Kobaltning +3 oksidlanish darajali kompleks birikmalari juda ko‘p uchraydi. Binar birikmalari va tuzlari esa kam. Nikelning +3 birikmalari deyarli yo‘q.
Kobalt (III) oksid. Co2O3 – kulrang, to‘q jigarang yoki qora rangli, kuchli oksidlovchi xossaga ega aralash oksid. Tarkibida kislorod steximetrik taqchil. Amalda suvda erimaydi. Kislotalar bilan kuchsiz ta’sirlashadi. 300°С dan yuqorida parchalanadi:
6Co2O3 = 4Co3O4 + O2.
Nikelning yuqori oksidi olinmagan.
Kobalt (III) gidroksid Co(OH)3 va nikel (III)gidroksid Ni(OH)3.
Kobalt (III) gidroksid to‘q jigarrang, odatdagi sharoitda stexiometrik bo‘lmagan tarkibga ega modda. Yorug‘likda parchalanadi. Suvda erimaydi, nitrat va sulfat kislotalar bilan oksidlovchi xossa nomoyon qilib sust ta’sirlashadi:
4Co(OH)3 + 4H2SO4 = 4CoSO4 + O2 + 10H2O.
Ishqor eritmalariga kobalt (III) tuzlari ta’sir ettirib olinadi:
CoCl3 + 3NaOH = Co(OH)3 + 3NaCl
Yoki kobalt (II) tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirib:
2CoCl2 + Cl2 + 6NaOH = 2Co(OH)3 + 6NaCl.
Nikel (III) gidroksid – ikki xil polimorf modifikatsiya xosil qiladigan qora rangli modda. Kuchli oksidlovchi xossaga ega:
2Ni(OH)3 + 6HCl = 2NiCl2 + Cl2 + 6H2O.
Faqat nikel (II) gidroksidga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:
2Ni(OH)2 + Br2 + 2NaOH = 2Ni(OH)3 + 2NaBr.
Temir triadasi organic ligandlar bilan ko‘p sondagi komplekslar xosil qiladi: nikel dimetilglioksimat – Chugaev reaktivi va gemoglabin.
Do'stlaringiz bilan baham: |