20-variant Moliyaviy hisobotlar shakllari, ulaming tavsifi va jamlangan moliyaviy hisobotlar


Download 490.54 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi490.54 Kb.
#1052570
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-V

Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‗rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‗liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‗rganishga aytiladi.
Moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini tahlil etishning asosiy maqsadi –xo‗jalik subyektining muhim (axborot beruvchi) ko‗rsatkichlari orqali faoliyat natijaviyligiga, foyda va zararlarga, pul mablag‗lari oqimiga va moliyaviy holatiga obyektiv baho berish, yo‗l qo‗yilgan xato, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali uni kelgusida yanada yaxshilash choralarini ko‗rishdan iborat
Fanning predmeti bilan bir qatorda uning obyektiga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Tahlil fanining obyekti turli mulkchilik shaklidagi xo‗jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‗g‗inlari (bo‗lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta‘minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlil oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifalar:
- xo‗jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‗rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
- reja va prognoz ko‗rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta‘sirchanligiga baho berish;
- xo‗jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‗rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;
- xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini ko‗paytirish, ularning ko‗payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
- xo‗jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‗lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‗zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta‘sirini baholash.
- iqtisodiy natijaviylikni o‗stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‗lga qo‗yish chora-tadbirlarini belgilash;
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‗lamdagi tahlilning barcha turlariga xosdir.



Download 490.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling