2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


O’ZBEKISTON XUDUDIDA TARQALGAN FOYDALI VA


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

 
O’ZBEKISTON XUDUDIDA TARQALGAN FOYDALI VA 
DORIVOR O’SIMLIKLAR XUSUSIDA 
O.G’oziyeva, Bo`riboyeva Sh. 
Andijon davlat universiteti
Inson salomatligi uchun zarur bo’lgan moddalar va boshqa
kimyoviy birikmalar, tabobatda qo’llaniladigan dori darmonlarning 60-
70% qismi o’simliklardan olinadi. 
O’simliklar dunyosi haqiqiy boylikdir. Chunki tabiatda ular
singari foyda keltiradigan biron narsa yo’q. Darhaqiqat o’simliklar
dunyosi bizni oziq ovqat, kiyim kechak, dori darmon, yoqilg’i va
qurilish materiallari bilan ta’minlaydi. O’simliklardan ko’p miqdorda
efir va tehnik moylar olinadi. Ular parfyumeriyada ishlatiladi. Ba’zi
o’simliklarning gulchangi va shirasidan kishi organizmi uchun g’oyat
zarur bo’lgan taom – asal hosil qilinadi. Bundan tashqari o’simliklar
havoni tozalaydi. Mashxur biolog olim K.E. Timiryazev kashfiyotining
asosi ham shundan iborat(fotosintez), ya’ni o’simliklarning yashil
barglari orqali quyosh energiyasini, atmosfera tarkibidagi gaz – karbonat
angidridni va ildizlar orqali suvni olib , organik birikmalar tashkil
qilinadi. Shu jarayonda kislorod ajralib chiqadi. Demak o’simliklar havo
tarkibidagi karbonat angidridni kamaytiradi. Kislorodni esa
ko’paytiradi. Bu noyob jarayon faqat o’simliklar tufayli yuzaga keladi.
Buning ayniqsa ekologik vaziyat juda keskinlashgan, havoga
chiqarilayotgan zaharli gaz va boshqa chiqindilarning miqdori ortib
borayotgan hozirgi sharoitda ahamiyati katta. Shuning uchun ham


32 
yashil zonalarni ko’paytirish zarur, ko’plab manzarali va mevali
daraxtlarni ekish kerak. Bulardan tashqari yana o’simliklarning ahamiyati
shundaki, ular daryolar rejimini yahshilaydi, tog’ va tog’oldi
tumanlarida tuproqni yuvilishdan saqlaydi. 
O`zbekiston o`simliklarining ko`pchiligi shifobahsh hususiyatga ega 
bo`lib, har xil kasalliklarni davolashda qadimdan ota-bobolarimiz foydalanib 
kelganlar 
O’zbekiton, iqlim ob-xavo tuproq sharoitining turlichaligi o‘simliklar 
dunyosining xam har xil xususiyatlarga ega bo‘lishiga sababdir. Shu tufayli 
respublikamiz tabiatida kauchuk beruvchi, efir yog‘lariga boy, oshlovchi 
xususiyatga ega bo‘lgan o‘mliklar: sapanin, alkoloid saqlovchilar bo‘yoq 
beruvchilar va ko‘pgina vitaminga boy bo‘lgan o‘simliklari bor. Bularga,
Na’matak. Shipovnik (Rosae L.), Qora qoraqat, Smorodina chernaya (Ribes 
nigrum L.), CHakanda. Oblepixa krushinovidnaya (Hippophayo rhamnoides 
L.), Bozulbang. Lagoxilus opyanyayushiy (Lagochilus inebrians Bge.) va 
boshqa ko’plab o’simliklarni misol qilish mumkin. Xilma-xil sharoitda 
o‘sadigan, ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan bu o‘simliklar sanoatimiz uchun 
juda qimmatli xom ashyo rolini o‘ynaydi. O‘zbekistonda uchraydigan 3600 
tur o‘simlikning (madaniy o‘simliklardan tashqari) 31 turidangina xo‘jalik
manfaati yo‘lida, jumladan ularning 6 turi- dan sanoat xom ashyosi, 10 
turidan oziq-ovqat, 10 turidan dori-darmon sifatida foydalaniladi. 
Bugungi kunda tibbiyotda ishlatilayotgan dori - darmonlarning 
uchdan bir qismi (34 %) o’simliklardan olinadi. Yurak - qon tomir 
kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan dorilarning deyarli hammasi esa 
o‘simliklardan olinadi. 
Hozirgacha yurak kasalligini davolaydigan dorilarni sun’iy yo‘l bilan 
tayyorlab bo‘lmaydi. Jigar, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda 
qo‘llanadigan dorilarning 74 %, balg‘am ko‘chiruvchi dorilarning esa 73 % 
o‘simliklardan olinadi. Mana shu keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, 
o‘simlik dunyosi davolash ishlarida muxim o‘rinni egallaydi. Bu dorilar 
tabiatda yovvoyi xolda o‘sadigan va madaniy holga aylantirilgan 
o‘simliklardan yig‘iladi. Dori olish uchun tarkibida alkoloid, glyukozidlar
saponinlar, furokumarinlar, organik kislotalar, efir moylari va vitaminlari bor 
o‘simliklar yig‘iladi. Quritish ishlari har qaysi tur dori uchun belgilangan 
qo‘llanma asosida olib boriladi. Mamlakatimiz xalq- larining salomatligini 
saqlashga qaratilgan farmatsevtika sanoati uchun turli xususiyatlarga ega 
bo‘lgan dori darmonlar zarur.
Hozirda 138 oilaga mansub bo‘lgan O’zbekiston florasi 4148 tur 
o‘simlikni o‘z ichiga oladi. Shundan faqat 577 turi dorivor o‘simlik 
xisoblanadi. Bu 47 davlat farmakopiyasiga kiritilgan. Tarkibida ko‘p 
miqdorda vitaminlar va dorivor moddalar saqlagan o‘simliklar qatoriga 


33 
quyidagi dorivor giyohlar va mahsulotlar kiradi: na’matak mevasi, qora 
qoraqat bargi va mevasi, o‘rmon qulupnayining bargi va mevasi, chetan 
mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul, gazanda bargi, makkajo‘xori 
onalik gulining ustunchasi, bodrezak po‘stlog‘i va mevasi, bozulbang guli, 
jag‘-jag‘ yer ustki qismi va boshqalar. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling