slarni soliqqa ð¢ORТish pdf


Download 119.13 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi119.13 Kb.
#1061797
  1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL SOLIQ

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Mavzu: Yuridik shaxslardan olinadigan mol- mulk

solig‘i va uning o‘ziga xos xususiyatlari.







Reja:








1. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish
2. Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
3. Yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘ining o’ziga xos xususiyatlari






Yuridik shaxslar davlat byudjeti daromadini shakllantirishda asosiy o‘rinni tutishi bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda yetakchi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan soha hisoblanadi.Mazkur darslik “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarning iqtisodiy bilimilarini va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir. Darslik o‘n sakkiz bobdan iborat bo‘lib, “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanini o‘qitishda fanining predmeti, vazifalari va maqsadi, yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash mexanizmi, soliq hisobotlarini to‘ldirish va taqdim etish muddatlari, soliq imtiyozlari va preferensiyalar, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi, soliq tushumlarining davlat byudjetida tutgan o‘rni tahlili, yuridik shaxslarni soliqqa tortish muammolari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilim berish kabi masalalarni qamrab olgan.Shuningdek, darslikni tayyorlashda mamlakatmizda byudjet- soliq siyosati asosiy yo‘nalishlarining mazmun va mohiyati, soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks etirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa sohaga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanilgan.

Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ham zarurdir.Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, uning maxsus bo‘limi, ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi.Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul munosabatlarini o‘rgatadi.Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fani davlat byudjeti fani bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Chunki soliqlar oxir oqibatda byudjet daromadlarini shakllantiradi. Soliqlar (daromadlar) bo‘lmasa byudjet munosabatlarining o‘zi bo‘lmaydi. Bu fan soliq statistikasi va prognozi, soliq tarihi va nazariyasi, chet mamlakatlar soliq tizimi, moliyaviy hisob, soliq mamurchiligi asoslari fanlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.Har qanday fan o‘zining predmetiga, ya’ni izlanish obyek- tiga ega bo‘ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‘lib kimyoviy moddalarning tarkibini o‘rganish hisoblansa, mash- inasozlik fani uchun mashinalar mexanizmini xarakteristikasi bo‘lsa, Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti soliq munosabatlarini (harakatini), soliqlar mexanizmini har tomon- lama o‘rganishdan iboratdir.Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanining predmeti - yuri­dik shaxslar to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni davlat byudjetiga undirish jarayonida sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.Shuningdek, fanning predmeti soliq voqeliklari pul munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi (soliq oluvchi) davlat o‘rtasidagi munosabatlardir. Fanning mohiyati shu o‘rtadagi munosabatni chuqur o‘rganish, ularni to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. To‘g‘ri tashkil etish deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatini e’tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlik va insoflik tamoyiliga amal qilishi zarur. Tushunarliroq qilib aytsak, byudjetga soliqlarni olishda soliq to‘lovchilar bo‘yniga ortiqcha og‘irlik osmaslik, ularni o‘z ishlab chiqarishidan manfaatdorligini so‘ndirib qo‘ymaslik, ularning dasturlari va rejalarini tez-tez o‘zgartirishga olib bormaslik va hokazolarga e’tibor berish ko‘zda tutiladi. Bu yerda tomonlarning do‘stona munosabatda bo‘lishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos iqtisodiy munosabatlar bo‘lishini o‘rgatadi. Fanning predmetini chuqur o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, munosabatlarda bir tomonlama zo‘ravonlik munosabati bo‘lguday bo‘lsa, ikkinchi tomon unga javoban o‘z daromadlari, boshqa soliq obyektlarini har xil yo‘llar bilan yashiradi. Bunday hollarda har qanday huquqiy hujjatlarning ham kuchi yetmay qolishi mumkin. Daromadlarni, soliq obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Demak, yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini chuqur o‘rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli bajarish vazifasiga ham erishish mumkin.Yuridik shaxslarni soliqqa tortish fanini quyidagi vazifalarga ega:
-yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlarini o‘rganish;
-yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash
mexanizmi hamda
byudjetga to‘lash tartibini o‘rganish;
yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlarni davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘ini taxlil
qilish va o‘rganish;
yuridik shaxslarnei soliqqa tortishning xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va
taqqoslash;
yuridik shaxslarni soliqqa tortishning nazariy, xuquqiy va iqtisodiy asoslarini o‘rganish
va h.k.
Interaktiv xizmatlar ko‘rsatishdan maqsad, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy
davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar
bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi,
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng
foydalanishini taminlashdan iboratdir.Hozirgi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv xizmat turlari joriy etilgan va ular rasmiy www.soliq.uz web portalida joylashtirilgan.Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan joriy etilgan interaktiv xizmatlardan foydalanish uchun barcha soliq to‘lovchilarga keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratilgan.O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2011- yil 2-maydagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 125-sonli qaroriga ko‘ra, «Davlat soliq xizmati organlarining yagona malumotlar bazasini yaratish va soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari” tasdiqlandi. Belgilangan vazifalarning davlat soliq xizmati organlari tomonidan to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash bo‘yicha, Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 7-maydagi 128-sonli buyrug‘i bilan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan, davlat soliq xizmati organlarining yagona malumotlar bazasini yaratish, moliyaviy, soliq hisobotlari va soliq majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa malumotlarni davlat soliq xizmati organlariga elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etish tizimini takomillashtirish, moliyaviy va soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etish va qabul qilish bo‘yicha dasturiy mahsullarni takomillashtirish, avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etishning afzalliklarini keng yoritish hamda davlat soliq xizmati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1843-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida quyidagilar belgilab berildi:
Axborot-tahlil bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab
berildi;
soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot- resurs bazasini shakllantirish
bosqichlari ko‘rsatib o‘tildi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan
tuzilmasi, davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo
bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning
ro‘yxati tasdiqlandi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga mazkur qaror bilan yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Axborot- tahlil bosh boshqarmasining yangi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash yuklatildi;
Adliya vazirligi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish hamda idoraviy normativ hujjatlami ushbu qarorga muvofiqlashtirish vazifalari yuklatildi.Ushbu qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga
to‘lovlarni tahlil etish va prognoz qilish;
soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va to‘langan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, ular bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash;
soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishini kameral nazorat qilish, shuningdek DSX idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosini nazorat qilish uchun axborot taminoti;
soliq to‘lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq ma'muriyatchiligi jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar o‘rtasida, jumladan aloqa kanallari orqali elektron axborot almashinuvini tashkil etish;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
axborot xavfsizligini taminlash hamda mavjud malumotlarni himoya qilish choralarini ko‘rish.Tadbirkorlik subyektlarini murojaat etish joyi va usulidan qat’i nazar, «yagona darcha» markazlari orqali davlat xizmat­larini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi hamda O‘zbekiston Res- publikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidan foyda- lanilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2015-yil 28-sentyabrdagi PQ-2412- son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-sonli qarori qabul qilindi Mazkur qarorga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatining namunaviy pasporti.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va oshkoraligini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda joylarda xalq bilan bevosita muloqotning samaradorligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2750-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq:
tuman va shaharlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazildi;
banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish «yagona darcha» markazlari zimmasiga yuklatildi;O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «yagona darcha» markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan boshlab «yagona darcha» markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog‘oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.

  1. yilning I choragidan ishga tushiriladigan «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi:

  • tegishli davlat organiga bormasdan turib, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga;

  • ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga;

  • «yagona darcha» markazlari orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari bo‘yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidag

arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni va natijasini, qaerda va qay tarzda murojaat
etganidan qat’iy nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktyabrdagi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-2646-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibi avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqish va joriy etish, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) integratsiyalashgan Internet tarmog‘idagi Tizim orqali kechayu-kunduz o‘tkazish va hisobga qo‘yish ta’minlanishi belgilangan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga muvofiq, “Tad- birkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va davlat boji miqdorlari belgilandi. Internet orqali tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestridan ma’lumotlar berilganligi uchun undiriladigan amaldagi davlat bojlari miqdori 50 foiz miqdorida kamaytiriladi.Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi. Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.Malumki soliq siyosatida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 2007- yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan yangi Soliq kodeksi qabul qilindi xamda 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi 2 ta (umumiy va maxsus) qism, 21 bo‘lim, 64 bob va 392 ta moddadan iboratdir.2008-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliqlarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Soliqlar - deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi».Boshqa majburiy to‘lovlar deganda ushbu kodeksda belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar

  2. Daromaddan olinadigan soliqlar

  3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar

  4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

O‘zbekiston Respublikasi byudjeti - Respublika byudjeti va
mahalliy byudjetga bo‘linadi. Davlat byudjeti daromadlari Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan quyidagi soliqlar asosida shakllantiriladi.



Download 119.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling