2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MASALASIGA
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH MASALASIGA SPORT BILAN YONDASHISH Turdiboyeva Shoxista Andijon davlat universiteti Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy-gigenik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugunggi kunimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish eng asosiy masalalardan biridir. Kishilarning salomatligini saqlash va sog’lom avlodni yuzaga keltirish xozirda dolzarb vazifa sanaladi. Buning uchun kishilarning kundalik faoliyatida ma’lum bir tartib intizom , o’z sog’ligi haqida qayg’urish ya’ni o’z –o’zini idora qilish kabi tushuncha va bilimlar bilan boyitib borishimiz kerak. Shu asnoda ularni ma’lum darajada kun tartibga o’rgatib borishimiz kerak. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda adolatli demokratik jamiyat bunyod etish bosh maqsad qilib belgilandi va bu maqsad sari izchil qadamlar qo’yildi. Bunda inson 282 manfaatlari va haq-huquqlarini to’liq hisobga oladigan , uning asriy orzu – umidlarini ro’yobga chiqaradigan eng adolatli ijtimoiy makon bo’lmish fuqarolik jamiyatini qurish borasida ham muhim natijalarga erishildi. Jamiyatda sog’lom turmush tarzini yanada shakllantirish , aholi salomatligini mustahkamlash , jismoniy sog’lom va ma’naviy boy yosh avlodni tarbiyalash , fuqarolarning jismoniy tarbiya sport bilan faol shug’ullanishiga keng jalb etilishini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan faol islohatchilik siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir desak adashmagan bo’lamiz. Odamzotning sog’ligi ko’p jihatdan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi , har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim. Sog’lom turmush tarzi –inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki , har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishiga erishishi mumkin. Turmush tarzi deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan , intilishlari , maqsadlari , shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar , an’analar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi. Turmush tarzi bu – jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib , yashash sharoitlari bilan bog’langan , ularga javob beradi , ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi inson faoliyatining shunday tayanch nuqtasiki tibbiyot ilmi unga tayangan holda , odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yo’l topadi. Sog’lom turmush tarzida odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi , inson ulardan ongli ravishta o’zini chetga olishi kerak. Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib o’z ishiga insonning tug’ulishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini zararli odatlardan xoli bo’lishni , to’g’ri ovqatlanib , to’g’ri dam olishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini o’z ichiga oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biri bo’lganligi bois mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya tizimida jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Kamolot yosh avlod ichki a’zolarining o’zgarishi, o’sishidir. Fiziologik nuqtai nazardan, yurak va o’pka, shuningdek nerv va harakat tizimi, tana shaklining o’zgarishi, teri-muskul tizimi og’irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. Pedagogik tushunchada kamolot 283 deganda insondagi jismoniy ma’lumotning o’sishi borasidagi o’zgarishlar, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi. Salomatlik inson hayotida, ayniqsa, yoshlik chog’larida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik talabalarning ongida jismoniy tarbiya va sport kasalliklarni oldini oluvchi omil ekanligi shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respubli- kamizda, xorijiy mamlakatlarda ham o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg’ulotlarida inson organizmida ta’sir etishi va ular turli kasalliklar profilaktikasida samarali vosita ekanligi hisoblanishi isbotlangan. Shunga qaramay, yoshlarni jismoniy tarbiya – sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish tizimi sifatida qaralmaydi, shuning uchun bunday jismoniy tarbiya va sport yoshlarni sog’lom turmush tarziga tayyorlamaydi, ularga salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o’rgatmaydi. Salomatlik ahvoli inson omilining tabiiy asoslariga ta’sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ish kuch sifatini ham oshiradi. Sog’lom inson bir xil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og’irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog’lom inson – yuqori sifatli ishchi kuchidir. Shuning uchun harakat faolligiga hozirgi paytda jismoniy ko’rinishning yaxshilanishida samarali vosita sifatida qaraladi. Mutaxassislarning baho berishicha, aholi salomatligining 40-50% hayot tarziga bog’liq. Zararli odatlar, noto’g’ri ovqatlanish, alkogol va tamakini me’yoridan ortiq iste’mol qilish, ko’p o’tirish, stress, atrof muhitning iflosligi turli kasalliklarga (yurak-qon va nafas olish tizimi kasalliklari, oshqozon- ichak funksiyalarining buzilishi va h.z.) olib kelishi mumkin. Yosh o’tgan sayin va sog’lom hayot tarzini buzilishi bilan orttirilgan kasalliklar surunkali kasalliklarga aylanadi. Bundan inson qanday hayot tarzi yuritishiga qarab salomatligi darajasi haqida so’z yuritish mumkin, degan xulosaga kelish mumkin. Shu sababli, hayot tarzi salomatlik bazasi sifatida ko’rib chiqiladi. Salomatlik darajasini tana og’irligi, o’pkaning hayot sig’imi, yurak qisqarishining chastotasi, qon bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishini tiklanshiga ketgan vaqt bilan aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy unsurlariga insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlar kiradi. Salomatlikni asrash va mustahkamlash deganda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlikni yaxshilash tushiniladi. 284 Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam jismoniy mashqlar orqali erishish mumkin. Abu Ali ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham katta e’tibor bergan. U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, sog’lom bo’lishning kuchli omili ekanligini ko’p bora qayd etgan va sog’liqni saqlash uchun yetti omilga e’tiborni qaratgan: -Bosiqlik; -Ovqatlanish tartibi; -Gavdani tik tutish; -Toza havo; -Qulay kiyim; -Jismoniy harakatlar; -Ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’onlik holati) ning ravonligi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish salomatlikni mustahkamlashga , o’qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salomatlik : ijtimoiy – iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemosional ta’sirlarning natijasidir va uni sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta’siriga tabiiy qarshiligini oshiradi. Hozirgi vaqtda insonning sog’lomlashishiga bo’lgan ehtiyojni qondiruvchi yo’nalishlar tobara keng tarqalmoqda (ritmik gimnastika, badiiy gimnastika, xitoycha sigun terapeya, terapevtik va sog’lomlashtiruvchi yoga, ushu, xitoy gimnastikasi). Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitni salbiy ta’siriga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustaqkamlash va kasalliklarni oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni jismonan va ma’nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Download 3.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling