2. Yuvish vositalari va uslublari. Yuvish tozalash qurilmalari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
3. Yuvish-tozalash qurilmalari.
Detallar va uzellarni yuvish – eng muhim texnologik operatsilardan biridir. Tiklanadigan detalning sifati yuvish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Yuvish jihozining turini ish hajmi, tozalanadigan ob’ektlarning nomenklaturasi, ularning gabariti va massasi, qo‘llanadigan yuvish vositalari va iflosliklarining turiga qarab tanlanadi. Oqizib va botirib mashinalari hamda qurilmalari bir-biridan farqlanadi. O‘tishli va boshi berk oqizib yuvish mashinalarida detal dush bo‘linmalaridan beriladigan eritma bilan yuvib tozalanadi. Bir kamerali boshi berk oqizib yuvish mashinalari OM-9474, OM-837Г, OM- 1366Г,OM-4610 tuzilishlari bo‘yicha bir xil bo‘lib, yuvish kamerasidan, umumiy massasi 0,6 dan 1,5 tgacha bo‘lgan detallar ortiladigan yuklash aravachasidan yuvish suyuqligi solinadigan, hajmi 0,7 dan 1,2 3 m gacha bo‘lgan vannadan iborat. Yuvish kameralari qo‘zgaluvchan dush qurilmalari yoki aylanuvchi yuklash aravachasi bilan jihozlangan bo‘ladi. Yuvuvchi eritma bug‘ qurilmasi yordamida 70-85 0 C gacha isitiladi. Oqimcha bosimini elektr dvigateli harakatga keltiradigan gidronasos hosil qiladi. Yuvuvchi suyuqlik sifatida konsentratsiyasi 20-25 g/l bo‘lgan Лобамид – 102 ning suvdagi eritmasi yoki konsentratsiyasi 20 g/l bo‘lgan MС-6 yuvish vositasi qo‘llanadi. Oqizib yuvish mashinalarining o‘tishli turidagi OM-9313, OM-4267M, AKTB-114, AKTB-116 lar isituvchi qurilmasi bor vanna, yuvish kamerasi, plastinkali yoki osma konveyer, issiqlik uzeli, yuvish eritmasini uzatuvchi va uni boshqa joyga o‘tkazuvchi tizimdan iborat. Tozalanadigan ob’ektlar osib qo‘yiladi yoki konveyerga o‘rnatiladi va uning yordamida yuvish kamerasidan olib o‘tiladi, yuvish kamerasi dush bo‘linmalari bilan jihozlangan. Mashinaning ish unumdorligi 4 dan 16 t/soatgacha . shunday turdagi mashinalarga ko‘pincha ikkita kamera; yuvish va chayish kameralari joylashtiriladi. Birinchi kamerada detallar iflosliklardan tozalanadi, ikkinchisida esa ulardagi eritma yuvib tashlanadi. Botirib yuvish turidagi yuvish mashinalari detallarni eritmaga botirib yuvish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular yuvish eritmasi solinadigan vannadan va tozalash jarayonini jadallashtiradigan jihozdan iborat. 0294948 turidagi rotorli mashinalardan foydalanish eng istiqbollidir, ularda tozalash jarayonini jadallashtirishga detallar solingan kajavani galma-galdan botirish va chiqarib olish va yuqori takrorlikdagi tebratish yo‘li bilan erishiladi. Bundan tashqari, bu mashinalar ishlab bo‘lgan eritmalarni qattiq va moyli iflosliklardan tozalaydigan qurilmalar ta’minlangan. Tiklash dasturlari juda katta bo‘lganida AKTB-202 mashinasini qo‘llash ma’qulroqdir. Bu mashina tozalash jarayonini jadallashtirish, tozalash ob’ektlarini suvda bir vaqtning o‘zida past va yuqori takrorlikda titratish konveyeridan iborat. Mashina ikkita bir xil kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, bular bitta agregat qilib birlashtirilgan, ular orqali suyuqlikka tushirilgan to‘siqlar ostidan osma konveyer yo‘li pastlashib o‘tadi. To‘siqlar yuqorgi bosim bakining tubi bilan germetik birlashtirilgan bo‘lib, buning natijasida yuvish mashinasining ichki bo‘shlig‘i atmosferadan ajratiladi, bu bilan issiqlikning bug‘lanib isroflanishishi keskin kamayishiga erishiladi. Maxsus yuvish mashinalari detallarni mustaxkam uglerodli iflosliklardan, qasmoq va boshqalardan tozalashga mo‘ljallangan. GOSNITI ning OM-4265 va OM-4944 qurilmalarida detallardagi kuyindi va qasmoq tuzlar eritmasida (buning tarkibida 65 % o‘yuvchi natriy, 30% natriy nitrat va 5% natriy xlor bo‘ladi, harorati 380-420 0 С ga etadi) eng samarali ketkaziladi. Yuvish qurilmasi tuzlar eritmasi solingan vanna, yuvish vannasidan, kislota eritmasi solinadigan va yana yuvish vannalaridan iborat. Detallarni yuvish davomiyligi 5-10 minut, qurilmaning ish unumdorligi esa 300-400 kg/soatni tashkil qiladi. OM-3181 qurilmasida gilzalar, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan detallarning sirti qasmoqdan tozalanadi. Bu qurilmada havo ventillar orqali bunkerga 0,3-0,5 MPa bosim bilan beriladi. Danak uvog‘i havo oqimi bilan quvur orqali soploga xarakatlanadi. Tozalanadigan detallar aylanuvchi stolga yuklanadi. Kamera qopqoq bilan berkitiladi va tozalashning borishi tuynuk orqali kuzatiladi. Tozalash mahsulotlari siklon bilan qisqa quvurlar orqali chiqarilib yuboriladi. Detallar partiyasini tozalash tugagach to‘planib qolgan uvoqlar klapan orqali bunkerga qaytarib to‘kiladi. Tozalangan detallar suv bilan yuvib tashlanadi. Ta’mirlash xo‘jaligi tozalashning mexanik, fizik, ximik, termik va xar xil usullariga ega. Tozalash jarayonini tezlashtirish uchun qizdiriladi, bosim oshiriladi, tebratiladi va x.z. Yuzani tozalash ifloslikni yo‘qotish uchun bajarilgan A o ishni bajarishga bog‘liq: A o =A f-x + A m Bu erda: A f-x - texnologik muxitning fizik-ximik faolligi natijasida bajarilgan ish; A m - ifloslikka mexanik ta’sir ko‘rsatish; M – bug‘ muxitda tozalashda A m = O teng. Danak po‘chog‘i bilan chirkdan tozalashda A f-x =0 ga teng. 4.2-rasm. Detallarga abraziv aralash suyuqlik bilan ishlov berish uchun mo‘ljallangan baraban. 1-elektrodvigatel; 2-reduktor; 3-vanna; 4-baraban. Mayda detallar (bolt, gayka va x.z) korroziyadan aylanuvchi barabanda abraziv aralash suyuqlik (eritma) vositasida mexanikaviy ishlov berish yo‘li bilan tozalanadi. Olti yoqli barabannning 1/3 qismgacha chinnining o‘lchamlari 8-16 mm keladigan bo‘lakchalari solinadi. Baraban ostiga o‘rnatilgan idishga ishqoriy eritma to‘ldiriladi, korroziyadan tozalanish kerak bo‘lgan detallar barabanga qolgan 2/3 qismi to‘lguncha solinadi. Bu qurilmada detallar korroziyadan quyidagi rejimda tozalanadi: baraban minutiga 16-30 marta aylanishi kerak, mexanikaviy ishlov berish 1,5-2 soat davom etadi, eritmaning xarorati 60-70 o C bo‘ladi. Iflosliklarning yuza va tashqi kuchini kamaytirish uchun yuvish moddalariga yuza-faol eritish moddalari qo‘shiladi. Eritish modda molekulalari gidrofob ( suvda erimaydi moyda eriydigan) gidrofil (suvda eriydigan) qismlardan iborat. 4.3-rasm. Yuvish jarayonining sxemasi. 1- suv tomchilari; 2- ifloslik; 3- tozalanadigan yuza; 4- yuvish moddasi; 5- eritish moddasi molekulalarining gidrofil qismi; 6-erish moddasi molekulalarining gidrofob qismi; 7- eritmaga o‘tgan ifloslik qismi; 8- iflosliklarning eritmada stabillashgan qismi; 9- eritmaning yuzaga shimilgan qismi. Yuvish eritmalari: kaustik soda –Na ON, kalsinatsiyalangan soda Na 2 SO 3 , natriy silikatlari Na 2 SEO 3 , xrompik K 2 SCH 2 O 7 . Natriy silikati va xromniy detallarni korroziyadan saqlash uchun aralashmaga qo‘shiladi. Kaustik sodaning suvdagi 20-100 g/l eritmasi cho‘yan va po‘lat detallardan smola, rama va kabinalardan eski bo‘yoqlarni ketkazish uchun foydalaniladi. Kalsinatsiyalangan sodaning suvdagi 25-30 g/l eritmasi, trinatriy fosfatning 25-30 g/l eritmalari alyumin detallarni yog‘dan tozalash uchun foydalaniladi. Aralashma xarorati 80-90 o C konsentratlar qo‘lni kuydirmasligi uchun texnika va mexnat xavfsizliklariga rioya qilish kerak. Zamonaviy yuvish kompozitsiyalari MЛ-51, MЛ-52 (moy iflosliklardan tozalash uchun. M: blok silindrlari va yog‘ nasoslari) «Лабомид-101», «Лабомид- 102», «Лабомид-103» ning kukun xoldagi 10-30 g/l suvli eritmalari detallarni tozalashda qo‘llaniladi. Nazorat savollari. 1. Ifloslanish turlari necha xil bo‘ladi? 2. Ifloslanishni tozalashning necha xil usullari mavjud? 3. Iflosliklarni yuvish qanday bajariladi? 4. Iflosliklarni tozalashda qanday xavfsizlik choralariga e’tibor berish kerak? Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling