2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


INSONIYATNING XXI ASRDAGI EKOIJTIMOIY MUAMMOLARI


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

INSONIYATNING XXI ASRDAGI EKOIJTIMOIY MUAMMOLARI 
M.N Ataqulova
Navoiy davlar pedagogika instituti
Ekologik nuqtai nazardan yer yuzi ekotizimlarining bir bo`lagi sifatida 
qarash mumkin. Ammo u boshqa hayvonlar orasida Yer yuzining barcha 
ekologik nishalarini egallagan, hozirgi kunda fazoniham zabt etayotgan 
alohida panoykumen (gr.pan-hammasi) turdir. 
Ma`lumotlarga ko`ra inson qadimgi tosh olovni topish bilan tabiatga 
qaramlikdan chiqqan paytlar Yer yuzida uning soni 1mln.dan oshmagan. 
Dehqonchilik va chorvachilikvujudga kelgan tosh asrining davrlarida u 100 
mln.ga etgan. Inson o`z yashash sharoitini yaxshilash bilan birga o`zining tez 
suratlar bilan ko`payishiga imkoniyat yaratdi. Eramiz boshlarida yer yuzidagi 
odamlar soni 200-300 mln.ni tashkil qiladi. Keying vaqtlarda aholining yillik 
o`sishi 76-78 mln.kishini tashkil qilmoqda.
Insoniyat atrof- muhit bilan bog`liq holatda yashaydi. Insoniyatning 
barcha faoliyati, yashash muhit bilan bog`langan. Inson va atrof-muhitning 
umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson 
yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish 
materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy 
boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim 
Qadimgi davrdagi antropogen ekologik tanglik fojealar asosan 
insonning xo`jalik yuritish tartib-qoidalarinng bilmasligi natijasida sodir 
bo`ldi. Bular turli xildagi tangliklarda-konsumentlar tangligi, produsentlar 
tangligi, redusentlar tangligi, termodinamik tanglik, sug`oriladigan yerlar 
tangligi va hokozalar kiradi. 
XX asr mobaynida 20% atrofida maxsuldor tuproqlar yo`qotiladi. 1950 
yildan 2000 yilgacha g`alla maydonlari aholi jon boshiga 0,23 gadan 0,12% 
gacha qisqardi.{1}
XX asr oxiri XXI asr boshlaridagi holatga ko`ra dunyo bo`yicha yiliga 
841 mln kishi to`yib ovqatlanmaydi. 35 mln kishi ovchilikdan o`ladi. 1,2 
mld odam ichimlik suvidan mahrum. 2mlrd kishi elektrdan foydalanmaydi,
1,6 mld kishi savodsiz, shundan 800 mln kishi katta yoshdagi insonlardir. 5,1 
mln bola maktabga qatnamaydi. 2,5 mld aholi suvsizlikdan qiynaladi, har yili 
3mln kishi suvsizlikdan halok bo`ladi.


145 
Aholi soning o`sishi bilan bog`liq jarayonlar amalda hayot sohasining 
barchasini qamrab olish muqarrar. Aholi soning o`sishi, uning ehtiyojlarining 
kuchayishi inson bilan tabiat o`rtasidagi modda va energiya almashinuvini 
kuchaytiradi. Bu esa global ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab 
bo`ladi.
Dunyo aholisi XXI asr ga oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligi va 
yildan-yilga kamayishi muammosi bilan kirib keldi. Bunga asosiy sabab 
ekosistemalar ekologik turg`unligining buzilishi natijasida aholining 
kanbag`allashishidir. Bu hol barchani tashvishga soldi. Bu muammoni hal 
qilishga harakat qilinmoqda. BMT mutaxassislari tomonidan tayyorlangan 
oxirgi hisobotlardan birida mlnlab aholini ochlik balosidan qutqarish uchun 
antiqa chora hashorat yeyish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning fikricha bu 
tavsiya rivojlangan davlatlar uchun qaratilgan. Ular hashorat yeyishning hech 
qanday zarari yo`qliginini aytishmoqda. Aksincha tegishli ishlovlardan keyin 
qo`ng`iz va qurtlardan mazali taom tayyorlash mumkin ekan. Ayni paytda 
sayyoramizda 2 mldga yaqin odam kunlik taomiga chigirtka, chumoli, 
qo`ng`iz kabi hashoratlarnini qo`shib istemol qilmoqdalar.
Yana bir muammo, inson biologik tur sifatida namoyon bo`lar ekan, 
ular bir-birlari bilan o`zaro munosabatda bo`lib yashaydi: erkaklar bilan 
erkaklar o`rtasidagi o`zaro munosabat, erkaklar va ayollar o`rtasidagi o`zaro 
munosabat va shu munosabatlar orasida erkak va ayol orasidagi biologik 
munosabat muhim ekologik muammo hisoblanadi. Ba`zan bular orasidagi 
muvozanat buzilib, tojovuzlar sodir bo`ladi. Mutaxassislar bunga demografik 
nomutonosiblik sababchi demoqdalar. 
Insoniyatning global muammolari haqida suz yuritganda demografik 
muammolardan boshlash lozim. Chunki sayyorada aholi sonining ortib 
borishi bilan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar ham kuchayib 
bormoqda. Yer sharining aholisi XV asrda 300 mln kishidan iborat bo`lgan. 
XX asr boshlariga kelib, 5mlrd 930 mlnga, 2011 yilga kelib esa 7 mlrd ortiq 
kishiga etdi{2}.
Xulosa qilib aytganda, yashash muhitiga ko`rsatilayotgan antropogen 
ta`sir natijasida ekotizimlar o`zgarib, biosferadagi tabiy modda aylanish 
jarayoni jiddiy buzilib bormoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda odam biologik 
tur sifatida o`zini saqlab qolishga intiladi. Inson yerning bundan keyingi 
taraqqiyotini o`ylagan holda o`z faoliyat yunalishini belgilab olmoq`i lozim. 
Biosfera rivoji va undagi ekologik muammolar insonning aql sohasi rivoji 
bilan borar ekan, inson bundan miyor daragasida foydalanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. Ekologiya. O`quv qo`llanma. Mas`ul muharrir: X.V.Salimov– Navoiy.2015 yil 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling