20-mavzu Soha nutqiga qo‘yiladigan talablar
Download 221.84 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq20 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
1-dialektal leksika;
2-so`zlashuv leksikasi; 3-an’anaviy leksika; 4-kitobiy leksika; 5-ilmiy-terminologik leksika; 6-kasb-hunar leksikasi 7- arxoizmlar; 8-tarixiy leksika Bilib oling. Bugungi kunda o‘zbek tilining me’yor1ari mukammal ravishda ishlab chiqilgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llani1ayotgan bo‘1sa-da, ti1 imkoniyatlaridan foydalanish taraqqiyotning bugungi kundagi darajasida deb bo‘lmaydi. Bu borada jiddiy muammolar yuzaga kelayotganligi sir emas. Jamiyat a’zo1arining tildan foydalanish umumiy saviyasi o‘zbek millati muhtasham madaniyati darajasida bo‘lmas ekan, ijtimoiy madaniy nutq to‘la qaror topganligi haqida hukm chiqarib bo‘1maydi. Ijtimoiy madaniy nutq har bir shaxsdagi ayrim sifatlami tarbiyalash, takomillashtirish natijasida vujudga keladi. Ma’1umki, madaniyatlilik tushunchasi xilma-xil talqinlarga ega. Ularning barchasini umumlashtirib aytish mumkinki, madaniyatli shaxsda uch xususiyat yaqqol namoyon bo‘1ib turadi: • bilimlilik; • farosatlilik; • kamtarinlik. Madaniyatli shaxs kim bilan qayerda va qanday sharoitda munosabatda bo‘lmasin, unda ushbu xislatlarning alohida ajralib turganligiga guvoh bo‘1amiz. Oddiy misol sifatida haydovchini olaylik. U uch holatdan birida yo‘1 harakati qoidasini buzadi: 1) yo‘1 harakati qoidalarini bilmaslik (bilimsizlik) natijasida; 2) yo‘1 harakati qoidalariga e’tibor qilmaslik (farosatsizlik) natijasida; 3) yo‘1 harakati qoidalarini pisand qilmaslik (nokamtarlik) natijasida. Kishilararo muloqot ham bamisoli yo‘l harakatiga o‘xshaydi. Bilimli, farosatli, kamtarin kishilar hech qachon muloqot jarayonida mulzam bo‘lib qolmaydi — muloqot qoidalarini buzmaydi. Masalan, madaniyatli kishi o‘zi bilmagan, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan narsa haqida gapirmaydi, hukm chiqarmaydi. Yoki muhokama qilinayotgan, suhbat mavzusi bo‘1gan masala haqida zarur bilimga ega bo‘lsagina, suhbatga aralashadi. Muloqotda farosat muhim rol o‘ynaydi. U madaniylik unsurlarining tarkibiy qismi bo‘lsa-da, asosiy o‘rinda turadi, ular sirasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, farosatli kishi bilmasdan gapirmaydi, yuksak farosat kishini kamtarin qilib qo‘yadi. Muloqot jarayonida bilim uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: • muloqot obyekti haqidagi bilim; • muloqot qilayotgan kishi haqidagi bilim; • muloqot vositasi (til) bo‘yicha bilim. Mana shu uch sifatdan biri bo‘lmasa, muloqot sifatli kechmaydi, hamsuhbatda suhbatdoshning madaniyatli shaxs ekanligi haqida tasavvur paydo bo‘lmaydi. 1-topshiriq. Soha nutqini shakllantirishda ohang va nutq odobining o’rni haqida matn yarating. 2- topshiriq. Nutq madaniyatini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Uyga vazifa E. Vohidovning «So’z latofati» kitobini o’qib keling. Download 221.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling