2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


BIOGAZ OLISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

 
BIOGAZ OLISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH 
Z.Uzoqov, J.Qodirov 
Qarshi davlat universiteti 
O’simliklar, qishloq xo’jalik chiqindilari, shaharning chiqindilari-
bularning hammasi biologik massadir. Biosferada chiqindilar miqdori 800 
milliard tonnani tashkil qiladi. Buning ustiga har yili ularning 200 milliard 
tonnasi qayta tiklanadi (bu 100 milliard tonna heft demakdir). Albatta, 


285 
biomassa hech qachon neft va boshqa qazib olinadigan yoqilg’ilar turlarining 
o’rnini to’liq almashtira olmaydi. Biroq qo’shimcha ekologik toza, doimiy 
qayta tiklanadigan energiya manbai sifatida energetikada o’z o’rnini 
egallaydi. Hisob-kitoblarga ko’ra, faqat mustaqil davlatlar hamdo’stligida har 
yili ishlab chiqariladigan chiqindilardan 100 million tonna shartli yoqilg’iga 
ekvivalent biogaz (70% metan va 30% uglerod (IV)-oksididan iborat) olish 
mumkin. Bundan tashqari, 6,25 million tonna azot, 3 million tonna fosfor va 
7,5 million tonna kaliy oksidini mineral tuzlar ko’rinishida olish mumkin. 
Biogaz olish juda istiqbolli. Undan yoqilg’i sifatida kompleks 
foydalanish mumkin. Biogaz qurilmasi qanday ishlaydi? Fermalarning go’ngi 
maydalovchi apparatga solib maydalanadi va issiqlik almashuvchi 
(teploobmennik) yordamida 35-40 darajaga isitiladi. So’ng biomassa nasos 
yordamida bijg’itish idishga uzatiladi. Bu idishda biomassa 3- 4 sutkada 35-
42 darajada bijg’itish jarayoniga uchratiladi, natijada biogaz hosil bo’ladi. 
Biogaz olish bilan parrandachilik fabrikalari va mol fermalaridan chiqadigan 
qo’lansa hid yo’qotiladi, go’nglarni pashsha, qurt-qumursqalar bosib 
ekologik muammolar yuzaga kelishiga chek qo’yiladi. Hosil qilingan 
biogazdan parrandachilik fabrikalarida ferma binolarining suv isitish 
qozonlarini isitishda yoki ichki yonuv dvigatellarda foydalanish mumkin. 
Chiqindilardan biogaz olish atrof-muhit muhofazasidagi qator muammolarni 
yechishga imkon beradi. Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) energetika 
balansining 3 % ini, Germaniya va Angliya energetika balansining 2,5% ini 
biomassa energiyalari tashkil qiladi. Xitoyda 7 millionta biogaz olinadigan 
qurilmalar ishlab turibdi va yiliga 100 milliard metr kub gaz ishlab 
chiqaradi, bu 100 million tonna shartli yoqilg’iga ekvivalent. Axlatxonalarda 
hosil bo’ladigan biogaz 45-65% metan va korroziya-tajovuzkor birikmalar 
tutgan bo’ladi. Biogazlarni quvurlar orqali sanoat iste’molchilarga yetkazilib 
beriladi yoki quvvati 1-2 MVt bo’lgan gaz turbinalarida foydalaniladi. Buyuk 
Britaniyada taxminan 20 ta axlatxonadan biogaz ishlab chiqariladi, ulardan 8 
tasidan energiya ishlab chiqariladi. 
1992-yilda Toshkentda maishiy chiqindilarni qayta ishlash tajriba zavodi 
ish boshladi. Hozirda (2005-yildan) O’zbekistonda chiqindilardan biogaz 
olish va undan amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo’lga qo’yilgan. 
Qishloq ho'jaligida ko'p uchraydigan mol go'ngi hamda o'simliklar chirindisi 
bu usulda hom-ashyo bo'lib hizmat qiladi. Bunda aralashmaga 60-70% 
miqdorda suv qo'shilib berk holda 30-350C
0
gacha isitiladi. Shundan so'ng 
aralashmada bijg'ish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon ta'sirida harorat 700C
0
gacha ko'tariladi. Endi bu joyda yonuvchan gazlar CH
4
- metan va NH
4

ammiak ajrab chiqa boshlaydi. Bu gazlardan be'malol xo’jalikda foydalanish 
mumkin. Bunda bakni yer ostiga ko'miladi. Qopqoq zich qilib berkitiladi. 
Aralashmani solishda boshlang'ich harorat uchun suvni isitib qo'shilsa 


286 
jarayon tezroq amalga oshadi. Bunday qurilmada 20-15 kundan so'ng gaz 
ajrab chiqishi boshlanadi.
Agar 5 tonna go'ngdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, 5 oy mobaynida 
kuniga 35-40 m3 gaz ajrata olasiz bunda. Ya'ni, 5 tonna go'ng bilan butun 
qish davomida sizda hech qanday gaz muammosi bo'lmaydi.
O’zbekiston sharoitida biogazdan foydalanish eng qulay va samarali 
usullaridan biridir. Organik chiqindilardan olinadigan biogaz o’z tarkibida 50 
foizdan 70 foizgacha bo’lgan miqdorda metan–yonuvchi gazni jamlaydi. 
Ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari 
mavjud bo‘lib, ularda 650 mingdan ortiq qoramol va 21 million boshdan ortiq 
parrandalar yiliga 6 million tonnadan ortiq organik chiqindilar hosil qiladilar. 
Bir qator fermer xo‘jaliklarida biologik chiqindilarni qayta ishlaydigan va 
biogaz hamda bioo‘g‘it ishlab chiqaradigan biogaz qurilmalari 
foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan biogaz xo‘jaliklarning ichki 
ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda.
Darhaqiqat, biogaz nisbatan arzon ekologik yoqilg’i bo’lib, o’z 
xususiyatlari bo’yicha tabiiy gazga yaqin. Undan tabiiy gaz kabi ovqat 
tayyorlash, uy-joylarni isitish maqsadida, gohida esa maxsus avtomobillar 
uchun yonilg’i sifatida ham foydalanish mumkin. Misol tariqasida aytadigan 
bo’lsak, bugungi kunda Xindiston, Vetnam, Nepal, Xitoy, AQSh va boshqa 
bir qator mamlakatlarda kichik (rozg’orbop) biogaz qurilmalari ishlatilib
olingan gaz asosan ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. 
Jahonda biogaz olish texnologiyasining 60 turi mavjud. Ular orasida 
keng tarqalgan metan tranklarda (bochka) bijg’itish usulidir. Ochig’i 
oramizda “chiqindi o’z nomi blan chiqindi-da” qabilida ish tutadiganlar ham 
yo’q emas. Ammo undan qayta foydalanishni yo’lga qo’yganlar arzon va 
ekologik toza yoqilg’i ishlab chiqarib, qo’shimcha daromad manbaiga ega 
bo’layotgani quvonarli hol. Organik kelib chiqishga ega chiqindilardan 
olinadigan biogaz tabiiy gazga juda yaqin. Ya’ni uning 50—70 foizi metan—
yonuvchi gazlar aralashlashmasi hisoblanib, oziq-ovqat tayyorlash, issiqlik 
energiyasi hosil qilishda qo’llanilishi mumkin. Eng muhimi, ushbu jarayonda 
yuzaga keladigan chiqindi yuqori sifatli bioo’g’it sanaladi.
O’zbekiston tabiiy gaz va ko’mir zaxiralari nihoyatda katta, biroq yer 
osti boyliklari cheklangan bo’lib, kun kelib tugashi hech kimga sir emas. 
Mamlakatimizda muqobil energiyani rivojlantirishga jiddiy e’tibor 
qaratilayotgani tabiiy resurslarni tejashga xizmat qilishi bilan g’oyatda 
ahamiyatlidir. Fan-texnikanining jadal rivojlanishi hozirgi kunga kelib, 
quyosh, shamol, biomassa kabi energiya manbalaridan foydalanishni 
kengaytirishni taqozo etmoqda. Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasi ular 
orasida eng istiqbolli yo’nalishlardan biri hisoblanadi. 



Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling