20-mavzu: Faunaning yoshi va genezisi toʼgʼrisidagi materiallar. Reja
Faunaga antropogen omillarning ta’siri
Download 184.01 Kb.
|
Зоогеграфия 3-Лекция (1)
Faunaga antropogen omillarning ta’siri
Insoniyat qadimdan hayvonlarning bir joydan ikkinchi joyga tarqalishini bevosita va bilvosita amalga oshirib kelmoqda. Qadimda orollarda yashovchi dengizchilar uzoq masofada joylashgan Polineziy orollariga o‘zlari bilan cho‘chqa, it va shu kabi boshqa uy hayvonlarini olib kelishgan. Keyinchalik mazkur hayvonlarning ayrimlari orollarda yovvoyilashib ketgan (Avstraliyada dingo iti va boshq.). Oxirgi yuz yillikda hayvonlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib o‘tish masalasida inson faoliyatining roli ancha jadallashdi va butun yer yuzini qamrab oldi. Juda ko‘p turlar inson ta’sirida tasodifiy ravishda bir joydan boshqa joyga keltirilgan. Bunga ayniqsa, parazitlar va insonning yo‘ldoshiga aylangan kulrang va qora kalamushlar, uy sichqonlari, burgalar, kanalar, pashshalar kabi turlarni misol qilish mumkin. Pashshalar qutbdagi Dikson orolida joylashgan radiostansiyada taxminan 1923 yilda paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik turlarning temir yo‘llar orqali tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Masalan, 1934 yilda non ortilgan vagon orqali ikkita yumronqoziq Belorussiyaga, avtomobil yo‘llari orqali opossum, iguana va zaharli kaltakesaklar Amerikaga keltirilgan. Xuddi shunday, kemalar va boshqa suzuvchi ob’ektlar ko‘plab turlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan. Masalan, termitlar va boshqa ko‘pgina tropik hasharotlar Odessa yaqiniga tarqalgan, 3 yil davomida dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan Gamburg portiga bir qismi tropik kelib chiqishga ega bo‘lgan 490 turdagi hayvonlar olib kelingan, Janubiy Fransiyaning port shaharlarida yashovchi gekkonlar Aljirdan keltirilgan, Osiyoda uchrovchi shilliqqurt (Achatina fulica) Afrikadan kelib qolganligi va ushbu shilliqqurtning 1922 yilda Singapurda, so‘ngra Saravakeda, ayni vaqtda esa Xitoyda uchrashi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ba’zi joylarda esa mazkur shilliqqurt zararkunanda darajasigacha ko‘tarilgan. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonga keltirilgan ondatra, ilonbosh baliq, oq amur, gambuziya kabi turlar ham ayni vaqtda o‘z areallarini kengaytirib bormoqda. Tasodifan kelib qolgan turlarning ayrimlari xavfli zararkunandalar sanaladi va xo‘jalikka katta ziyon yetkazadi (kolorado qo‘ng‘izi, qand sikadasi). Buning oldini olish maqsadida davlat chegaralarida karantin xizmati tashkil etilgan. Hayvonlarni ongli ravishda turli maqsadlarda olib kelish, ularni iqlimlashtirish amaliyotda keng qo‘llaniladi. Yevropaga Shimoliy Amerikadan ondatra, Janubiy Amerikadan esa nutriya keltirilgan, ussuriy yenotlari Kavkazga, los esa Yangi-Zelandiyaga iqlimlashtirilgan. Xo‘jalik uchun zararli bo‘lgan hayvon turlariga qarshi biologik kurash maqsadida ham hayvonlar iqlimlashtirilgan. 1872 yilda zaharli ilonlar hamda qand plantatsiyalariga ziyon keltiruvchi kalamushlarni qirish maqsadida Antel orollari, Santa-Lyuchiya, Martinik, Gaiti, Yamayka va boshqa joylarga mangustlar iqlimlashtirilgan. Xuddi shunday, mangustlar Janubiy Afrika, O‘rta Yer dengizi va Amerikaga ham keltirilgan. Apelsin va limonzorlarga jiddiy zarar keltiruvchi Lceria purchasi nomli hasharotga qarshi kurash maqsadida Avstraliyadan bu hasharotning tabiiy dushmani hisoblangan xonqizi keltirilgan va samarali natijaga erishilgan. Ba’zan, kolonistlar tomonidan o‘z vatanlarini qo‘msash, uni eslash maqsadida qator turlar, ayniqsa qush turlari bir hududdan boshqasiga olib kelingan. Shu usulda oddiy chumchuq Amerika va Janubiy Sharqiy Osiyoga tarqalgan. Yevropaning qator turlari Yangi-Zenlandiyaga, Yevropa va Amerika turlari Gavay oroliga keltirilganligi qayd etiladi. Bezgak pashshasiga qarshi kurash maqsadida ko‘p joylarga amerikaning karpsimon baliqchalari (Girardinus va Gambusia) tarqatilgan. Dastlab Yangi-Zelandiyaning mahalliy faunasi tarkibida 3 turga mansub bo‘lgan sutemizuvchilar (1 tur kalamush va 2 tur ko‘rshapalak) uchragan va keyingi yillarda bu joyga mikroskopik kichik hayvonlardan tashqari 600 turdagi hayvonlar ongli ravishda keltirilgan. Buning oqibatida Yangi-Zelandiyaning haqiqiy faunistik qiyofasi tubdan o‘zgargan. Bunday holat Avstraliya uchun ham xos. Yer yuzining turli joylarida Yevropa madaniyatining rivojlanishi oqibatida hayvonot dunyosi tarkibida ham turli o‘zgarishlar sodir bo‘lgan va bu jarayon ayni vaqtda ham davom etmoqda. Fauna tarkibidagi o‘zgarishlarning aksariyati yevropada tarqalgan hayvonlar hisobiga yuz berishini hisobga olgan holda, bu hodisa fanda “faunani yevropalashtirish”deb nom olgan. Ushbu hodisani o‘rganish hayvonlarning tarqalishidagi ayrim qonuniyatlarni oydinlashtirish imkonini beradi hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi misollar insonning tabiatga ta’siri turli-tuman va chuqur bo‘lishidan hamda muhim zoogeografik ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Zoogeografik omil tabiatga ta’sir qiluvchi va uning o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omil sifatida pleystotsen davrida Yevropada boshlangan. Madaniyatning rivoji va aholi sonining ortib borishi natijasida bu omilning ta’sir doirasi kengayib bormoqda. Ayniqsa keyingi 100 yillikda Yevropa va Shimoliy Amerikada uning oqibatlari yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Faunaga antropogen omillarning salbiy ta’sirlari natijasida ayrim turlar butunlay qirilib ketgan. Masalan, qadimgi gavayaliklar tomonidan ba’zi qush turlari, qadimgi polineziyaliklar tomonidan mao qushlari va Yangi-Zenlandiyadagi qushlarning ayrim avlodlari, Maskaran orollarida drontlar qirilib ketgan. Xuddi shunday kokilli qoravoy, steller sigiri, 1844 yilda esa qanotsiz gagaraning oxirgi jufti inson tomonidan nobud qilingan. G‘arbiy Yevropada ayiqlar qirilib ketgan (1934 yilda Polshada 100 ta ayiq saqlanib qolgan), bo‘ri, rossomaxa, los kabi turlar atigi bir necha sondagina saqlanib qolgan. Bir paytlar suvsarning areali to‘liq bo‘lgan, XX asrning boshlariga kelib esa u bir nechta alohidalashgan areallarga ega bo‘lgan. Endiliqda yuqorida qayd etilgan turlarning ko‘pchiligini ov qilish ta’qiqlangan va maxsus muhofazaga olingan. Ba’zi hollarda kelgindi turlarning mahalliy turlarni to‘g‘ridan-tug‘ri qirishi va areallarini egallashi biotsenoz tur tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, daydi mushuklar va itlar Yangi-Zelandiyadagi yaxshi ucha olmaydigan to‘tilarning nobud bo‘lishiga olib kelgan. Zaharli ilonlar va qand plantatsiyalariga ziyon keltiruvchi kemiruvchilarga qarshi kurash maqsadida ko‘pgina joylarga keltirilgan mangustlar ba’zida beozor, foydali hayvonlarni ham qirishi kuzatilgan. Antil oroliga keltirilgan mangustlar toshbaqalar va yerga uya quruvchi qushlar, amfibiyalar, reptiliyalar (20 turdagi kaltakesak) va ularning tuxumlarini nobud qila boshlagan. Mazkur hayvonlarning qirilishi o‘z navbatida zararli hasharotlarning ko‘payishiga va oqibatda shakar qamish plantatsiyalarining ziyon ko‘rishiga sabab bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida mangustlar sonini cheklashga sabab bo‘lgan. Hayvonlar yashaydigan joylarning inson tomonidan o‘zlashtirilishi ham hayvonlarning tabiiy tarqalish areallari o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillardan biridir. Bu keng tarqalgan jarayon bo‘lib, o‘rmonlarni kesish, yangi ekin maydonlarini yaratish, botqoqliklarni quritish, yo‘llar qurish, to‘g‘onlar barpo etish va shu kabi boshqa faoliyatlar natijasida shakllanadi. Landshaftlarning o‘zgartirilishi hayvonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirishga qaraganda ham kuchliroq ta’sir doirasiga ega bo‘lib, bunda nafaqat ayrim turlar, balki butun biokomplekslar yo‘qotiladi. Xo‘jalik yuritiladigan joylarda inson faoliyatining faolligi qancha yuqori bo‘lsa, bu joylarda yashovchi urbofob turlar soni shuncha kam bo‘ladi yoki aksincha. Ba’zi urbofil turlar esa aksincha, inson xo‘jaligiga yaqin bo‘lgan sharoitda yashaydi va o‘z sonini oshirish qobiliyatiga ham ega bo‘ladi. Bunday turlarga O‘zbekistonda va boshqa joylarda keng tarqalishga va yuqori zichlikka ega bo‘lgan kulrang kalamush, uy sichqoni, mayna, dala chumchug‘i, go‘ng qarg‘a va ko‘pgina hasharot turlarini misol qilish mumkin. Ayrim sinantrop turlar esa bevosita inson xo‘jalik yuritadigan joylardagina uchraydi (suvaraklar, to‘shak qandalasi, uy pashshasi, qishloq qaldirg‘ochi, uy chumchug‘i, yer kalamushlari va shu kabilar). Ayrim turlarning vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun tabiiy landshaftlardan madaniy landshaftlarga ko‘chib o‘tish jarayoni ham keng tarqalgan hodisadir. Bunda yangi sharoitga nisbatan moslashish natijasida tur ekologiyasi va etologiyasida muayyan o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Inson tomonidan yaratilgan madaniy landshaftlar (qishloq, shahar, agrotsenoz) o‘zlarining tarkibida tabiiy landshaftlarning ayrim elementlarini saqlaydi. Bu elementlar suv havzalari, o‘rmonlar, tog‘, dasht, cho‘l va boshqalarga o‘xshash bo‘lib, ularda tabiiy landshaftlarga xos bo‘lgan turlar uchraydi. Yuqorida qayd etilganidek, faunistik majmualarga inson tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir ba’zida inson manfaatlariga mos kelsada, deyarli hamma vaqt fauna uchun salbiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Muayyan hududda uzoq evolyusiya natijasida shakllangan, shu joyning barcha biotik va abiotik omillariga moslashgan va muvozanatlashgan faunaning har qanday elementi inson tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday ta’sirdan o‘zgarish xususiyatiga ega. Ayniqsa aborigen fauna elementlarining bunday ta’sirlardan o‘zgarishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Xolbuki, bunday ta’sirlar ko‘lami va darajasi inson ehtiyojlarining ortishi bilan ko‘payib bormoqda. O‘zaro o‘xshash landshaftlar majmuasidan tashkil topgan zoogeografik viloyatlar va regionlar tarkibida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mazkur hududning hayvonot olamiga kuchli ta’sir etadi va ko‘pincha turlarning boshqa hududlarga migratsiya qilishiga yoki ularning qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Areal lotincha area – maydon, makon, ya’ni o‘simlik yoki hayvon turi, yer yuzidagi qandaydir hodisa, foydali qazilmalar va shu kabilarning tarqalish hududi ma’nosiga ega. Kontur xaritalarda areallar turli shakllar, ranglar, chiziqlar va boshqa belgilar bilan ifodalanadi. Bunday yo‘l tutish turli areallarni bir-biridan ajratish imkonini beradi. Areal tushunchasi zoogeografiyada keng qo‘llaniladi va bunda asosan yer yuzasining muayyan tur yoki har qanday sistematik birlikka (avlod, oila, turkum, sinf va boshq.) mansub hayvonlar bilan egallangan qismi nazarda tutiladi. Zoogeografiyada ko‘pincha tur areali xususida so‘z boradi. Chunki tur tirik organizmlarning asosiy birligi va dastlabki sistematik kategoriyasidir. Ayrim hollarda kenja turlarning areallarini o‘rganish ham qimmatli ma’lumotlarni olish va muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, fauna tur tarkibining to‘liq ro‘yxatini tuzish juda murakkab. Xuddi shunday, juda uzoq va ko‘p izlanishlar hamda katta tajriba talab etilganligi sababli, amaliyotda, yer yuzasida mavjud bo‘lgan barcha organizmlarning areallarini to‘liq o‘rganishning ham imkoni cheklangan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, inson hayotida nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turlarning areallarini o‘rganish juda muhim. Chunki, shu asosda u yoki bu turning kelajagi va ahamiyati haqida ayrim xulosalar chiqarish imkoniyatlari yaratiladi. Turlarni iqlimlashtirish va qayta iqlimlashtirish,ularning son dinamikasidagi o‘zgarishlarni aniqlash, areallarning qisqarishi yoki kengayishi bilan bog‘liq masalalarni halqilishda areallar ustida o‘tkaziladigan tadqiqotlar juda zarur. Odatda tur areali ushbu turning kenja turlari areallari yig‘indisidan, avlod areali ushbu avlodga mansub turlarning, oila areali esa ushbu oilaga mansub avlodlarning areallari yig‘indisidan tashkil topadi. Xuddi shunday turkum, sinf va tip areallari ham o‘zlarining tarkibiga kiruvchi sistematik guruhlarning areallari yig‘indisidan tashkil topadi. O‘troq yashovchi turlarning areallarini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘zlarining yashash joyini yil fasllariga qarab o‘zgartirib turadigan turlarning areallarini aniqlashning o‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Bunday migratsiya qiluvchi yoki ko‘chib yuruvchi turlarning areallarini aniqlash bo‘yicha ikki xil qarashlar bor. Ularning birinchisiga ko‘ra, turning yashash joyi va “kezib” yuradigan joyini farqlay olish lozim. Uzoq muddat davomida turning ko‘payishi kuzatiladigan va populyatsiyasining zichligini saqlab kelayotgan joyi uning yashash hududi, ya’ni areali hisoblanadi. Tur o‘zining “kezib” yuradigan joyida ma’lum muddatda uchrab turadi, ammo ko‘payishda ishtirok etmaydi. Masalan, qushlarning qishlash, qo‘lqanotlilarning oziqlanish joylarini o‘zgartirib turishi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Areallarni aniqlashga nisbatan ikkinchi qarash bo‘yicha, turlarning ko‘payish va qishlash hududlari yagona murakkab areal hisoblanadi. D.V.Panfilov (1960) qayd etishicha, tur vakillarining hayot sikllari kechadigan makon tur areali hisoblanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, o‘tkinchi qushlarning xuddi shunday baliqlarning ko‘payish va qishlash joylari va boshqa migratsiya qiluvchi hayvonlarning tur vakillari uchraydigan joylar ularning areallari hisoblanadi. Chunki mazkur turlar yashashi uchun ko‘payish va qishlash joylarida (areal qismlarida) bo‘lishi zarur va shartdir. Bunday xususiyat uzoq yillar davomida evolyusion jihatdan shakllangan bo‘lib, hayot siklining ajralmas moslanishi bo‘lib hisoblanadi. Arealni xaritada ifodalash areal to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumot olish imkonini beradi va bunda bir taksonomik birlikni boshqasi bilan solishtirib ko‘rish imkoni yaratiladi. Odatda qoida tariqasida kenja turlarning areallari alohida xaritalashtirilmaydi va kenja turlarning tarqalish joylari o‘zaro birlashtirilgan holda umumiy tur tarqalgan areal xaritasida ifodalanadi. Tur arealini xaritada belgilashda bir nechta usullardan foydalanish mumkin. Bunda tur, avlod yoki boshqa taksonomik birliklarning areali to‘liq yoki shtrix chiziqlar, nuqtalar, bo‘yash va boshqa shartli belgilar orqali belgilanadi (2-rasm). Agarda bitta xaritada bir nechta turning areallarini ifodalash lozim bo‘lsa, bunda har bir tur areali alohida shartli belgilar (nuqta, uchburchak, aylana va boshq.) bilan belgilanadi. Bunday usul o‘rganilayotgan turning boshqa turlar bilan o‘zaro qanday biotik munosabatda bo‘lishini, muayyan yashash muhitida turlarni birga jamoa holida uchrashini ta’minlovchi ekologik omillarni, mazkur jamoada qaysi turning zich va siyrak joylashganligini hamda uning sabablarini aniqlash va tegishli tartibda xulosalash imkoni yaratiladi. 2-rasm. Olato‘g‘anoqning murakkab areali: bo‘yalgan joylar-qishlash arealini; bo‘yalmagan joylar-uya qurish arealini; strelka-migratsiya yo‘nalishini ifodalaydi. XULOSA Faunaning yoshi va genezisi to‘g krisidagi materiallar zoogeografik oblastning qadimda va hozirda boshqa oblastlar bilan aloqasini. lining tarkibidagi mahalliy hamda kelgindi turlar to‘g ‘risidagi ma'lumotlarni olish va tegishli xulosalar chiqarish uchun asos bo'ladi. Turli oblastlar faunalarini o'zaro solishtirish orqali tahlil qilish ularning turlar soni ko'p yoki kamligini aniqlash imkonini beradi. Fauna tarkibida turlar sonining ko'pligi nafaqat hududning maydoniga. balki boshqa faunistik komplekslar bilan aloqasiga, hududdagi mavjud ekologik sharoitlarga. fauna yoshiga va boshqa qator omillarga bog'liq bo'lib, mazkur omillarni chuqur o'rganish esa ko'pchilik hayvon turlarining yashashi uchun qulay bo'lgan ekologik sharoitlarning qanday xususiyatga ega bo'lishi to'g'risida umumiy xulosalar chiqarishga olib keladi. Turlarning yashash muhitlari t o ' g ‘- 41 risidagi bilimlarga ega bo'lish esa, ularni iqlimlashtirish, sonini ko'paytirish, arealini kengaytirish, zarurat tug'Uganda sonini cheklash bilan b o g ‘liq masalalarni hal etishda alohida ahamiyatga ega. Faunaga antropogen omillarning ta’siri va lining oqibatlariga tegishli bo'lgan masalalarni o'rganish esa kelajakda yer planetasida biologik xilma-xillikni saqlab qolishda o'rin tutadi. Insonning tabiatga, jumladan havvonot olamiga ko'rsatayotgan t a ’sir doirasi kengayib, chuqurlashib borayotgan bir davrda, alohida turlarning biologiyasi va ekologiyasini chuqur o'rganishga nisbatan ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Download 184.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling