20-variant Moliyaviy hisobotlar shakllari, ulaming tavsifi va jamlangan moliyaviy hisobotlar


Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobot


Download 490.54 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi490.54 Kb.
#1052570
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-V

Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobot.
Moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‗rsatkichlar quyidagilardan iborat:
Daromad/Xarajat=N*100 Foyda (zarar)/Rentabellik (2.11)
Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko‗payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir.
Aktivlarning ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‗liq bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan ko‗payishi paydo bo‗lganda, daromad moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu esa daromadni aks ettirish aktivlarining ko‗payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi (masalan, tovarlar va xizmatlarni sotishda yuzaga keladigan aktivlardagi sof ko‗payish yoki kreditor qarzdan bosh tortishi natijasida majburiyatlarning kamayishi).
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‗payishidir.
Xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lg‗usi iqtisodiy foydaning o‗lchangan kamayishi paydo bo‗lganda moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobotda aks ettiriladi va bu ishonchli tarzda belgilanishi mumkin. Bu esa xarajatlarni aks ettirish majburiyatlardagi ko‗payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishini anglatadi.
Moliyaviy natijalar – xo‗jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Yalpi daromad xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‗lmagan faoliyatidan olingan daromadlarni o‗z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan, shuningdek‚ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga bog‗liq bo‗lgan rentadan olinishi mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‗lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlar daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‗z ichiga oladi va konseptual asosning alohida tarkibiy qismlari deb hisoblanmaydi. Birjada muomalada bo‗ladigan qimmatli qog‗ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy bo‗lmagan faoliyat natijasida paydo bo‗ladigan daromadlarga misol bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Bunday daromadlar, agar moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda e‘tirof etilsa, alohida ko‗rsatiladi, chunki iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‗lishi mumkin.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) – soliq qonunlariga muvofiq belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish bilan mahsulot sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‗rsatish va zararlar bilan bog‗liq xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Ular odatda pul mablag‗lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqalar singari aktivlarning chiqishi yoki ulardan foydalanilish shaklida bo‗ladi.
Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‗z tabiatiga ko‗ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida qismi deb hisoblanmaydi.

Download 490.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling