20 – mavzu: VIII guruh elementlari. Reja
Kobalt (II gidroksid) Co(OH)
Download 151.25 Kb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kobalt va nikel (II) ning tuzlari.
Kobalt (II gidroksid) Co(OH)2 va nikel (II gidroksid) Ni(OH)2.
Kobalt (II) gidroksid ikki xil allatropik shakl o‘zgarishiga ega: ko‘k (α-shakl) va pushti (β-shakl). Nikel (II) gidroksid olma gel rangli bo‘ladi. Suvda erimaydi. Asos xossaga ega. Kislotalar bilan ta’sirlashadi: Co(OH)2 + 2HCl = CoCl2 + 2H2O. Ammiakning suvli eritmasida erib ammiakli komplekslar xosil qiladi.: Ni(OH)2 + 6NH3 = [Ni(NH3)6](OH)2. Kobalt gidroksid konsentrlangan ishqor eritmasida eriydi va natriy geksagidroksokobaltat (II) xosil qiladi va kuchsiz kislotali xossaga ega ekanligini nomoyon qiladi: Co(OH)2 + 4NaOH = Na4[Co(OH)6]. Qizdirilganda parchalanadi: Ni(OH)2 = NiO + H2O. Temir va kobalt (II) idroksidlar xavo kislorodi ishtirokida sekin oksidlanadi (Nikel gidroksid chidamli): 4Сo(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Co(OH)3. Metall tuzlariga ishqor ta’sir ettirib olinadi: CoSO4 + 2NaOH = Co(OH)2 + Na2SO4 NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2 + Na2SO4 Kobalt va nikel (II) ning tuzlari. Kobalt (II) tuzlari odatdagi sharoitda pushti va qizil rangli ko‘rinishdagi kristallogidratlardir: Co(NO3)2·6H2O, CoSO4·7H2O, CoCl2·6H2O va boshq. Kobalt (II) ning akvakomplekslari yorqin pushti rangli bo‘ladi. Nikel (II) ko‘plab tuzlar xosil qiladi. Tuzlarining kristallari yashil rangli kristalogidratlardan iborat: Ni(NO3)2·6H2O, NiSO4·6H2O, Fe(ClO4)2·6H2O, K2Ni(SO4)2·6H2O va boshq. Nikel (II) akvakomplekslari tuzlarining eritmalari yorqin yashil rangda bo‘ladi. Kobalt va Nikelning (II) valentli tuzlari tuzlar oilasiga tegishli xususiyatlarga ega. Fe3+ + 3CNS- = Fe(CNS)3. Download 151.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling