151
EKOLOGIK MUVOZANAТNI BARQARORLASHТIRISHDA
OQOVA SUVLARNI ТOZALASHNING O’RNI
I.Z.Baxromov
Навоий
давлат педагогика институти
Тabiatda barcha tabiiy komponent va komplekslar bir-biri bilan o’zaro
muvozanatda bo’ladi. Har bir tabiiy chegaralangan hududda barcha relef, yer
osti va yer usti suvlari, iqlim, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi o’zaro
aloqada, bog’liqlikda bo’ladi va rivojlanadi.
Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va biologik resurslarni asrash
borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli
ishlar natijasida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar tizimi tobora kengaymoqda. Hozirgi kunda bunday
hududlarimizda kamayib ketayotgan hayvon va o’simlik turlarini
ko’paytirish, ekologik muvozanatni barqaror saqlashga yo’naltirilgan ko’plab
loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki
oqova suvlar, sanoat chiqindilari,
maishiy kimyo
pereparatlari dorivor vositalar va boshqalar atrof muxitga ko’p miqdorda
qo’shilganda,
biosferadagi
tabiiy
muvozonat
jarayonini
buzadi,
organizmlarga salbiy ta’sir o’tkazib, ularning
halokatga uchrashiga sabab
bo’ladi.
Hozirgi paytda tabiiy muhitda 7 milliondan 8,6 milliongacha kimyoviy
aralashmalar mavjud bulib, har yili ularning safi 250 mingta yangi birikmalar
bilan boyib bormoqda. Ko’pgina kimyoviy aralashmalar kanserogen va
mutagen
xususiyatga ega, ularning ichida eng xavfli 200 xili aniqlangan
(ularning ro’yxati YuNESKO ekspertlari tomonidan tuzilgan).
Ushbu
ximioksenobiotiklarning
asosiy
vakillari
pestitsidlar,
nitrozaminlar, sianid va rodanid ionlari, og’ir metal tuzlari, (qo’rg’oshin, mis,
simob, rux, kadmiy va boshqalar) kiradi.
Mamlakatimizda oqova suvlarni tozalash bo’yicha oliy o’quv
yurtlari
va fanlar akdemiyasi ilmiy tadqiqot institutlarida qator ilmiy tadqiqot ishlari
olib borilmoqda.
Hozirgi kunda oqova suvlarni tozalash biotexnologiyasi rivojlanib
borayotgan sohalardan biri bo’lib, yuksak suv o’simliklari
bilan mazkur
sohaning samarali usullarini tajribalarda ko’rsatib berib ilmiy-amaliy
mohiyatlarini ochib berish muhim ahamiyatga ega.
Ekologik muvozanatni
barqarorlashtirishga ko’maklashadigan bunday ilmiy izlanishlar fanda ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: