2. Yuvish vositalari va uslublari. Yuvish tozalash qurilmalari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlarining axamiyati. Detallardagi ifloslik turlari va ularning tabiati
3-MAVZU. TRANSPORT VOSITALARI DETALLARINI YUVISH VA TOZALASH ISHLARI. Reja. 1. Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlarining axamiyati. Detallardagi ifloslik turlari va tabiyatlari. 2. Yuvish vositalari va uslublari. 3. Yuvish - tozalash qurilmalari. Tayanch so‘z va iboralar. Yuk zarrachalari, moy va moylash materiallarining zarralari, cho‘kindilar va lak pardalari, kuyindi, korroziya elementlari, eski lak-bo‘yoq qoplamalari, qasmoq, abraziv va metall zarrachalari,ifloslanish turlari,kaustik soda,kalsinatsiyalangan soda. 1. Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlarining axamiyati. Detallardagi ifloslik turlari va ularning tabiati. Mashina va detallarini tozalash juda muhim texnologik jarayon bo‘lib, ishlab chiqarish madaniyatiga,ish unumi va mashinalar ta’miri sifatiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bu jarayonga oid ish xajmi va xarajatlar miqdorini tasavvur qilish uchun ishlatish va ta’mirlash vaqtida har yili 6-7 yilda ishlab chiqariladigan mashinalar soniga teng mashinalar tozalanishini aytish kifoya. Detallar, asosan, yonilg‘i va moyning yonish qoldiqlari, abraziv va metall zarrachalari, biologik qoldiqlar bilan ifloslanadi. Avtomobillar va ularning detallarini yog‘li iflosliklardan tozalash murakkab fizik-kimyoviy jarayon hisoblanadi. Odatda, detallarni tozalash uchun ko‘p tarkibli maxsus, 80— 90°C temperaturagacha isitilgan yuvuvchi tarkiblardan foydalaniladi. Mineral moylar, smolalar, kuyindilar va boshqa shunga o‘xshash iflosliklar suvda yomon ho‘llanadi, shuning uchun ham yuvuvchi eritma tarkibiga ishqor va sirt faolligi yuqori bo‘lgan maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi. Avtomobil detallarini tozalash va yog‘sizlantirishdan asosiy maqsad ularning sirtidagi moy pardasini boshqa iflosliklar bilan birgalikda tozalashdan iborat. Buning uchun yuvishda qo‘llaniladigan eritmalarga, moy pardasini g‘ovaklash va yirtish, moy zarrachalarini detal sirtidagi iflosliklar bilan birgalikda ajratish hamda ajratib olingan zarrachalarni detallarga qaytadan yopishishiga qarshilik qiluvchi yuqori darajadagi sirt faol moddalar aralashtirish zarur. Tekshirishlar natijasida zamonaviy mashinalar detallarining sirtlari yaxshi tozalanmaganda ularning resursi 20-50 % ga kamayishi aniqlandi. Barcha iflosliklarni butunlay tozalash detallarni yaroqli – yaroqsizga ajratish, tiklash sifatini ko‘p darajada oshiradi; brak sodir bo‘lishini kamaytiradi va qismlarga ajratish hamda operatsiyalarda ish unumini 6-8% ga oshiradi. Detallarning ifloslanish manbalariga quyidagilar kiradi: yo‘l-tuproq qatlamlari, tashiladigan yuk zarrachalari, moy va moylash materiallarining zarralari, cho‘kindilar va lak pardalari, kuyindi, korroziya elementlari, eski lak-bo‘yoq qoplamalari, qasmoq, abraziv va metall zarrachalari. Yo‘l- tuproq qatlamida chang, loy, o‘simlik qoldiqlari va zaxarli kimyoviy moddalar bo‘ladi. Moylash materiallari qoldiqlari mexanizmlarga moylab o‘tkazilgan mashina detallarida bo‘ladi. Bu iflosliklarning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, ularni ketkazish ancha qiyin. Atrof-muhit ta’sirida moylash materiallarini qoldiqlari oksidlanadi va parchalanadi, natijada ularning detallar sirtiga yopishishi kuchayadi. Cho‘kindilar – bular moysimon massa bo‘lib, moy va yonilg‘ining oksidlanish mahsulotlaridan, qurum, chang, suv, yeyilish zarralaridan hosil bo‘ladi va moy naychalari hamda ifloslik tutkichlarida cho‘kadi. Lak pardalari – o‘tirindi bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan qalinlikdagi moyli qatlamlaridan oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Eski lak-bo‘yoq qoplamalar detal sirtidan tiklash ishlarining bajarishdan oldin ketkaziladi. Kuyindi yonilg‘i va moy yonganida hosil bo‘ladi hamda moyning yopishqoq yuqori molekulyar birikmalarining yupqa pardasiga cho‘kadi. Bularning asta-sekin pishishi va qalinlashuvi natijasida kuyindi qatlami hosil bo‘ladi. Korroziya mahsulotlari – metallning kimyoviy va elektr kimyoviy emirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Qasmoq- sovitish tizimida foydalanilaldigan suv tarkibidagi magniy va kalsiyning yomon eriydigan tuzlarning o‘tirindisidir. Tiklash ishlarida detallarda paydo bo‘ladigan abraziv va metall zarrachalari texnologik iflosliklarga kiradi. Ifloslanish turlari xar xil bo‘lganligi sababli ularni tozalash va yuvish texnologik jarayoni ko‘p bosqichlidir. Bu xar bir tozalash va yuvish bosqichda ifloslikning tarkibi, qattiqligi va detal yuzasiga singanligiga qarab amalga oshirish. Avtomobil va agregatlarning avvalo tashqi tomoni yuviladi, qismlarga ajratilgan, ichki tomonlari yuviladi. Ajratilgan detalni tozalash va yuvish xam ifloslik turiga qarab bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling