226.Budjetdan moliyalashtirish deganda nimalar tushuniladi
Mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish
Davlat byudjeti daromadlarini rejalash tirish va byudjetdan
moliyatirish jaraynlari davomida amalga oshiriladi.
Rejalashtirish jarayonming o‘zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining
um um iy hajm i gorizoritaliga (tarm oq, vazirlik va m aqsadli
yo‘nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga
muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan
m oliyalashtirish jarayonida esa davlat o'zining ixtiyoriga kelib
tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida
va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
M ablag‘lam i konkret taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish,
byudjet assignovaniyalarini berish va ulardan samarali foydalanishni
nazorat qilib, moiiya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan
kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan byudjet
mablag‘lari proporsiyalarini o ‘zgartiradi!ar.
227.Budjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsplari nimalardan iborat
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
— minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
— byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning rnaqsadli
xarakterdaligi;
— ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oidin berilgan
assignovaniyalardan foydalanilganligini inobatga olgan holda byudjet
mablagiarini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy prinsiplar
bilan birgaiikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. U larning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
— byudjet assignovaniyalarini faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga ajratish;
— byudjet assignovaniyalarining o'lchamini aniqlashda «qoldiq»
yondashuvidan foydalanish;
— byudjetdan moliyaiashtirisii rejalashtirilayotgan xarajatlardan
kredit metodini ta’minlash bilan birgaiikda foydalanish;
— korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish
prinsipi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |