2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


BOTANIKA FANINI О‘QITISHDA DIDAKTIK О‘YIN


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

 
BOTANIKA FANINI О‘QITISHDA DIDAKTIK О‘YIN 
MASHQLARIDAN FOYDALANISH 
J.S. Sadinov. B.Sh. Ahmadaliyeva 
Nizomiy nomidagi TDPU 
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini 
qо‘llash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. An’anaviy 
ta’limda о‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatilgan 
bо‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari 
qidirib topishlari, mustaqil о‘rganib tahlil qilishlari, hatto xulosalar yasashni 
о‘rgatadi. Oliy ta’limning oldiga qо‘yilgan asosiy vazifa zamon talabiga har 
tomonlama javob beradigan yetuk kadrlarni yetishtirish va shakllantirishdan 
iborat. Bunday vazifani bajarish uchun an’anaviy ta’lim berish jarayoni, ya’ni 
о‘qituvchi о‘zining tayyor bilim kо‘nikmalarini talabaga berishning о‘zi 
kamlik qiladi. Bu yо‘l talabani bilimlarni о‘zlashtirishda passiv iste’molchiga 
aylantirib qо‘yadi. Vaholanki, bugun bizga bilimlarni о‘zlashtiradigan passiv 
istyemolchi emas, balki bilimlarni faol qо‘llay oladigan ijodkor pedagog kadr 
zarur. Bо‘lg‘usi mutaxassis har qanday nazariy va amaliy muammoni hal qila 
oladigan, uni yechish yо‘llarini ilmiy yoki metodik jihatdan tahlil qilishni 
uddalaydigan, eng munosib va muvofiq natijalarni topa oladigan bо‘lishi davr 
talabidir.
О‘qitish jarayonida, maqsad bо‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda 
qо‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi о‘qituvchi va talaba о‘rtasida 
hamkorlik faoliyatini tashkil etadi. Mazkur jarayonda ikkalasi ijobiy natijaga 
erisha oladi, о‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlashiga zamin 
tayyorlaydi va ijodiy ishlay oladi.
Pedagogik texnologiyalardan biri о‘yinli о‘qitish texnologiyasidir.
О‘yinli о‘qitish texnologiyasining strukturasi о‘z ichiga quyidagi 
bosqichlarni oladi: 

maqsadlarni qо‘yish. 

rejalashtirish. 

maqsadni amalga oshirish. 

natijani tahlil qilish. 


280 
О‘yinli faoliyatning motivatsiyasi eng ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati 
va musobaqa elementlarining borligi, ehtiyojlarni qondirish, о‘zini anglash va 
о‘zini safarbar qilish bilan ta’minlanadi. 
О‘simliklar sistematikasini о‘qitishda didaktik о‘yinlar bilan bir qatorda 
о‘yin mashqlardan о‘z о‘rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. 
Quyida didaktik о‘yinlardan ba’zilari namuna sifatida berilmoqda. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling