20 – mavzu: VIII guruh elementlari. Reja


Download 151.25 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi151.25 Kb.
#1751997
  1   2   3   4
Bog'liq
20 - mavzu


20 – mavzu: VIII guruh elementlari.
Reja:
1. Kobalt, nikel (II, III) birikmalari: oksidlari, gidroksidlari, tuzlarning olinishi va xossalari.
2. Kobalt, nikelning kompleks birikmalari. Kobalt, nikel, ularning qotishmalari va birikmalarining ishlatilishi.
3. Palladiy va platinaning tabiatda uchrashi. Platina oilasi metallarining fizikaviy va kimyoviy xossalarining o‘ziga xosligi.
4. Bu elementlarning muhim birikmalari va kompleks birikmalari, ishlatilishi.
5. Davriy sistemada yangi kashf qilingan (107-118) elementlarning elektron tuzilishi, ularning kashf qilinishi, olinishi fizik va kimyoviy xossalari hamda ularning birikmalari ishlatilishi, biologik ahamiyatlari.


Kobalt – Kobalt birinchi marta 1735 yil shved ximigi Georg Brant tomonidan nemislar shaxarchasi Saksoniyadan topilgan rudadan ajratib olingan. Bu pushti tusli kulrang metal edi. Uning nomini mifologik yovuz ruh Kobald nomiga nomlashgan.
Nikel – Temir meteoritlari tarkibida mavjud bo‘lgan nikel birinchi marta 1751 yil shved metalllurgi Aksel frederik Kronsted tomonidan aloxida ko‘rinishda olingan. Uning nomi ham mifologiyalardagi yovuz ruh Nika nomiga qo‘yilgan.
Kobalt va nikel ko‘p xollarda birga uchraydi. Ba’zida erkin xollarda xam bo‘ladi. Ular keng tarqalgan elementlardir. Yer po‘stlog‘ida kobalt 3·10-3 mas. %, nikel esa – 8·10-3 мас. %. Metallar sulfidlar va arsenidlar shaklida uchraydi. Kobaltning asosiy minerallari: kobaltin CoAsS, skuterrudit CoAs2; nikelniki – nikelin NiAs lardir. Tabiatda uchraydigan temir bilan birga minerallari: pentlandit (Fe, Ni)9S8 va safflorit (Co, Fe)As2 lardir.

Kobalt va nikelning (II) birikmalari
Kobalt (II)oksid CoO va nikel (II)oksid NiO.
Kobalt (II) oksidi – kulrang tusli kubik kristall modda. Nikel (II) oksid yorqin to‘q yashildan qora rangga o‘zgarib turadi.
Kuchsiz amfoter xossaga ega. Suvda erimaydi. Kislotlar bilan ta’sirlashib tuzlar xosil qiladi:
CoO + 2HCl = CoCl2 + H2O.
Suyultirilgan ishqorlarda xavo va ammiak eritmasi ta’sirida eriydi:
NiO + Ba(OH)2 = BaNiO2 + H2O.
Inert atmosfera ta’sirida gidroksidlarini va qo‘sh oksidlarini parchalab olinadi:
Ni(OH)2 = NiO + H2O,
2Co3O4 = 6CoO + O2.


Download 151.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling