20-mavzu Soha nutqiga qo‘yiladigan talablar


Download 221.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi221.84 Kb.
#1486354
1   2
Bog'liq
20 мавзу

1-dialektal leksika; 
2-so`zlashuv leksikasi
3-an’anaviy leksika; 
4-kitobiy leksika; 
5-ilmiy-terminologik leksika; 
6-kasb-hunar leksikasi 
7- arxoizmlar; 
8-tarixiy leksika 
Bilib oling. 
Bugungi kunda o‘zbek tilining me’yor1ari mukammal ravishda ishlab chiqilgan va 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llani1ayotgan bo‘1sa-da, ti1 imkoniyatlaridan 
foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb bo‘lmaydi. Bu borada jiddiy 
muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat a’zo1arining tildan foydalanish umumiy 
saviyasi o‘zbek millati muhtasham madaniyati darajasida bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq 
to‘la qaror topganligi haqida hukm chiqarib bo‘1maydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi 
ayrim sifatlami tarbiyalash, takomillashtirish natijasida vujudga keladi. 
Ma’1umki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega. Ularning barchasini 
umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch xususiyat yaqqol namoyon bo‘1ib 
turadi: 
bilimlilik
• farosatlilik; 
• kamtarinlik. 
Madaniyatli shaxs kim bilan qayerda va qanday sharoitda munosabatda bo‘lmasin, unda 
ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo‘1amiz. 
Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘1 harakati qoidasini 
buzadi: 
1) yo‘1 harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida; 
2) yo‘1 harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida; 
3) yo‘1 harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida. 
Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o‘xshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin 
kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam bo‘lib qolmaydi — muloqot qoidalarini 
buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan 
narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi 
bo‘1gan masala haqida zarur bilimga ega bo‘lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat 
muhim rol o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi bo‘lsa-da, asosiy o‘rinda 
turadi, ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi 
bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi. 


Muloqot jarayonida bilim uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
• muloqot obyekti haqidagi bilim; 
• muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim; 
• muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim. 
Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda 
suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo‘lmaydi. 
1-topshiriq. Soha nutqini shakllantirishda ohang va nutq odobining o’rni haqida matn yarating. 
2- topshiriq. Nutq madaniyatini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish kerak? 
 Uyga vazifa 
E. Vohidovning «So’z latofati» kitobini o’qib keling. 

Download 221.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling