2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


 Ekologiya. O`quv qullanma. Mas`ul muharrir: Turdiqulov– Toshkent.2009 yil  146


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

2. Ekologiya. O`quv qullanma. Mas`ul muharrir: Turdiqulov– Toshkent.2009 yil 


146 
DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YERLARNI MAHALLIY VA 
INTRODUTSENTEFEMER O’SIMLIKLAR YORDAMIDA 
REKULTVATSIYA QILISH 
I.Z.Bahramov 
Navoiy davlar pedagogika instituti
Fan va texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning ishlab 
chiqarishda keng joriy etilishi natijasida insonning tabiatga ko’rsatilayotgan 
ta’siri (antropogen ta’sir) jadallashib bormoqda. Inson va tabiat orasidagi 
o’zaro munosabatlar murakkablashib, ushbu ta’sir tabiiy omillar bilan 
qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun atrof muhitni muhofaza qilish 
hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Biosferada antro-
pogen ta’sir qilish shu darajaga borib yetdiki, yer yuzida ham tabiiy o’zga-
rishlar ro’y berib, ba’zi mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo’lib qoldi. 
Atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va 
oqilona foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab 
chiqarish korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o’z 
yechimini kutayotgan umumdavlat vazifalariga kiradi. 
Respublikamiz va xususan, viloyatimiz miqyosida jiddiy va keskin 
ekologik vaziyatlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish 
o’sish sur’atlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish 
sur’atlardan bir necha marotaba yuqoriligidadir. Ushbu maqsadlar uchun 
ajratilayotgan mablag’lar (u milliy daromadning 1,5-2% ni tashkil etadi) 
kerakli miqdoriga nisbatan bir necha o’nlab marotaba kamdir. Rivojlangan 
mamlakatlarda esa, bu ko’rsatgich korxona mablag’ining 25-30% ni tashkil 
etmoqda. Ko’p o’n yilliklar davomida vujudga kelgan ekologik muammo-
larga siyosat aralashib, ularga panja orqasidan qarab kelindi. Ularni nazar – 
pisand qilmaslik shu darajaga yetdiki, kelib chiqish sabablari hamma 
tomonlama o’rganilmay qoldi. Natijada atmosfera havosi, tuproq va suv 
manbalari zaharlandi, atrof – muhitga misli ko’rilmagan darajada zarar 
yetkazildi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, inson sog’ligining 67 – 74% tashqi muhit, 
ovqatlanish va yashash sharoitiga, 16 – 18% genetik va nasliy omillarga va 
faqatgina 10 – 15% sog’liqni saqlash xizmatiga bog’liq. Demak, hayot 
kechirish uchun atrof – muhitni zaharlamaslik chora-tadbirlarini ko’rish har 
bir ishchi, xizmatchi, mutaxassis, muhandis va rahbarning asosiy burchi 
bo’lishi kerak. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling