2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni
Download 0.61 Mb.
|
zoogeografiya yangi 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Notogey faunistik olami oblastlari. Avstraliya, Patagoniya, Yangi Zelandiya oblastlari va ularniung hayvonot olami
- Sut emizuvchilar faunasi
- Neotropikaning umurtqasiz hayvonlari faunasi
- Gviana – Braziliya kichik oblasti
- Reptiliyalar sinfi
- Sut emizuvchilar
- Hasharotlardan
- Sut emizuvchilar sinfi
VIII MA’RUZA MAVZU: NEOGEY VA NOTOGEY FAUNISTIK OLAMLARI Reja: Neogey faunistik olami chegaralari, tabiiy sharoiti Neogey faunistik olami oblastlari. Neotropika va Karib oblastlari va ularniung hayvonot olami Notogey faunistik olami chegaralari, tabiiy sharoiti Notogey faunistik olami oblastlari. Avstraliya, Patagoniya, Yangi Zelandiya oblastlari va ularniung hayvonot olami Neogey olami Markaziy va Janubiy Amerika qit’asini o’z ichiga oladi. Janubiy Amerikaning eng chekka janubi – Patogoniya, Olovli yer, Folklend orollari bu olam tarkibiga kirmaydi. Neogey faunistik olamining shimoliy chegarasi Meksika yassi tog’ligini janubiy chegarasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, katta Antil, kichik Antil, Bagama, Galapagoss, Xuan-Fernandes va bir qator mayda orollar ham Neogey faunistik olami tarkibiga kiradi. Janubiy Amerika faunasi boshqa faunistik olamlar bilan uzoq vaqt izolyatsiyalangani-ajralgani tufayli, o’ziga hos faunistik xususiyatlarga ega. Mazkur regionda sutemizuvchilarning primitiv guruhlari, jumladan, xaltalilar, qushlar, reptiliyalar, amfibiyalar, chuchuk suv baliqlari, hasharotlar va boshqa umurtqasizlarning juda ko’p endemik turkumlari va oilalariga mansub turlari hayot kechiradi. Neogey faunasi olami 2 oblastga ajratiladi: Neotropika Karib Neotropika oblasti Mazkur oblastning shimoliy chegarasi Neogey olami shimoliy chegarasiga, janubiy chegarasi Argentina va Chilining janubiy chegarasiga to’g’ri keladi. Karib dengizi esa alohida oblast hisoblanadi. Neotropika oblastining tabiiy sharoiti hilma-hildir. Oblastning g’arbiy chegarasi bo’ylab Kordilyera yoki And tog’lari joylashgan. Bu tog’lardagi ayrim cho’qqilar balandligi 7000 m ga yetadi. Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqida unchalik baland bo’lmagan Gviana tog’ligi, sharqiy qismida esa Amazonka daryosining o’ng irmog’i boshlanadigan Braziliya tog’ligi mavjud. Qit’aning qolgan qismi tekisliklardan iborat. Oblastning iqlimi turli tumandir. Markaziy Amerika va Amazonka havzasida tropik nam, janubiy qismida esa mavsumiy qurg’oqchilik, jazirama, subtropik va hatto sahroga xos sharoit mavjud. Iqlim harakteriga ko’ra o’simlik qoplami ham xilma-xil bo’ladi. Amazonka havzasidagi allyuvial tekisliklar, tropik zonadagi ayrim rayonlar nam ekvatorial o’rmonlar – gileyalar bilan qoplangan. Janubiy Amerika gileya o’rmonlarining umumiy maydoni 5 mln.kv.km. (И. Лопатин. Основы зоогегорафии. 1979 г) Yillik yog’in miqdori 2500-3000 mm. O’rtacha oylik harorat 23-29` C ni o’rtacha yillik harorat 24-27` C ni tashkil etadi. Tushdan keyingi bo’ladigan yog’inlar odatiy hodisadir. Amazonka o’rmonlari uchun xos xususiyat – botqoqlashgan yoki davriy ravishda suv bosadigan hudud ekanligidir. Janubiy Amerika nam ekvatoryal o’rmonlari tashqi ko’rinishidan Afrika o’rmonlariga o’xshab ketadi. Ammo florasi tarkibi jihatdan undan ustun turadi. Bu yerda gulli o’simliklarning 15 mingdan ortiq turi o’sadi. Eski Dunyoda uchramaydigan turlardan bromeliyalar va kaktuslar gileyaning asosiy o’simliklaridir. Asosan epifit o’simliklar, orxideya, paporotniklar keng tarqalgan. Botqoqlik yerlari bo’lgan o’rmonlarda sekropiyalar o’sadi. Palmalar ham barcha joylarda uchraydi. Shimoldan janubga tomon yomg’irli tropik o’rmonlar o’rnini asta-sekinlik bilan mavsumiy ravishda doimo yashil o’rmonlar, bargli o’rmonlar (barg to’kadigan), siyrak o’rmonlar va nihoyat savanna yoki lyanoslar egallaydi. Kordilera tog’larining g’arbiy yonbag’irlari sahro tipidagi siyrak o’simliklar qoplamiga ega. Neotropika oblasti faunasi yuqori darajada endemimizmga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sut emizuvchilar faunasi: Noto’liq tishlilar: Edentata endemik turkumiga chumolixo’rlar Myrmecophagidae, zirhlilar yoki bronenosetslar Dasypodidae va yalqovlar Bradypodidae oilalariga mansub turlar ( kapyushonli yalqov, gigant chumoliho’r, zirhli) Primatlar turkumiga – keng burunli maymunlar katta oilasi – Ceboidea Markaziy va Janubiy Amerika uchun endemik hisoblanadi. 2 oilasi bor O’ynoqi maymunlar – Callitrichidae Sebudlar – Cebidae Kemiruvchilar turkumi: Jiayrasimonlar ust turkumiga kiruvchi 10 endemik oilaga mansub turlari yashaydi. Shuningdek, olmaxonlar, sichqonlar, daraxt jayralari Erethizanthidae, cho’chqasimonlar Cavidae (dengiz cho’chqasi misol bo’ladi), suv cho’chqalari Hydrochoridae (dunyodagi eng yirik kemiruvchi kapibara) agutisimonlar Dasyproctidae, shinshillasimonlar Chinchillidae, sakkiztishlilar Octodontidae mavjud. Qo’lqanotlilar turkumi: 9 oilasi Neotropikada yashaydi. 1) Quyonog’izlilar 2) Diskqanotlilar 3) Bargburunlar 4) Qonxo’r vampirlar Bu oilalar endemik sanaladi.
Tapirlarning 3 turi, Juft tuyoqlilar turkumi Pekarlar Tayassuidae (Shimoliy Amerika), tuyasimonlar Camelidae kiruvchi ( Lama urug’i) Lama, Alpaka, Vikunya, Guanako), Amerika bug’ulari Odocoileine kichik oilasiga kiruvchi (5 urug’ga mansub bug’ular) turlari (pydy, mazema) hayot kechiradi. Yirtqichlar turkumi: Yenotsimonlar oilasi – Prosuonidai Nosuxa – Nosua, kinkaju – Potos Mushuksimonlar oilasi – Felidae Otselot - Felis pardalis , kichik onsilla, yaguarundi, panamerika pumasi – Felis concolor, yaguar – Panthera onca Ayiqlar oilasi – Ursidae Ko’zoynakli ayiq – Tremaretos ornatus Itsimonlar oilasi – Canidae Yoldor bo’ri – Chrysocuan
Neotropika qushlar faunasi turli – tuman bo’lib, 25 ga yaqin endemik oilaga mansub qushlar tarqalgan. Darlington Janubiy Amerikani bejiz “Qushlar qit’asi” deb nomlamagan . Neotropika oblasti qushlari: oqqushlar, laylaklar , o’rdaklar, yirtqich qushlar, kakku qushlar, boyqushlar, kaptarlar, to’tiqushlar, qizilishtonlar va boshqa qushlardan iborat. Sayrovchi qushlar – Oscines Amerika strauslari, tuyaqushlar – Rheidae, ya’ni Nandular (endemik), Tinamular – Tinamidae, tovuqsimonlarning kraks yoki gokko Cracidae oilasiga kiruvchi turlar, goatsinlar – Opisthocomidae, endemik oilalardan kariam – Cariamidae, Trubach – Psobhidae, quyoshsimon oqqushlar – Eurypygidae, pelamedeya – Anhimidae, tentakqushlar – Steatornithidae (guaharo – qorong’i g’orlarda koloniya bo’lib yashaydilar, kolibrilar- Trachilidae (320 turi) to’tiqushlar – Psittacidae (amazona – Amazona va ara – Ara turlari) momota – Momotidae, chumchuqsimonlarning qichqiruvchi chumchuqlar – Tyranni kenja turkumiga kiruvchi endemik oilalar – topokolo, qurtxo’rlar, chumolixo’rlar, pechniklar, drevolazlar, manakinlar, travarezlar, va xokazolardan iborat. Reptiliyalar faunasi Neotropika oblastida quyidagi reptiliyalar yashaydi: Kaymansimon yoki muskusli toshbaqalar oilasi – Chelydridae, Suv toshbaqalari – Emydidae, Quruqlik toshbaqalari – Testudinidae ( 2 turi ), Yonbo’yinli toshbaqalar – Pleurodira kichik turkumining 2 oilasi – pelomeduzalar Pelomedusidae va ilonbo’yinli toshbaqalar Chelyidae vakillari; Kaltakesaklardan iguanalar – Iguanidae ning (100 turi bor) yirik daraxtda yashovchi, tog’da yashovchi mayda qoyatoshlarda va cho’llarda yashovchi, ayrim suv muhiti bilan bog’liq turlari, dengiz iguanalari-Amblyrrhynchus (Galapagoss orollarida yashaydi va suvo’tlar bilan oziqlanadi) stsinklar, gekkonlar (turlar soni Eski Dunyoga qaraganda kam), Ilonlarning Anilidae oilasiga kiruvchi turlari korall svertashkasi Anilis yoki Amerika suviloni; Bo’g’ma ilonlarning Boinae kenja turkumi vakillari; xaqiqiy bo’g’ma ilonlar Constrictor, anakonda Eunectes murinus, xipcha qorinli bo’g’ma ilonlar Corallus; Aspidlar oilasi – Elapidae turlari masalan: zaharli korall aspidi (Mikrurus urug’i), shaqildoq ilonlar Crotalinae (40 turi yashaydi) oilasi turlari: (masalan: jararaka, kaskavela, bushmeyster zaharli ilonlar hisoblanadi) Amfibiyalar faunasi Neotropikada amfibiyalarni quyidagi turlari yashaydi: Oyoqsizlardan chervyagalar Cueciliidae oilasining 3 endemik urug’iga mansub 16 turi: ` Dumlilardan o’pkasiz salamandralar – Plethodontidae; Dumsizlardan esa baqa va qurbaqalarning juda ko’p turlari: pipalar – Pipa, svistunlar – Leptodactylide, xaqiqiy qurbaqalar – Bufonidae (zaharli qurbaqa Aga shu oblastda yashaydi). Daraxt baqalari yoki kvakshalar Hylidae (turlari: temirchi kvaksha, Brazilya kvakshasi, fillomeduza, xaltali kvaksha) . Xaqiqiy baqalar Ranidae materikning janubiy qismida emas, balki shimoliy qismida yashaydi.
Neotropika oblastida quyidagi baliqlar yashaydi: Ikki xil nafas oluvchilardan Lepidosirenidae – lepidosiren; Suyak tillilar Osteoglossidae oilasini Arapaima (bularning uzunligi 4 m, og’irligi 200 kg keladi) va aravana urug’i turlari; endemik hisoblangan elektr ugorlar Elektrophoridae oilasining yagona turi (tanasida 350 – 500 volt tok hosil qiladi); Xaratsinoidlar turkumi turlari (800 turi uchraydi) hayot kechiradi; bulardan piranyasimonlar Serrasalmidae oilasiga taalluqli piranyalar; mayda xaratsinsimonlar oilasi turlari – tetra, neon va xokazo; Laqqabaliqlarni Doradidae, Pimelodidae, Pugididae (parazit hayot kechiradilar) oilalariga kiruvchi turlari, shuningdek Asprenidae va boshqa oilalari turlari ham shu yerda tarqalgan(jami 12 endemik oila). Masalan, kallixt turi akvariumlarda boqiladi. Tikanqanotlilardan Nandalar oilasi Nandidae, xromislar oilasi Cichlidae oilasiga kiruvchi turlari; masalan, akvariumda boqiladigan skalyariyalar shular jumlasidandir. Neotropikaning umurtqasiz hayvonlari faunasi Neotropika oblastining quruqlikda yashovchi umurtqasiz hayvonlariga: Kapalaklar: kavaler, marfo – Morphidae, Gelikonidlar, achitqi kapalaklar, uraniyalar. Qattiqqanotlilar yoki qo’ng’izlar – rogach, arrakash – titan, zlatka – tillaqo’ng’izlar, Puyophoris urug’iga mansub vizildoq qo’ng’iz. Pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi nashtarsiz arilar – meliponlar, turli-tuman chumolilar – daydi etsitonlar, saubalar yashaydi. Shuningdek Neotropika oblastida gigant skolopendralar (uzunligi 25 sm), yirik qushxo’r o’rgimchaklar, o’rmonlarda esa quruqlikda yashovchi zuluklar hayot kechiradi. Umuman olganda, Neotropika oblastining hozirgi zamon faunasi – uchlamchi davrga mansub qadimiy endemik fauna va Osiyodan Shimoliy Amerika orqali kirib kelgan yangi faunani aralashib ketishidan hosil bo’lgan. Faunaning xos-xususiyatiga qarab, Neotropika oblasti Gviana – Braziliya, Markaziy Amerika va Chili kichik oblastlariga ajratildi.
Ushbu kichik oblast Neotropikaning katta qismini egallaydi. Unga shimolda Panama bo’ynidan tortib, janubda to 30˚ janubiy kenglikkacha bo’lgan o’rmonzor bilan qoplangan hududlarni egallaydi. Gviana – Braziliya kichik oblasti Braziliyadagi savanna va pamnaslar, Venesueladagi o’t – o’simliklar o’sgan dashtlar, Kordilera tog’larining sharqiy yonbag’ridagi tog’-o’rmonlari kiradi. Faunani quyidagi turlar tashkil etadi:
Gviana – Braziliya oblastida quyidagi qushlar yashaydi: Quyoshsimon oqqush, tukan, ara va amazona to’tiqushlari,tosh xo’rozchalari.
Anakonda, zaharli bushmeyster, daraxt iguanasi. Amfibiyalar sinfi: Pipa baqasi, kvakshalarning ko’pchilik turlari. Baliqlar sinfi: Ikki xil nafas oluvchi baliq – lepidosiren, elektr ugor balig’i, piranya. Markaziy Amerika kichik oblasti Bu kichik oblast Panama bo’ynidan to Neogey olami shimoliy chegarasigacha, ya’ni Meksika tog’larining janubiy chekkalarigacha bo’lgan hududni egallaydi. Markazi Amerika kichik oblastining relefi tog’likdan iborat bo’lsada, bu yerda Kordilyera tog’larining baland cho’qqilari uchramaydi. O’simlik qoplamini palmalarning ko’pchilik turlari mavjud tropik o’rmonlar tashkil qiladi. Kichik oblastning faunasi o’tish harakteriga ega, chunki Janubiy Meksika va Markaziy Amerikada Neotropika hamda Nearktika hayvonlarining areallari bir-birini qoplab olgan. Shunday bo’lsada, Markaziy Amerika kichik oblasti faunasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu kichik oblastda quyidagi hayvonlar yashaydi: Sut emizuvchilar: Yenotsimonlar – kinkaju, kakomitsli Jentinkia sumichrasi (endemik tur), Markaziy Amerika tapiri Tapirus bairdi, o’nbelbog’li bronenossets – zirxli, yerqazir, polevka. Qushlardan: Qirol tasqara, endemik urug’ hisoblangan tinamu Nothocercus, zvonar, kolibrilarning bir necha endemik turlari, chittaklar. Baliqlardan: Karptishlilarning juda ko’p turlari, chukuchan Hasharotlardan: eng xarakterlisi Callipodon urug’iga kiruvchi mo’ylovdor qo’ng’izlar. Chili kichik oblasti Chili kichik oblasti qit’aning janubiy qismini, Neogey olamini janubiy chegarasigacha bo’lgan hududlarni egallaydi. Bu hudud mo’’tadil iqlimli bepoyon cho’l hududlari, pampaslarni, o’rmonsiz yassi tog’larni, haqiqiy sahrolar va tog’ cho’qqilarini o’z ichiga oladi. Chili kichik oblastida quyidagi hayvonlar yashaydi:
Bronenosetslar,xaltalilar, lamalar, tog’ va pampas kiyiklari (bug’ular), ko’zoynakli ayiq Tremarctos ornatus (Janubiy Amerikadagi yagona ayiq). Kemiruvchilardan: shinshilla, nutriya, dengiz cho’chqasi. Qushlar sinfi: Nandu yoki Amerika tuyaqushlari, pelamedeya, tinamu. Amfibillar sinfi: Chili tog’larida yashovchi, Qisqaboshlilar oilasiga mansub Darvin rinodermasi. Karib (Antil) oblasti Karib oblasti hududiga Katta Antil (Kuba, Yamayka, Gaiti, Puerto – Riko), Bagama, Kichik Antil orollari, Trinidad orollari kiradi, shuning uchun ham ushbu oblast orol xarakteriga ega. Karib oblastining tabiiy sharoitlari qulay bo’lib, uning katta qismini tropik o’rmonlar qoplab olgan. Oblastning faunasi uchun quyidagi hayvonlar xosdir:
Karib oblastida qushlarning quyidagi turlari yashaydi: Rakshasimonlar yoki ko’k qarg’alar turkumining endemik todi Todidae oilasi turlari: kolibri, trogon, kakkuqush, tiranna va boshqa oilalarga mansub endemik turlar mavjud. Umuman olganda bu oblastda qushlarning 140 turi bo’lib, ularning 25% endemikdir. Endemik turlarning ko’pchiligi Yamaykada hayot kechiradi.
Toshbaqalarning bir necha turi, timsohlarning 2 turi (Kubada ularning bitta endemik turi bor), kaltakesaklarning juda ko’p turlari (masalan, amfisbenlar), ayrim ilon turlari, jumladan nayzaboshli ilon Bothrops atrox (bu ilon zaharli bo’lib, faqat Kichik Antil orollarida yashaydi). Baliqlar sinfi: Karib oblastida Shimoliy Amerika pantsirli cho’rtanlari, xromislar, tirik tug’uvchi va tuhum qo’yuvchi karptishlilarning juda ko’p turlari, gambuziya baliqlari yashaydi. Amfibiyalar sinfi: Amfibiyalarning oyoqsizlar va dumlilar turkumlariga kiruvchi turlari uchraydi. Bu yerda baqalarning 5 turi: kvaksha, Janubiy Amerika Svistunlari, kaltaboshli baqalar yashaydi. Molyuskalar faunasini juda ko’pchilik turlar tashkil qiladi, sababi bu yerda oxak moddasi ko’p to’plangan.
Notogey olami tarkibiga Janubiy Amerika qit’asining eng chekka janubiy qismi (Patagoniya, Olovli Yer oroli), Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Zelandiya va Dunyo okeanining subantraktik orollari kiradi. Shuning uchun ham Notogey olamini orol ko’rinishidagi faunistik olam deb aytish mumkin. Bu olam uchun faunaning kambag’alligi va hayvonot olamini bir tomonlama rivojlanishi harakterli xususiyatdir. Notogey olamini 3 ta zoogeografik oblastga ajratiladi: Avstraliya oblasti Yangi Zelandiya Patagoniya (Golantarktika) Avstraliya oblasti Bu oblastga Avstraliya qit’asi, Tasmaniya va boshqa kichik orollar (Kenguru, King, Flinders) kiradi. Avstraliya oblastining tabiiy sharoitlari uning iqlimi, geografik joylashuvi, rel’efining tuzilishi bilan bog’liq. Materikning shimoliy qismi tropik zonada joylashgan bo’lsa, markaziy qismi subtropik, janubiy qismi mo’tadil zo’naga to’g’ri keladi. Periferik qismida tog’ cho’qqilari joylashgan. Materikning markaziy qismida namlikni yetishmasligi ko’rinadi. Avstraliya oblastining g’arbiy qirg’oqlari Darling va Viktoriya tog’lari bilan, sharqiy sohillari esa katta suvayirg’ich cho’qqilari bilan qurshab olingan. Avstraliyaning shimoliy-sharqiy qismiga (Kvinslend) va Tasmaniyaga ko’p miqdorda yog’in tushadi. Shuning uchun ham bu qismda o’rmonlar ko’p: shimoliy-sharqida tropik, undan janubroqda subtropik, keyin esa ninabargli-kengbargli o’rmonlar mavjud. Avstraliyaning nam subtropik o’rmonlarida ulkan evkaliptlar o’sadi. Tasmaniyada notofagus buk daraxti va daraxtsimon paporotniklardan iborat keng bargli o’rmonlar bor. Avstraliyaning janubiy-g’arbiy qismi nisbatan quruq bo’lib, siyrak o’rmonlar bilan qoplangan. Qit’aning qolgan qismi past bo’yli, dag’al bargli evkaliptlar va doimiy yashil akatsiyalar (masalan: skreb) yoki buta ko’rinishdagi sho’ralar bilan qoplangan o’rmonlarga egadir. Avstraliyaning katta qismini turli-tuman sahrolar egallaydi. Qum sahrolarida kseromo’rf turdagi dag’al bargli boshoqdoshlardan spinifeks va triodiya turkimiga mansub o’simliklar o’sadi. Avstraliya oblastining hayvonlari faunasi uchun bir teshiklilar va xaltali sut emizuvchilar xosdir. Avstraliya oblastida quyidagi hayvonlar yashaydi: Sut emizuvchilar: Tuhum qo’yuvchilar Prototheria kenja sinfining birteshiklilar turkumi – Monotremata O’rdakburunlar – Ornithorhynchidae oilasi (1 tur) Yehidnalar – Tachyglossidae oilasi (1 tur) Proyehidna. Xaltali sut emizuvchilar – Marsupialia turkumi. 8 ta oilaga mansub turlari yashaydi. Xaltali yirtqichlar – Dasyuridae Nambatlar yoki xaltali chumoliho’rlar – Myrmecobiidae Xaltali krotlar – Notoryctidae Bandikutlar – Paramelidae Possumlar yoki falangistlar – Phalangeridae Xaltali ayiqlar yoki koala – Phascolarctidae Vombatlar – Vombatidae Kenguru – Macropodidae Bulardan xaltali bo’ri va xaltali iblis yirtqichlardir. Yo’ldoshli sut emizuvchilar: Yovvoyi it – dingo-inson tomonidan olib kelingan. Sichqonsimonlar oilasi turlari: Qunduzsimon kalamushlar Hydromidae kenja oilasi turlari: qo’lqanotlilarning hasharotho’r turlari. Qushlar faunasi: Avstraliya oblastida quyidagi qushlar yashaydi: Asosan 50 oilaga mansub turlar qayd qilingan. Ko’kraktojsiz qushlardan Emu – Dromaeidae oilasiga mansub turlar, qazuarlar, qirg’iy, qora o’rdak, miqqiy, laylak. Xas tovuqlar Megapodiidae oilasining turlari: masalan, xas kurkalar, ko’zchasimon tovuqlar: To’tiqushlarning kakadu, lori (cho’tka tilli to’tiqush), yassidumli to’tiqush – tungi to’tiqush Geopsittacus occidentalis; Mitti to’tiqushlar – Neophema; Zimorodoklar – Dacclogisas; Liradumlar Menuridae oilasi turlari: Butazor qushlari – Atrichornithidae Asalho’rlar – Meliphagidae Chug’urchiqlar – Grallinidae, o’rmon qaldirg’ochlari Artamidae, Avstraliya hakkalari Cracticidae va boshqalar. Reptiliyalar sinfi: Ilonbo’yin toshbaqalar – Chelydae, turli gekkonlar, Avstraliya gekkonlari, tangachaoyoqlilar– Pudopodidae endemik oilasiga mansub, ilonsimon gavdali kaltakesaklarni 13 turi bor bo’lib, 12 turi Avstraliyada, 1 turi Yangi Gvineyada tarqalgan. Avstraliya shimoli va shimoliy g’arbida yopqichli kaltakesak Chlamydosaurus kingi, molox – Moloch horridus (tanasi gigroskopik bo’lib, suvni shimib oladi) , Stsinklar – tikanli stsinklar yoki egerniya, kaltadumli stsinklar – Trachysaurus rugosa, echkemarlarning juda ko’p turlari (eng kichigining kattaligi 20 sm). Ilonlar: tropikopolit ko’rilonlar, pitonlar (Rombik pitonlar, ametist pitoni) suvilonlar, aspidlar. Aspidlarning qadimgi va primitiv turlari mavjud - denisoniy, yexidna, taypan, yo’lbarssimon ilon (zahari eng kuchli) Timsohlar: Faqat shimoliy zonada uchraydi. Amfibiyalar sinfi: Avstraliya oblastida – qurbaqalar, svistunlar, kvakshalar yashaydi. Svistunlarning Criinidae kenja oilasini 56 turi uchraydi. Qizil kvaksha, Avstraliya qurbaqasi Chiroleptes platycephalus, shuningdek, Myobatrachus urug’ining yagona turi uchraydi. Baliqlar sinfi: Avstraliya oblastida baliqlarni quyidagi turlari bor: Shoxtish – neoseratod Neoceratodus forsteri (175 sm uzunlikda, 10 kg og’irlikda); Suyaktillilar oilasiga kiruvchi skleropages Scleropages leichardti; Galaksiyasimonlar – Galaxiidae oilasi turlari bor. Ularning Avstraliya va Tasmaniyada 24 turi, Yangi Zelandiya – 20 turi, Janubiy Amerikaning janubida 7 turi, Janubiy Afrikada 2 turi tarqalgan. Ushbu oblastdagi 3 ta urug’i esa endemikdir. Umurtqasizlar: Kunduzgi kapalaklar: kavalerlar, kuyalar; Chumolilar: ponerin, bulldog chumoli, asalchumolilar; Termitlar; to’g’riqanotlilar- asosan chigirtkalar; Qo’ng’izlar: Avstraliya bargxo’r qo’ng’izlari, vizildoq qo’ng’izlar; Yomg’ir chuvalchanglari: Megaskoletsidlar Megascolecidae oilasiga mansub chuvalchanglar, uzunligi 2,5 m keladi. (Antiboreal tarqalish xarakteriga ega) Yangi Zelandiya oblasti Ushbu oblastga Yangi Zelandiyaning har 2 katta oroli (Shimoliy va Janubiy) hamda mayda orollar – Oklend, Kermadek, Chatem va boshqa orollar kiradi. Yangi Zelandiya - muzliklar, ko’llar bo’lgan tog’li alp zonasi sanaladi. Suvi qaynab turgan buloqlar ham uchraydi. Iqlimi yumshoq, yillik yog’in miqdori 815-1090 mm, yillik o’rtacha harorat 12-13`C, minimal harorat 5`C dan kam emas. Asosiy landshafti qalin nam o’rmonlar bo’lib, ularda daraxtsimon paporotniklar, janubiy buk daraxtlari o’sadi. Janubiy Orolning sharqiy sohillari bo’ylab dasht zonasi joylashgan. Yangi Zelandiya faunasini quyidagi hayvonlar tashkil qiladi:
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling